Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi



Download 434,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana30.08.2021
Hajmi434,06 Kb.
#159522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalanologiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 



 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusining  dolzarbligi.

 

O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar      

Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa 

bu  maktabgacha  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  bo’lmog’i  lozim  deya  ta’kidlab 

o’tdilar. 

Muxtaram  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

ta‘lim–tarbiya  jarayonini  rivojlantirishga  qaratilgan  barcha  qarorlar,  qonunlar  va 

dasturlarning  pirovard  maqsadi  barkamol  yoshlarni  tarbiyalashga  qaratilgan. 

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining  “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas 

kuch”  nomli  asarlarida  “Ta‘lim-tarbiya  masalasi  davlat  va  jamiyat  nazoratida 

bo’lishi  asosiy  qonunimizda  belgilab  qo’yilgan.  Shu  bilan  birga,  bu  keng 

jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashini talab qiladigan 

umummilliy masaladir. 

Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida 

yaratiladi,  boshqacha  aytganda,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo’lishi 

farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog’liq. 

Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida 

avvalo  shaxsni  ko’rishi  zarur.  Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqib, 

farzandlarimizni  mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan,  ongli 

yashaydigan  barkamol  insonlar  etib  voyaga  yetkazish  ta‘lim-tarbiya  sohasining 

asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo’lishi  lozim...”  deb  ta‘kidlaydilar[5;7-9].  Milliy 

istiqlol  g’oyasining  asoslanishi  esa  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  keng 

ko’lamli  islohotlarni  yanada  jadal  amalga  oshirish  orqali  rivojlangan  demokratik 

davlatlar  darajasida  taraqqiy  etishning  samarali  yo’nalishlarini  belgilab  olish 

imkoniyatini yaratdi.  




 

Bu davrda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham yosh avlodga 



jahon  ta‘limi  andozalariga  muvofiq  ta‘lim  berishning  ijtimoiy-huquqiy  asoslari 

ishlab  chiqildi.  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta‘lim  to’g’risida”gi  Qonuni 

hamda  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  davlat  ta‘lim  siyosatining  mohiyati 

to’liq  ochib  berilgan.  Ijtimoiy-ta‘limiy  qarashlarni  o’zida  mujassam  ettira  olgan 

mazkur  hujjatlarda  qayd  etilishicha,  umumiy  pedagogik  jarayonning  asosiy 

maqsadi  “ta‘lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy 

qarash  va  sarqitlardan  to’la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar 

darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 

kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir” [6,7].  

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  modeli  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo’lgan  shaxsni 

har  tomonlama  kamolga  yetkazish,  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy  sifatlarni 

tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. 

Ta‘lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  ta‘minlash,  tarbiyachi  va 

tarbiyalanuvchilar  o’rtasidagi  munosabatlarni  qaror  toptirishdagina  emas,  balki 

shaxsni shakllantirishga texnologik yondashuv borasida ham katta imkoniyatlarga 

ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:  

- shaxsni shakllantirish ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi; 

-  ta‘lim-tarbiyaning  asosiy  mazmuni  har  tomonlama  rivojlangan  shahsni 

shakllantirishda 

uning  aqliy,  nafosat  va  jismoniy  rivojlanishi,  ijodiy 

qobiliyatlarining  namoyon  bo’lishi,  unda  insonparvarlik  munosabatlarini  tarkib 

toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi

-  ta‘lim  va  tarbiya  qonuniyatlari  hamda  tamoyillari  birligi,  o’zaro 

uyg’unligini  ta‘minlash  asosida    shaxsga  yo’naltirilgan  ta’limni  amalga  oshirish 

mumkinligi. 


Download 434,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish