N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


turkiy, xom-som, xitoy-tibet



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo‘linadi.  
Masalan, o‘zbek, turk, turkman, qirg‘iz, qozoq, tatar, uyg‘ur, boshqird, 
ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub 
bo‘lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar 
bir ajdoddan tarqalgani kabi qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib 
chiqqandir.  
  
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar 
oilasiga mansub bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida 
erkin rivojlanib, o‘sib bormoqda.
1-mashq. 
Gaplarni  o‘qing,  tilning  inson  hayotida  tutgan  o‘rni  haqida 
suhbatlashing.
http://eduportal.uz


6
1.  Til  millat  ma’naviyati  va  madaniyatining  toshoynasidir. 
Modomiki,  millatning  o‘z  tili  bor  ekan,  demak,  uning  dunyoga 
aytar  so‘zi  ham  bordir.  (V.Rahmonov)  2.  Ko‘ngil  maxzanining  qulfi 
til  va  ul  maxzanning  kalitin  so‘z  bil. 
(Alisher  Navoiy)  3.  Har  bir 
millatning  dunyoda  borlig‘ini  ko‘rsatadurgan  oyinayi  hayoti  til  va 
adabiyotidur.  Milliy  tilni  yo‘qotmak  millatning  ruhini  yo‘qotmakdur. 
(Abdulla  Avloniy)  4.  O‘z  Vataningga  bo‘lgan  muhabbatingni  o‘z 
tilingga  muhabbatingsiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi. 
(K.Paustovskiy)    
5.  Din,  tibbiyot,  tarix,  huquq  va  astronomiya  sohalarida  Amir 
Temur  o‘ta  biluvchan  edi.  Ko‘p  o‘qigan,  Osiyoning  eng  unumli 
uch  (turkiy,  arabiy,  forsiy)  tilini  juda  mukammal  bilgan  hukmdor 
edi. 
(Alfons  de  Lamartin)
2-mashq. 
Matnni  ko‘chiring,  so‘zning  qudrati  haqida  fikrlashing.
So‘z 

  benihoya  qudratli  narsa.  Uni  o‘z  o‘rnida  ishlata  bilish 
uchun  farosat,  malaka  va  ziyraklik  zarur.  «Qobusnoma»da  shunday 
bir  hikoyat  bor:  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  tush  ko‘radi.  Tushida 
barcha  tishlari  to‘kilib  ketgan  emish.  Xalifa  tushni  ta’bir  qiluvchidan 
tushining  ma’nosini  so‘raydi.  U  shunday  deydi:  «Sendan  oldin 
barcha  yaqinlaring,  qarindosh-urug‘laring  o‘ladi.  Sendan  boshqa 
hech  kim  qolmaydi».  Bu  so‘zni  eshitgan  Xorun  ar-Rashid:  «Sen 
mening  yuzimga  bunday  qayg‘uli  so‘zni  aytding.  Mening  barcha 
qarindosh-urug‘larim  o‘lsa,  so‘ngra  men  qanday  ishga  yarayman-u, 
qanday  yashayman?»  –  deydi  darg‘azab  bo‘lib  va  unga  yuz  darra 
urishni  buyuradi.  Keyin  boshqa  bir  ta’birchini  chaqirib,  undan 
tushining  ma’nosini  so‘raydi.  U  bunday  deydi:  «Sening  umring 
barcha  qarindoshlaring  umridan  uzun  bo‘ladi».  Shunda  Xorun  ar-
Rashid:  «Barcha  aqlning  yo‘li  birdir  va  ikkala  ta’birning  negizi 
bir  yerga  boradi,  ammo  bu  ibora  bilan  u  iboraning  orasida  farq 
bag‘oyat  ko‘pdir»,  –  deydi  va  unga  yuz  tillo  berishni  buyuradi.
3-mashq. 
Alisher  Navoiyning  «Tilga  ixtiyorsiz  –  elga  e’tiborsiz» 
degan  hikmatli  so‘zini  sharhlab,  kichik  hikoya  tuzing.
http://eduportal.uz


7
1. 
Dunyodagi  qaysi  tillarni  bilasiz?
2.  Til  oilalari  deganda  nimani  tushunasiz?
3.  O‘zbek  tilining  dunyo  tillari  tizimidagi  o‘rni  haqida  gapiring.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish