3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa
bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab
o’tdilar.
Muxtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
ta‘lim–tarbiya jarayonini rivojlantirishga qaratilgan barcha qarorlar, qonunlar va
dasturlarning pirovard maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas
kuch” nomli asarlarida “Ta‘lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida
bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bu keng
jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashini talab qiladigan
umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqib,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli
yashaydigan barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta‘lim-tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim...” deb ta‘kidlaydilar[5;7-9]. Milliy
istiqlol g’oyasining asoslanishi esa jamiyat hayotining barcha sohalarida keng
ko’lamli islohotlarni yanada jadal amalga oshirish orqali rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida taraqqiy etishning samarali yo’nalishlarini belgilab olish
imkoniyatini yaratdi.
4
Bu davrda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham yosh avlodga
jahon ta‘limi andozalariga muvofiq ta‘lim berishning ijtimoiy-huquqiy asoslari
ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni
hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida davlat ta‘lim siyosatining mohiyati
to’liq ochib berilgan. Ijtimoiy-ta‘limiy qarashlarni o’zida mujassam ettira olgan
mazkur hujjatlarda qayd etilishicha, umumiy pedagogik jarayonning asosiy
maqsadi “ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy
qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali
kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir” [6,7].
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni
har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma‘naviy va axloqiy sifatlarni
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta‘minlash, tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki
shaxsni shakllantirishga texnologik yondashuv borasida ham katta imkoniyatlarga
ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- shaxsni shakllantirish ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi;
- ta‘lim-tarbiyaning asosiy mazmuni har tomonlama rivojlangan shahsni
shakllantirishda
uning aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy
qobiliyatlarining namoyon bo’lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib
toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;
- ta‘lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o’zaro
uyg’unligini ta‘minlash asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish
mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: