N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars. NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

51-dars. NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI
Topshiriq.
 
Gapni  o‘qing,  nuqta  va  vergulning  ishlatilish  o‘rinlarini 
izohlang. 
Shoshilish zo‘riqishga olib keladi. Qadamingni o‘rinsiz 
tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. Qo‘l harakatingga zo‘r 
bersang, uni bunga urishtirib yuborishing, tilingni shoshiltirsang, 
nokerak gapni aytib qo‘yishing, aqlingni shoshiltirsang, noto‘g‘ri 
xulosalarga kelib qolishing mumkin. (T. Sodiqova)
! Esda saqlang.
  Nuqta  o‘zbek  tilida,  odatda,  his-hayajonsiz 
aytilgan  darak,  buyruq  gaplar,  atov  gaplardan  so‘ng  qo‘yiladi. 
http://eduportal.uz


102
Vergul  uyushiq  bo‘laklar,  undalmalar,  kirish  so‘z  va  birikmalar, 
ajratilgan  bo‘laklar,  tasdiq,  ta’kid,  inkor  va  shu  kabi  ma’nolarni 
bildiruvchi  ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom  kabi 
so‘zlardan  keyin  qo‘yiladi.  Qo‘shma  gaplarni  tashkil  qilgan  sodda 
gaplar  orasida,  ko‘chirma  gap  bilan  muallif  gapini  ajratishda  ham 
vergul  qo‘llanadi. 
226-mashq.
  Gaplarni  ko‘chiring,  ularda  ifodalangan  g‘oya  to‘g‘risida 
bahslashing.  Tinish  belgilarining  qo‘llanishini  izohlang.
1.  Ish  vaqtida  ayyor,  osh  vaqtida  tayyor  bo‘lib,  sirting 
yaltirab,  iching  qaltirab  turib,  tirikman  degandan  ko‘ra  o‘lim 
afzal.  (Abay)  2.  Yuragida  qo‘ri  bor  odamning  qo‘llari  ham  issiq 
bo‘ladi.  (Abdulla Qahhor)  3.  Kishini  g‘azab  yoki  shunga  o‘xshash 
his  egallasa,  uning  qabul  qilgan  qarori,  albatta,  noto‘g‘ri  bo‘ladi.  
4.  Shunday  harakat  qilingki,  birovga  yuk  bo‘lmang,  balki  hamroh 
bo‘ling.  (Bahouddin Naqshband)
227-mashq.
  Rasm  asosida  «Bizning  oilamiz»  mavzusida  og‘zaki  matn 
tuzing.  Og‘zaki  matnni  ko‘chirsangiz,  qayerlarida  nuqta  va  qayerlarida 
vergul  ishlatishingizni  tushuntirib  bering. 
http://eduportal.uz


103
228-mashq.
  Hikmatli  so‘zlarni  ko‘chiring,  nuqta  va  vergulning 
ishlatilish  o‘rinlarini  izohlang. 
1.  Haqiqiy  inson  hamisha  ilm  va  hunar  olishga  intiladi.  Ilm 
bir  daraxt  bo‘lsa,  odob  uning  mevasidir.  Odobsiz  olim  mevasiz 
daraxtdir.  (Muhammad Zehniy)  2.  Xalq  dengizdir,  xalq  to‘lqindir, 
xalq  kuchdir...  (Cho‘lpon)  3.  Ilm  ham,  ijod  ham  bahs  bilan  tirik. 
Ma’rifat  izlagan  inson  xato  qilishdan  cho‘chimaydi.  Ma’rifatli 
inson  birovning  xatosidan  kulmaydi.  (E. Vohidov) 4.  O‘zi  haqida 
o‘ylamay,  faqat  elga  bilim  berish  haqida  o‘ylagan  olim  kishi  xuddi 
shamga  o‘xshaydi:  u  o‘zini  yondiradi  va  xalqni  ziyoli  qiladi. 
(«Otalar so‘zi»)
  5.  Kimdaki  bo‘lmasa  zamona  g‘ami,  Yo  olamdin 
emas,  yo  emas  odami.  (Pahlavon Mahmud)
1.  Nuqtadan  qanday  o‘rinlarda  foydalaniladi?
2.  Vergul  qaysi  o‘rinlarda  qo‘yiladi?
3.  Undalma,  kirish  so‘z  va  kirish  birikmalardan  so‘ng  nima  uchun 
vergul  ishlatiladi?
229-mashq.
  Uyga vazifa.
  Matnni  o‘qing,  nuqta  va  vergulning 
qo‘yilish  sabablarini  ayting.  Qaysi  kasbni  yoqtirasiz,  shu  haqda  fikringizni 
yozing. 
Yoshlikda  olingan  bilim  toshga  o‘yilgan  naqsh  kabidir.  El,  yurt 
ravnaqi  uchun  kamarbasta  bo‘ladigan  o‘qituvchi,  shifokor,  muhandis, 
quruvchi,  tabiatshunos  ham  zarur.  Siz  ezgu  maqsadda  yo‘lga 
chog‘lanyapsizmi,  sira  ikkilanmang.  Ertaga,  shubhasiz,  kishilarga 
nafi  tegadigan  shifokor,  me’mor  yoki  el  tanigan  olim  bo‘lasiz. 
Ehtimol,  qo‘li  gul  usta  yoki  ekolog  bo‘larsiz.  Ozorlanayotgan 
tabiatga  sizning  sa’y-harakatlaringiz  bilan  jon  kirar,  go‘zal  binolar 
qad  rostlar. 
Hozircha  o‘qish-o‘rganish  payida  bo‘ling.  Axir,  inson  ulug‘vor 
ishlarni  qilishdek  ko‘nikma  va  bilimga  o‘z-o‘zidan  ega  bo‘lib 
qolmaydi-ku?! 
http://eduportal.uz


104

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish