Tayanch iboralar: ellipsoid, sharsimon, geoid, matematik asos, geodezik
asos, masshtab, sonli, masshtab, izohli masshtab, grafik (chiziqli) masshtab,
geodezik to’r, proyeksiya.
6.1. Yer ellipsoidi
Ma‘lumki, Yer sharsimondir, ya‘ni idel shar shakliga ega emas. Uning
figurasi silliq emas va aylanuvchi jism sifatida qutblarda biroz botgan. Bundan
tashqari, yer moddasi massasining notekis taqsimlanganligi va global tektonik
deformatsiyalar tufayli Yer turli qismlarida botiqlik va qavariqlikka ega.
Sayyoramizning okean sathi darajasi bilan chegaralangan murakkab figurasi geoid
deb ataladi. Uning shaklini to‘g‘ri aniqlash amalda mumkin emas, biroq
zamonaviy sun‘iy yo‘ldoshlar bilan yuqori aniqlikdagi o‘lchash ishlari u haqda
yetarlicha tasavvurga ega bo‘lish va hattoki tenglamalar bilan tavsiflash imkonini
beradi.
XVIII asrda boshlangan Yer ellipsoidi hajmini hisoblash va aniqlashtirish
hozirgi kunda ham davom etmoqda. Endilikda buning uchun sun‘iy yo‘ldosh
kuzatuvlari va aniq gravimetrik o‘lchashlardan foydalanilmoqda. Bu murakkab
vazifa: geoidga eng yaxshi tarzda yaqin va unga nisbatan barcha geodezik hisoblar
bajariladigan hamda kartografik proeksiyalar hisoblanadigan referens-ellipsoid –
geometrik to‘g‘ri figurani hisoblash zarur.
Qadimgi Misr va Yunoniston olimlari Yerning kattaligini aniqlash ustida ish
olib borganlar. Aleksandriyalik olim Eratosfen (mil.av. 276-195 yillar)
Aleksandriya va Siena (hozirgi Asvon) shaharlari bir meridianda yotadi deb
hisoblab, yozgi Quyosh turishi kuni Quyoshning meridiandan balandligini o‘lchab,
bu shaharlarning kengliklari farqi 7°12' ekanligini aniqlagan. Aleksandriya bilan
Siena shaharlari orasidagi masofa taxminan 5 ming Misr stadiyasiga tengligini
bilgan Eratosfen Yer sharining radiusi 39790 stadiyaga (6311 km ga) teng
ekanligini hisoblab chiqargan.
O‘rta asrda Sharq olimlari ham Yerning kattaligini aniqlash ustida ish olib
borganlar. 827 yil arab xalifasi Ma‘mun topshirig‘i bilan Sinjar (Mesopotamiya)
tekisligida Yer sharining kattaligini aniqlash uchun geografik o‘lchash olib
borilgan. Bag‘dod shahri rasadxonasida ishlagan Muhammad ibn Muso Xorazmiy
bu ishlarda bevosita ishtirok etgan. Bunda bir nuqtadan boshlab shimol va janubga
tomon meridian yoyining uzunligi maxsus o‘lchov arqoni bilan, gradus qiymati esa
yulduzlarni astronomik kuzatish yo‘li bilan aniqlangan. Bu o‘lchash natijasida Yer
meridiani yoyining bir gradusi 56,23 arab miliga (yoki 111,8 km ga) tengligi
82
aniqlangan. Bu gradus o‘lchash o‘z davri uchun ancha aniq bajarilgan. Ikki nuqta
orasidagi uzoq masofani o‘lchamay turib Yer kattaligini aniqlash usullaridan birini
Abu Rayhon Beruniy taklif etgan va amalda qo‘llagan. Beruniy tekis joy ustida qad
ko‘targan tog‘ tepasida turib, maxsus asbob bilan ufqning pasayish burchagini
o‘lchaydi va tog‘ balandligini aniqlaydi. So‘ngra Yer radiusini hisoblab chiqaradi.
Beruniy 1 gradus meridian yoyining uzunligi 56,6 arab miliga (112,6 km ga)
tengligini aniqlagan. Bu qiymat XVII-asr oxiriga qadar eng aniq o‘lchash
hisoblangan.
Gollandiyalik olim V.Snellius (1580-1626) triangulyatsiya metodini kashf
qilgandan so‘ng (1615-17) gradus o‘lchash keng rivojlandi, chunki meridian va
parallellarning istalgan qismi uzunligini aniqlashga imkon tug‘ildi. Olimlar
o‘lchashda triangulyatsiya metodini qo‘lladilar. I. Nyuton butun olam tortishish
qonuniga asoslanib, Yer shar shaklida emas, ellipsoid shaklida, degan g‘oyani
ilgari surdi (1680). Frantsuz olimi J. Delambr 1800 yilda Yer ellipsoidi
elementlarini hisoblab chiqdi.
XIX-asr boshlarida turli mamlakatlarda bajarilgan astronomik-geodezik ishlar
Yerning shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko‘rsatdi. Macalan, fransuz olimi
P.S. Laplas (1749-1827) Fransiya va b. davlatlarda o‘tkazilgan gradus o‘lchash
natijalarini tahlil qilib, meridian yoyining qiymati ekvatordan qutbga tomon bir
xilda kamaymasligini aniqladi va Yer noaniq va murakkab shaklda, degan
xulosaga keldi.
1873 yilda nemis fizigi I.V. Listing (1808-82) Yerning bunday shaklini geoid
deb atashni taklif etdi. Geoid shakli Yerning tortish kuchiga bog‘liq bo‘lganligidan
gradus o‘lchashdan tashqari gravimetrik ishlar olib borishga to‘g‘ri keldi.
Rus geodezisti K.I. Tenner (1783-1860), astronomi V. Ya. Struve (1793-
1864) gradus o‘lchashlar olib borishgan. Natijada Dunay daryosining quyilish
joyidan Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg‘og‘igacha bo‘lgan 25°20'
meridian yoyining uzunligi hisoblab chiqildi. Bu yoyga «Struve yoyi» deb nom
berildi. Undan Yerning kattaligini aniqlashda foydalanilgan. Rus olimlari K.I.
Tenner (1844), F.F. Shubert (1861), A.M. Jdanov (1893) va boshqalar Yer
ellipsoidi elementlarini hisoblab chiqishgan. 1899-1902 yillarda Peterburg FA
tashabbusi bilan Shvetsiya FA ishtirokida Yer sharining eng shimoliy Shpitsbergen
orolida gradus o‘lchash olib borildi. Rus geodezisti F.N. Krasovskiy sobiq
Ittifoqda geodezik shoxobchalar barpo etish va topografik plan olish dasturini
ishlab chiqdi (1928). 1933 yildan boshlab, sobiq Ittifoq hududining gravimetrik
planini tuzish ishlari avj oldi. Geodeziya, aerofotos‘yomka va kartografiya
markaziy ilmiy tekshirish institutida Yerning shakli va kattaligini aniqlash
yuzasidan muhim ishlar qilindi. Yer ellipsoidining kattaligi hisoblab chiqildi. Ana
shu yer ellipsodi Krasovskiy ellipsoidi deb ataladi.
Gradus o‘lchashga doir ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekistan FA Astronomiya
institutida ham olib boriladi. Yer shaklining xarakteristikalarini, shuningdek, uning
gravitatsion maydonini aniqlash uchun esa og‘irlik kuchini o‘lchash usullaridan va
Yerning sun‘iy yo‘ldoshlaridan foydalanilmoqda, Yerning o‘lchamlari, shakli va
gravitatsion maydoni haqida olingan ma‘lumotlar astronomiya, geodeziya,
kartografiya va boshqa fan sohalarini rivojlantirishda, Yerning sun‘iy
83
yo‘ldoshlarini, kosmik kemalarni uchirishda juda qo‘l keladi.
Yerning real figurasiga eng geometrik yaqinlashishni aylanish ellipsoidi
beradi, u ellipsning kichik o‘qi atrofida aylanishida hosil bo‘ladigan geometrik
jismdir
(1-rasm).
ellipsoid
siqiqligi
sayyorani
qutblardagi
siqiqligini
modellashtiradi. Rasmdan ko‘rish mumkinki, geoid va Yer ellipsoidining
meridional kesishishi ancha mos kelmaydi.
Ti
nc
h
ok
ea
n
A
tla
ntik
a o
ke
an
Osiy
o
1-rasm. Yer ellipsoidi va geoidning meridional kesishuvi
Rossiyada F.N.Krasovskiyning 1940 yilda hisoblangan referens-ellipsoidi
qabul qilingan. Uning parametrlari quyidagicha:
katta yarim o‘q (a) – 6 378 245 m;
kichik yarim o‘q (b) – 6 356 863 m;
siqiqlik α = (a – b)/a – 1 : 298,3.
AQSH va Kanadada yaqin vaqtlargacha 1866 yilda hisoblangan Klark
ellipsoididan foydalanilgan. Uning katta yarim o‘qi rus ellipsoididagidan 39 m ga
qisqa, siqiqlik esa 1 : 295,0 deb aniqlangan. G‘arbiy Yevropaning ko‘plab
mamlakatlarida va Osiyoning ayrim davlatlarida 1909 yilda hisoblangan Xeyford
ellipsoidi qabul qilingan; Angliyaning sobiq mustamlakalari – Hindiston va
Janubiy Osiyo mamlakatlarida esa 1830 yilda inglizlar tomonidan hisoblangan
Everest ellipsoididan foydalaniladi. 1984 yilda sun‘iy yo‘ldosh o‘lchashlari asosida
WGS-84 (World Geodetic System) xalqaro ellipsoidi hisoblab chiqildi. Butun
dunyoda bir necha o‘nlab turli ellipsoidlar hisoblangan (jadval).
Turli ellipsoidlar asosida tuzilgan kartalarda birmuncha farq qiluvchi
koordinatalar sistemasi olinadi, bu noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Biroq yagona
xalqaro ellipsoidni qabul qilish uchun koordinatalarni qayta hisoblash hamda
84
barcha kartalarni qaytadan tuzish talab etiladi, bu uzoq va, asosiysi, juda qimmat
turuvchi ish hisoblanadi.
Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |