Qadimgi Hindiston arxitekturasi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#112537
Bog'liq
2 5418388027460290892



Qadimgi Hindiston

arxitekturasi

Muallif: “Arxitektura va shaharsozlik ” kafedrasi o’qituvchisi

Mo’minxo’jayeva N.




O‘rta asr me’morligining o‘ziga xos ko‘rinishi Buddizm dini bilan bog'liq

me’morlik san’atida ham o‘z ifodasini topdi. Dastlab ffindis- tonda paydo

bo‘lgan, keyin Shrilanka, Indoneziya, Tibet, Xitoy, Koreya, Yapon iy a va

boshka Sharq davlatlariga tarqalgan bu din ta’siri da Buddizm me’morligi

shakllandi. Bu me’morlik uslubi buddizm dinini targ‘ib qiluvchi san’at sifatida

mashhur. Bu binolar me’morligi avvallari yaxlit toshlardan g‘or shaklida o‘yilib

ishlangan. Bunday binolarda odamlar va hayvonlaming xaykallari bo‘rttirib

yasalgan va bino qiyofasi budda g‘oyasiga moslashgan bo‘lib, uni iloxiylash-

tirgan



VII asr hind me’morligi, asosan, Madoras yaqinidagi Mamallapurama

shaharchasida to‘plangan. Bu yodgorliklar kompleksi katta qoyalarni yo'nish

asosida yaratilgan hamda g‘orga ishlangan ibodatxonalardan, qoya sathida

ishlangan Gangning pastga tushishi“bo‘rtma tasviridan tashkil topgan.

Qoyaga yo‘nib ishlangan ibodatxona ratxlar balandligi 14 m dan, gor ichiga

ishlangan ibodatxonalaming eni va uzunligi esa 8 m dan oshmaydi. Ko‘p

hollarda


qoyaga

yo‘nib


ishlangan

ibodatxonalaming

ichki

xonasi


yo‘q..Ulaming tashqi shakllarida o‘sha davrda mavjud boigan ibodatxonalar

shakli qaytariladi.




VII-VIII asr memorligida haykaltaroshlik san’ati muhim o‘rinni egallaydi. Bu

xususiyat Elurdagi Kalaysa Natxa ibodatxonasida yaqqol seziladi. Yaxlit

qoyani yo‘nib yaratilgan bu ibodatxonaning uzunligi 60 m, balandligi 70 m

boiib, ramziy xarakterga ega, go‘yo u Shiva yashagan muqaddas TOG ramziy

ko‘rinishini bildiradi.

Ibodatxona devorlari bo‘rtma tasvirlar (barelyef va gorelyef) bilan qoplangan.



Unda Shiva va uning yoldoshi Parvati hayotiga bagishlangan voqealar,

braxmanizm bilan bogiiq epizodlar tasvirlangan. Ibodatxonaning ichki

xonalari hajm jihatdan uncha katta boimay, ularni bezashda ham

haykaltaroshlik sanati yetakchi o'rinni egallaydi. Devoriy rassomlik sanati

ikkinchi darajali rol o‘ynagan.



VIII asrga kelib, ibodatxonalaming, asosan, ikki tipi odat tusiga kirdi.

Bulardan birinchisi, shimoliy Hindiston yerlarida quriigan boiib, bu tipdagi

ibodatxonalaming tepa tomoni uchi bir oz qayrilgan baland minorali,

ikkinchisi esa, zinali, piramidal shakldagi ibodatxonalar boiib, ular ko‘proq

janubiy Hindiston yerlarida keng tarqaldi.

Bxubanesvaredagi Lingardja ibodatxonasi hamda Kadjuraxodagi Kandareya



Maxedva ibodatxonasi shu davr hind memorligining birinchi tipiga misoldir

Bxubanesvaredagi ibodatxona minorasi mayin egilgan vertikal chiziqlar bilan

boiib chiqilgan, shakli nilufar mevasini eslatadi. Ibodatxonaning qolgan

qurilmalari shu asosiy minora shaklini kichik hajmlarda qaytaradi va butun

kompozitsiya dinamikasini oshiradi.



Ibodatxona kompleksi 140x160 m maydon o‘rtasida joylashgan boiib, uning

atrofi devor bilan ajratilib chiqilgan. Ibodatxona to‘rt boiimdan iborat boiib,

ular asosiy o‘q bo‘yicha sharqdan g‘arbga qarab joy- lashadi. Ibodatxona

minorasining balandligi 40 m dan ortiq boiib, kompozitsiyaning badiiy tugal

boiishiga xizmat qiladi.

Tanjordagi Shivaning katta ibodatxonasi janubiy) Hindiston o‘rta asr



memorchiligining nodir yodgorligi hisoblanadi. Katta maydon o‘rtasiga

o‘rnatilgan me’morlik ansambli kompozitsiyasining markaziy qismi 63 metrli

minora bilan tugallanadi. Minora uchta katta hajmdan tashkil topgan boiib,

pastdagi hajm kvadrat, undan keyin kesik piramida va dumaloq gumbaz uning

kompozitsiyasini tashkil etadi.



Bu hajmlar dekorativ bezakka boy, lekin ular minoraning yaxlit va ulug‘vor

bo‘lib ko‘rinishiga halaqit bermaydi.

XIII asrdan boshlab, Hindistonga islom dini kirib kelishi va uning davlat



diniga aylanishi tasirida memorlik va tasviriy san’atda o‘zgarish!ar sodir bo‘ldi.

Me’morlikning shu din bilan bog‘liq qurilmalari kirib keldi. Shimoliy

Hindistonda 0 ‘rta Sharq memorligi an’analari asosida yaratil- gan masjid,

minora, maqbaralar yuzaga kela boshladi.

Me’morlikda keng ishlatilgan haykaharoshlik san’ati o‘mini o‘yma va chizma



naqshlar egalladi, jonli narsalar tasvirini ishlash kamaydi. Shunga qaramay,

hind san’ati an’analari o‘z umrini yangi davrda ham davom ettirdi. XIII asrda

Dexlida qurilgan Quvvatul islom masjidi minorasi bunga misoldir. Hind

ustalari yangi davr memorligi kompozitsiyasini qadimgi hind san’ati an’analari

bilan boyitdilar.



Bu xususiyat minoraning ochiq ayvonchalar bilan bir necha qavatga

ajratilishida, minora yuzasming burma qilib bezatilishida va nur-soya

o‘yinining boyligida seziladi. Bu minora o‘z prototiplaridan keskin ajralib

turadi. Hind ibodatxonalari tipi o‘rniga musulmon masjidlari qurildi. Islom

dini bilan bog‘liq bo’lgan hind masjidlari ham plan hamda tuzilish jihatidan

sodda va ratsionaldir.

Uch tomoni ustunli ayvonchalar, to‘rtinchi tomoni ustunli nomozgox boiib



uning garb tomonida mehrob joylashgan. Hindistonda qurilgan dastlabki

masjidlar badiiy jihatdan sodda boigan. Bobur va uning vorislari hukmronlik

qilgan davrda Hindiston o‘zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi.

Markazlashgan boburiylar davlatida yangi shaharlar (Agra, Fatexnur-Sikri)

vujudga keldi. Mustahkam devorlar bilan o‘ralgan masjid, maqbara, saroy va

bogiari boigan katta qal’alar yaratildi. Bu davrda bog‘ park san’atining ajoib

namunasi yaratildi.



Bobuming nabirasi Akbar hukmronlik qilgan yillarda (1556-1605) qurilish

yanada rivojlandi. U Agra shahri qurilishiga, ayniqsa katta e’tibor berdi. 

Zamondoshlarining fikriga ko'ra, bu shahar o‘sha davrda dunyodagi eng

go‘zal shaharlardan biri boigan. XVII asr memorligida serhashamlilikka

intilish kuchaydi, oq marmar quruvchilarning sevimli materiali boiib qoldi. 

Shoh jahonning buyrugi bilan uning marhuma rafiqasi xotirasiga bag* ishlab

oq marmardan qurilgan Agradagi Tojmahal masjid - maqbarasi (1632-1650) 

muhim yodgorlik, hind san’atining nodir durdonasi hisoblanadi. 



Bu binoni qurishda Hindiston, Turkiya, Eron, 0 ‘rta Osiyo va Afg‘oniston

ustalari qatnashgan. Keng va ko‘rkam gumbaz uning atrofiga qurilgan to‘rt

minora Tojmahalga tugallik va ko‘rkamlik baxsh etadi; uni yengil, go‘yo

yuqoriga falakka intilayotgandek qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Binodagi

arka va ustunlar bu yengil- likni yanada oshiradi. Tojmahalning qarshisidagi

hovuz suvida uning aksi tovlanib, butun ansambl jozibasini yanada

kuchaytiradi. Dehlida shoh Jahon davrida quriigan Jome masjidi ham oq

marmardan ishlangan, minoralari esa qizil marmar bilan pardozlangan. 

Grajdan memorligi ichida Dehlidagi Qizil Fort qo‘rg‘oni mashhurdir




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish