Tim majmua 2020-21



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/135
Sana31.08.2021
Hajmi0,81 Mb.
#160310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Методлар 
Ижтимоий онгни шакл-
лантирувчи методлар 
Одатлантириш ва фаолиятга 
машқлантириш методлари 
Рағбатлантириш ва 
жазолаш методлари 
Мақсад 
Баркамол авлодни тарбиялаш 


 
29 
tarbiyasi  bilan  yetarlicha  shug’ullanmagan  mamlakat  turg’unlikka  yuz  tutadi  va 
oqibatda  inqirozi  mahkam  bo’ladi.  Negaki,  har  qanday  jamiyatning  o’sib, 
rivojlanishi  uchun  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar  yetishtirishni,  ajdodlardan 
yaxshiroq    darajaga  ko’tara  bilishi  kerak.  Yosh  avlodda  ana  shunday  moddiy  va 
ma’naviy  qobiliyatlar  shakllantirishi  uchun  jamiyat  uzluksiz    ravishda  samarali 
faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi. 
Tarbiya  jarayonining  mazmunini  bolalarga  beriladigan  ma’naviy-axloqiy  bilimlar 
tizimi,  ishonch,  e’tiqod,  intizom,  xulqatvorning  bir  butun  holati  tashkil  etadi.  Mustaqil 
O‘zbekistonning  istiqlol  va  istiqboli  uchun  fidoyilik  ko‘rsatuvchi  avlodni  tarbiyalash 
mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda: 
—fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;  
—vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;  
—diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;  
—davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;  
—o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;  
—yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;  
—maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;  
— tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;  
—o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.  
Ta’lim  muassasasi  tarbiyachilarining  tarbiyachilik  faoliyati  va  uni  amalga  oshirish 
metodikasini  „Uchinchi  ming  yillikning  bolasi“  qo‘llanmasidan  foydalanishni  tavsiya 
etamiz.  Tarbiyaviy  ishlarning  mazmunida  bir  butun  yondashishdan  bosh  maqsad—
„Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillari  dasturi“dagi  g‘oyalarni 
bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ravishda singdiradi:  
—xalqimizning  boy  an’ana,  udum,  urf-odatlari  va  ajdodlarimiz  merosidan 
foydalanish. 
—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan adolat, haqiqat va 
erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.  
—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.  
—mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik. 


 
30 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  ta’lim  jarayonida  tarbiyaviy  faoliyatini 
rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega:  
a) 
sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish.  
b) 
o‘quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar-  
biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish.  
d) 
kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.  
e) 
o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar ha-  
qidagi bilim darajasi. 
f) 
qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za- 
mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.  
Yuqoridagilarni  aniqlashda  suhbat,  anketa  usullaridan  foydalanish  o‘rinlidir. 
Shundagina  har  bir  o‘qituvchi-tarbiyachilarning  betakror,  bir-biriga  o‘xshamagan 
tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib, 
ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi. 
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:  
• 
Vatanga muhabbat va insonparvarlik. 
• 
Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.  
• 
Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).  
• 
Ota-onalar bilan ishlash. 
• 
Ma’naviy tarbiya (odob-axloq). 
• 
Go‘zallik tarbiyasi. 
• 
Iqtisodiy tarbiya. 
• 
Ekologik tarbiya. 
Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
⇒Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.  
⇒Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.  
⇒Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘lishi.  
⇒Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.  


 
31 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari 
talaygina.  Birinchidan,  dasturda  ko‘zda  tutilgan  ishlarni  tayyorlangan  ssenariy  asosida 
uning  borishiga  tuzatishlar  kiritib,  vazifasini  amalga  oshiradi  va  kuzatib  boradi. 
Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki 
u  biladiki,  tarbiyaviy  ishlar  tarbiyalanuvchilarda  muayyan  fazilatlarni  rivojlantiradi,  bu 
fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o‘qituvchi 
tashkiliy  masalalarning  aniq  hal  etilishini  kuzatib  boradi.  Umuman,  bu  bosqichdagi 
boshqaruv  faoliyati  darsdagi  ayni  shunday  faoliyatdan  kam  farqlanadi,  ammo  u 
murakkabroq,  chunki  hisobga  olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish  kiritish 
lozim bo‘ladi: 
— tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak.  
— tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit 
bermaslik lozim. 
—  hodisalarning  rivojini  diqqat  bilan  kuzatish  va  uning  nazoratdan  chekkaga 
chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
—nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.  
—bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim.  
—natijalarni e’lon qilish. 
—jamoaviy  muhokama  yoki  individual  pedagogik  tahlil  hamda  yutuq  va 
kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi.  
Tarbiyaviy ishlarning tahlili 
1) 
Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning barcha ko‘rinishlari o‘z 
aksini topganmi? 
2) 
Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi?  
3) 
Ko‘zlangan  maqsad,  vazifalar  va  talablarga  tashkil  etish  darajasi  javob 
beradimi? 
4) 
Rejalashtirilgan  barcha  me’yorlar  yetarli  darajada  manbalar  bilan 
mustahkamlandimi? 
5) 
Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?  
6) 
Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi?  


 
32 
7) 
Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi? 
8) 
Tarbiyaviy  ishlar  bir  tizimni  ifoda  etadimi  yoki  nomigagina  bog‘langan 
to‘plamdan iborat bo‘ldimi? 
9) 
Yangilik samarasi sezildimi? 
10) 
Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob berdimi?  
11) 
Ishning  sifati,  o‘quvchilarning  unga  munosabati  qoniqtiradimi,  ularni  qaysi 
savollar o‘ylashga majbur etdi? 
12) 
Tarbiyaviy  ishda  ishtirok  etgan  jamoaning  har  qaysi  a’zosi  qanday  bahoga 
loyiq? 
13) 
O‘quvchilarning xulqi qanday edi? 
14) 
Nima  uchun  ayrim  o‘quvchilarda  u  yoki  bu  pedagogik  harakatga  nisbatan 
qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi?  
15) 
Nimadan voz kechish kerak? 
Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari:  
• 
tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy 
suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi;  
• 
har  bir  ish  har  bir  tarbiyalanuvchining  axloqiy,  ijtimoiy  va  boshqa  fazilatlari 
shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi.  
• 
tarbiyaviy  ta’sir  tashxislash  natijalarining  faol  tahlili  va  ideal  shaxs  bilan 
qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan 
yuzaga keladi. 
• 
tarbiyalanuvchilar  kishilar  orasida  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan  fazilatlarni 
o‘zlashtiradilar,  o‘zlarini  anglashni  o‘rganadilar, o‘z-o‘zini kamolga  yetkazish  yo‘llarini 
tasavvur qiladilar; 
• 
shaxsiy  kamolotga  yetish  dasturi  (tashxislash  natijalaridan  qat’iy  nazar)  individual 
maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi.  
         Tarbiyaviy  ishlar  tizimi  va  tarbiya  jarayoni  har  qanday  mamlakat  hayotida 
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining 
tarbiyasi  bilan  yetarlicha  shug’ullanmagan  mamlakat  turg’unlikka  yuz  tutadi  va 
oqibatda  inqirozi  mahkam  bo’ladi.  Negaki,  har  qanday  jamiyatning  o’sib, 


 
33 
rivojlanishi  uchun  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar  yetishtirishni,  ajdodlardan 
yaxshiroq    darajaga  ko’tara  bilishi  kerak.  Yosh  avlodda  ana  shunday  moddiy  va 
ma’naviy  qobiliyatlar  shakllantirishi  uchun  jamiyat  uzluksiz    ravishda  samarali 
faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishni taqozo etadi. 
• 
   
• 
 Tarbiyaviy  ishlar  jarayonining  ijtimoiy  ahamiyati.    Respublikamiz 
mustaqillikka  erishgach    ta’lim-tarbiya  jarayonini  rivojlantirish  uchun  bir  qancha 
yangi  asoslar  yuzaga  keldi.  Jumladan  “Ta’lim  to’g’risidagi”  Qonun  ,  “Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi”  ning  yaratilishi  ta’limni  tubdan  halos  etish,  rivojlangan 
demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  ahloqiy  talablarga  javob 
beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.  
• 
 
Tarbiya  tushunchasi  millat  tarixi  va  jamiyat  taraqqiyotining  turli 
davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. 
• 
    O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  tarbiyani  izohlashda  yangi  sog’lom 
pedagogik  tafakkurga  tayangan  holda  yondashuv  qaror  topa  boshladi.  Endilikda 
tarbiyaning  irsiy-biologik  jihatlari  va  milliyligiga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda. 
Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq 
pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik 
bilan o’rganilmoqda. 
• 
 
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat 
kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya 
bolada  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  fazilatlarni  rivojlantirish  jarayonidir. 
Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila 
tarbiyasi,  mahalla  tarbiyasi,  maktab  tarbiyasi,  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limida 
amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan  jarayonlardir. 
Ijtimoiy  tarbiyaning  vazifasi  ham  jismonan  baquvvat,  ma’naviy  yetuk,  mustaqil 
fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonaviy fan-texnika va 
texnologiya  yutuqlarini  o’zlashtiradigan,  ma’lum  kasb-hunarni  egallagan  barkamol 
avlodni  shakllantirishdan  iborat.  Ijtimoiy  tarbiya  orqali  shaxsning  ijtimoiylashuvi 
yuzaga  keladi.  U  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishish  usullarini  o’rganadi.  Shaxsga 


 
34 
kasb-hunar  o’rgatish,  kishining  ma’naviy  va  g’oyaviy  qiyofasini  shakllantirishga 
qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya  o’quvchilar 
ongini  muayyan  jamiyatning  maqsad  va  vazifalariga  muvofiq  ravishda  tarkib 
toptirish  va  rivojlantirish  jarayoni  hamdir.  Ijtimoiy  tarbiya  jarayonida  inson  va 
jamiyat  hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar  bolalar ongiga singdirib 
boriladi.  Kishilarning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotda  faol  ishtirok  etishiga 
qaratilgan  barcha  ta’sirlar  ijtimoiy  tarbiya  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Shuning 
uchun  ijtimoiy  tarbiya  umuminsoniy  xarakterga  ega  bo’ladi  va  bunda  shaxs 
xohlagan  soha  bo’yicha  ta’lim-tarbiya  ko’rib,  istagan  kasbni  egallashi  mumkin. 
Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi. 
• 
 
Tarbiya  va  tarbiyaviy  ishlar  har  qanday  jamiyat  va  har  qanday 
mamlakat  hayotida  hal  qiluvchi  ahasiyat  kab  etadi,  Yosh  avlodning  tarbiyasi  bilan 
yetarlicha shug’ullanmagan  g’alq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har 
qanday  mamlakatning  rivojlanishi  uchun  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  ishlab 
chiqarish  to’xtovsiz  ravishda  yuksalib  borishi  zarur.  Yosh  avlodda  ana  shunday 
moddiy  va  ma’naviy  qobiliyatlarini  shakllantirish  uchun  uzluksiz  ravishda  faoliyat 
ko’rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi bo’lishini taqozo etadi.  
• 
        Tarbiyaviy  ishlar  tizimi  jamiyat  taraqqiyotining  turli  davrlarida  turlicha 
mohiyatga  ega  bo’lib,  har  xil  izohlandi.  Shuning  uchun  ham  turli  sinf  va  ijtimoiy 
tabaqalarning  tarbiyasi  o’zgacha  bo’ladi  va  bir-biriga  qarama-qarshi  turadi  degan 
qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga 
ega  emasligi  isbotlanadi.  Chunki  chindan  ham  bunyodkorlik  va  vayronkorlikning 
mohiyati  har  qanday  ijtimoiy  sinf  vakili  uchun  ham  bir  xildadir.  Ijtimoiy  tarbiya 
maxsus  muassasalar  tamonidan  amalga  oshiriladigan  pedagogik  jarayondir. 
Xalqning  o’zi  yaratgan  tarbiyachilik  sa’natiga  va  boy  merosiga  asoslanishi  ijobiy 
ahamiyatni  kasb  etadi.  Tarbiya  jarayonida  ijtimoiy  tarbiya  bilan  birgalikda  oila 
tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi. 
• 
 
Ta’lim  muassalaridagi  tarbiyaviy  ishlar  jarayonining  samaradorlik 
darajasi  ko’p  jihatdan  tarbiyaviy  ishlar  tizimining  tashkil  etilishiga  bog’liq. 


 
35 
Tarbiyaviy  ishlar  tizimi  mazmunan  boy  bo’lishi,  umumiy  maqsad  va  o’quvchilar 
imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. 
• 
 
Tarbiyaviy  ishlar  metodikasi  fani  bevosita  mamlakat  hayoti,  xalq 
tarbiya tizimi bilan mustahkam bog’langandir. 
• 
 
Tarbiya  jarayoni  va  tarbiya  ishlarini  olib  borish  murakkab  bo’lgan  bir 
butun  jarayondir,  binobarin,  bola  shaxsining  har  tamonlama  rivojlanib  borishida 
turli xil sharoitlar ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar 
tizimini  to’g’ri  tashkil  etib  va  ba’zi  sharoitlarning  rolini  faollashtirib  bola  shaxsini 
kamol topishini ta’minlashdir. 
 
 


 
36 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish