241-mashq.
Uyga vazifa.
Yuqoridagi reja asosida insho yozib keling.
54-dars. TIRE VA QO‘SHTIRNOQNING QO‘LLANISHI
1-topshiriq.
Gapda qo‘shtirnoqning ishlatilish sababini tushuntiring.
Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so‘zlari bor: «Eng
baland minoralar ham birinchi g‘ishtdan boshlanadi».
2-topshiriq.
Tirening qo‘yilishini izohlang.
Kitob
–
eng yaqin sadoqatli do‘stimiz.
(Shodm
onqul Salom)
! Esda saqlang.
Tire dialoglardagi har bir gapning boshida,
bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida, uyushiq
bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin,
muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida, ayrim so‘z yoki gaplar
http://eduportal.uz
109
izohlansa, ularning o‘rtasida, zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma
gaplar orasida ishlatiladi.
Shuningdek, ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul
yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Tenglik, taqqoslash
va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida ham undan
foydalaniladi.
Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. Iqtiboslar qo‘shtirnoq
ichida yoziladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi
odat tusiga kir ma gan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq,
piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik
birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Badiiy asarlar, gazeta,
jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq
ichida beriladi. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika,
mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Transport
(mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan
so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifoda lovchi
leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi. Ayrim orden va medallar,
faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.
242-mashq.
Matnni o‘qing, tire va qo‘shtirnoqning ishlatilish
sabablarini aniqlang. «O‘tkan kunlar» romanini o‘qiganmisiz? U sizda
qanday taassurot qoldirgan?
«O‘tkan kunlar» nashr etilishi bilan men uni darrov o‘qib
chiqdim. Bir kuni Abdulla Qodiriy uyimizga mehmonga keldilar.
Ziyofat chog‘ida so‘radilar:
– Xo‘sh, mulla Asomiddin, «O‘tkan kunlar»ni o‘qidingizmi?
– Ha, o‘qidim, – dedim g‘ururlanib.
– Necha marta o‘qidingiz?
– Bir marta.
– Hm-m. Bu kitobni bir marta emas, besh marta o‘qish kerak.
Shunda siz muomalani, odobni, hayotni, tarixni, tilni o‘rganasiz, –
degandilar. (Asomiddin Rasulmuhammad o‘g‘li)
243-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, tire va qo‘shtirnoqning ishlatilish
o‘rinlariga e’tibor qarating.
http://eduportal.uz
110
1. Aytadirlar:
«
Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob
bilan topiladi
»
. (Muhammad Zehniy) 2. Otalar so‘zi: «Odobli
odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni
ketkazadi». 3. «Sharm-hayo – fazilatlarning ulug‘i», – deydi
xalqimiz. 4. «Inson aqlining hamma narsani ochuvchi uchta kaliti
bor – bilim, fikr va tasavvur», – deydi Viktor Gyugo.
Do'stlaringiz bilan baham: |