Bo‘lishsizlik olmoshlari mavjud bo‘lmagan shaxs, narsa, belgi yoki miqdorni ko‘rsatish uchun
qo‘llanadi. Bo‘lishsizlik olmoshlari bir, narsa hamda so‘roq olmoshlariga hech so‘zini qo‘shish orqali
hosil bo‘ladi. Ularga quyidagi so‘zlar kiradi: hech bir, hech narsa, hech kim, hech nima, hech qanday,
hech qaysi, hech qanaqa, hech qachon, hech qayer. Bo‘lishsizlik olmoshlari ham egalik va kelishik
qo‘shimchalarini olib turlanadi.
Birlik va ko‘plik sonda Kelishiklar
I sh. hech kimim Bosh kelishik: hech kim
II sh. hech kiming Qaratqich kelishigi: hech kimning
Ill sh. hech kimi Tushum kelishigi: hech kimni
I sh. hech kimimiz Jo‘nalish kelishigi: hech kimga
II sh. hech kimingiz O‘rin-payt kelishigi: hech kimda
III sh. hech kimlari Chiqish kelishigi: hech kimdan
Do'stlaringiz bilan baham: |