Fe’l nisbat (daraja)lari. Harakatning obe’kt va sub’ektga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatish. Bu munosabat
maxsus fe’l shakllari bilan ifodalanishi. Hozirgi o‘zbek tilida fe’lning besh nisbati mavjudligi. Bulardan bosh daraja
harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildirishi. O‘zlik darajada
harakatning ob’ekti va sub’ekti bitta shaxs yoki predmet bo‘lishi. Bu daraja shakli –n (in), -l(il), -sh(ish) shakl
yasovchilari bilan yasalishi. Mashxul nisbat shakli ham –n(in), -l(il) shakl yasovchilari yordamida yasaladi. Majhul
nisbatda harakatning bajaruvchi sub’ekti noaniq bo‘lishi. Birgalik darajada ish-harakatning bajaruvchisi birdan
ortiq bo‘lishi va bu nisbat shakli –sh(ish) shakl yasovchisi bilan yasalishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |