yordam berishini mashg‘ulot rahbari ta’kidlaydi. Mashg‘ulot rahbari quriqlikdagi
qo‘shinlarning jangovor nizomidan askarning jangdagi majburiyatlirini o‘qib eshittiradi.
Undan keyin Talabalarga askar nafaqat o‘z majburiyatlarini puxta bilishi, balki seksiya
komandirining majburiyatini xam bilishga majbur ekanligini aytib sabablarini tushuntiradi.
Mashg‘ulot rahbari Talabalarga savollar bilan murojat qilib ularning faolligini oshirishga
xarakat qiladi.
Seksiyalarning tarkibi shtatlar va tabellar bilan aniqlanadi, shuningdek seksiyaning
jangovar vazifasiga xam bog‘liq bo‘ladi. Askarning shaxsiy quroli va ekipirovkasi masalasida
xam mashg‘ulot rahbari alohida to‘xtalib o‘tadi. Askarning shaxsiy quroli masalasidagi
majburiyatlarini izohlaydi va askarning ekipirovkasiga kiradigan ruyxatdagi buyumlarni iloji
boricha namunasini ko‘rsatishga xarakat qilishi tahsinga sazovor bo‘ladi. O‘quv savolini
yakunida Talabalarning savollariga javob beradi.
Har bir askar:
— guruhning, o‘z seksiyasining (tankining) va o‘zining jangovar vazifalarini bilishga;
— dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalarning va tankka qarshi
vositalarining jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa eng zaif
joyini bilishga;
—istehkom inshootlarini jihozlash hajmi va jihozlash tartibini;
— doimo kuzatuv olib borishga, dushmanni o‘z vaqtida topib olishga va darhol bu
haqda komandirga bildiruv berishga;
— hujumda qat’iyat va qo‘rqmasdan xarakatlanishga, mudofaada bardam va
tirishqoq bo‘lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo‘q qilishga, jangda
matonat, zukkolik ko‘rsatishga, o‘rtog‘iga yordam berishga;
— joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning ximoya xususiyatlaridan
mohirona foydalanishga;
okop va pana joylarni tezda jixozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to‘siq
— g‘ovlardan va zaxarlangan joylardan o‘ta olishga, tankka qarshi minalarni o‘rnatishni va
chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o‘tkazishni bilishga;
— xavodagi dushmanni tanib ollshga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa
nishonlarga o‘qotar qurollardan o‘t ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga;
jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki o‘lsa qo‘rqmasdan
bo‘linma qo‘mondonligini o‘ziga olishga;
—jangda komandirning ruxsatisiz o‘z joyini
tashlab ketmaslikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial
(biologik) vositalar, hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda o‘ziga va o‘zaro yordam chora
tadbirlarini ko‘rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbi punkta jo‘natilishga
buyurilgan bo‘lsa o‘zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbi punktga borishga iloji bulmaganda
quroli bilan pana joyga o‘rmalab borib sanitarlarni kutishga;
o‘q —dorilar, BMP, BTR va tank yonilg‘ilari sarfini kuzatib turishga, o‘z vaqtida o‘z
komandiriga sarf bo‘lgan 0,5 m., 0,75 m. ko‘tarib (tashib) yuriluvchi o‘q — dorilar va yonilg‘ilar
zahirasi bo‘yicha bildiruv berishga;
-BMP (BTR), tank buzilganda ularni qayta
tuzatish chora tadbirlarini olib borishga majburdir.
Do'stlaringiz bilan baham: