6.2. Kartalarning matematik asosi haqida tushuncha
Kartani matematik asosi – kartani matematik elementlari majmuidan tarkib
topib, ular tasvirlanayotgan yuza va karta o‘rtasidagi matematik aloqani
belgilaydilar. Proeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va
razgrafka sistemasi kartaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Yuqoridagi elementlar Yer yuzasini tekislikda (qog‘ozda) tasvirlashda karkas
(qobirg‘a) vazifasini bajaradilar. Boshqacha aytsak kartani matematik asos
elementlari – Yer yuzasini tekislikda ma‘lum matematik qonun va qoida asosida
to‘g‘ri va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelni (ya‘ni
kartani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Kartada o‘lchash mumkin bo‘lgan aniqlik,
karta mazmunini mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirni aniqligi bevosita
uning masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Karta masshtabini yirik yoki maydaligi uni
maqsadiga qarab belgilanadi.
Kartani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to‘g‘ri bo‘lishi kartaning
matematik asosiga bog‘liq. Hamma kartalar kartografik proektsiyalar asosida
tuziladi va Yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog‘ozga tushirish yo‘llarini ko‘rsatib
beradi. Kartografik to‘r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik
elementlarning yer yuzasidagi o‘rnini tasvirlaydi. Lekin ba‘zi bir kartalarda
kartografik to‘r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasda faqat
siyosiy-ma‘muriy va tabiiy kartalarda berilsa yetarlidir. Chunki ba‘zi bir
tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo‘lsa, kartografik to‘r ko‘rsatilsa
kartaning o‘quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada
(fi) va
(lyambda) larni
aniqlash ishlari ko‘zda tutilmagan bo‘lishi mumkin. Ba‘zan kartaning maxfiyligi
ham e‘tiborga olinadi. Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar
sistemasi) kartaning mazmunini o‘qish uchun asosiy qurol bo‘lib hisoblanadi.
Legenda kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o‘z ichiga
olishi kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo‘lishi zarur. To‘g‘ri
tuzilgan legenda kartadan to‘g‘ri va oson foydalanish imkoniyatini tug‘diradi.
Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning (redaktorlarning) familiyalari, nashr
qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot manzilgohi (adresi),
chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga
kiradi (1-rasm).
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi)
mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo‘shimcha ravishda, qirqim
kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar
beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning
qo‘shimcha elementlarini tashkil qiladi.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |