2-kurs
1-Mashg‘ulot (2 soat).
Mavzu: О‘zak va affiksal morfemalar.
Reja:
1. Morfemika sо‘zlarning ma’noli qismlarini о‘rganadigan fan ekanligi
2.
О‘zak morfema haqida nazariy tushuncha va о‘zak morfema yuzasidan mashq ishlash. (3-
mashq).
3. Affiksal morfemalar va ularning о‘zak morfemalardan farqi.(4-mashq).
4. Affiksal morfemalarning turlari: sо‘z yasovchi va shaql yasovchi affiksal morfemalar. (7-
mashq).
5. Katigorial va nokategorial affiksal morfemalar (8-mashq).
6. Yuqoridagi masalalar yuzasidan savol-javob asosida nazorat о‘tkazish va talabalar bilimi
reytingini baholash.
Adabiyotlar:
1. SH.Shoabdurahmonov va b. Hozirgi о‘zbek adabiy tili, Toshkent."О‘qituvchi" nash.
1980,159-162-betlar.
2. M.Mirzayev va b. O‘zbek tili,Toshkent,"О‘qituvchi", 1978, 76-78-betlar.
3. M.Mirzayev, Y.Eshonqulov. Hozirgi о‘zbek tili mashqlar tо‘plami, Toshkent. " О‘qituvchi",
1984, 65-67-betlar.
4.
О‘zbek tili grammatikasi, 1-qism. Morfologiya,Toshkent,"Fan" nash, 1975,60-70-betlar.
5.
О‘zbek tilining morfem lug‘ati.(Tuzuvchilar: A.G‘ulomov, R.Qо‘ng‘urov, I.Tixinov.)
Toshkent, 1977.
Mashg‘ulotga oid mashqlar boshlashdan oldin 1-mashqda berilgan morfemika, morfema
turlariga oid nazariy tushunchalarni mustahkamlash uchun о‘qituvchi:
1. Sо‘zning ma’noli qismlari haqida ta’limot nima, u haqdagi fikringizni ayting;
2. Sо‘zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma’no ifodalay oladigan morfema turini tushuntiring.
3. Mustaqil leksik ma’no ifodalay olmaydigan, sо‘zning leksik yoki grammatik ma’nolrining
shakllanishida xizmat qiladigan morfemalar turi qanday morfema hisoblanadi ?
4.
О‘zak morfemaga qо‘shilib, yangi leksik ma’koni yuzaga keltiradigan affiksal morfemani
tushuntiring,misollar bilan fikringizni isbotlang.
5. Sо‘z о‘zgartuvchi morfemalar haqidagi mulohazalaringizni bayon eting.
6. Shakl yasovchi morfemalarning sо‘z о‘zgartuvchi morfemalardan farqini bayon eting.
7. Affiksal morfemalar turini belgilashda (maktab va oliy ta’limda) gi har xillik haqida fikringiz
qanday ? kabi savollar bilan talabalarga murojaat etadi. Har bir savolga talabalar faolligi asosida tо‘g‘ri
javob olganligiga ishonmasa, о‘zi bahsga aralashadi va tо‘g‘ri javobni ularga tavsiya etadi. Shundan
keyin mavzudagi iaeariy fikrlarni amaliy mustahkamlash maqsadida M.Mirzayev va Y.Eshonqulovlar
mashqlar tо‘plamidagi (65-66- sahifalardagi) 3.4,7,8-mashqlardan namunalar ishlash.
Kartochkalar tarqatib undagi sо‘zlarni morfemalarga ajratishni(har bir morfema turi
uchun tahlil belgilar tafsiya etadi) topshiradi .
Mustaqil ishlar talabalar jamoasi ishtirokida tekshiriladi. Reyting tizimi talabalari
asosida talabalarga tegishli ball qо‘yiladi.
Mashg‘ulot oxirida о‘kituvchi mavzu xaqida asosiy fikrlarini
umumlashtiradi.Talabalarga keyingi mashg‘ulotgacha bajarilishi mumkin bо‘lgan mustaqil
ishlarni tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |