4.1.3. Abu Rayhon Beruniy
O‘rta Osiyo va Xurosondagi ilm va fanni XI-XII asrlarda Abu Rayhon
Beruniy asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, u Turkiston va
Xurosonnigina emas, balki jahonning eng ulug‘ olimlaridan biridir. Bu allomaning
asarlari sobiq Ittifoqdagina emas, balki Hindistonda, Pokistonda, Misr, Eron,
Angliya, Frantsiya, Italiya, Germaniya, AQSH, Turkiya, Eron va boshqa
mamlakatlarda ham chop etilib o‘rganilib kelinmoqda.
Abu Rayhon Beruniy 973 yili 4 sentyabrda Xorazmda Kot shahrida tug‘ilgan
(hozirgi Beruniy shahri o‘rnida bo‘lgan). U yoshlik chog‘idayoq tabiiy fanlarni
o‘rganishga e‘tibor berib, astronomiya, geografiya, minerologiya, geodeziya va
kartografiya fanlari sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Ma‘lumotlarga
qaraganda, uning 113 asari bo‘lgan. Sharqshunoslarning eng so‘nggi hisoblariga
ko‘ra bu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi
geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi iqlimga va hakazolarga
tegishlidir.
P.G.Bulgakovning taxminicha, Beruniy jami 10 ming varaq qo‘lyozma asar
yaratgan. Agar Beruniy qo‘lyozmalarining hammasi chop etilsa, har biri 35 bosma
taboqa 40 jild bo‘lishi mumkin ekan. Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir
asarlari juda ko‘p bo‘lib, ularda geodeziya va kartografiyaga tegishli qismlari
(boblari) bo‘lgan. Beruniy «Tastix as-suvar va tabtix al-quvar» asarida (bu asarni
H.Hasanov «Kartografiya» deb atagan) usturlab (astrolyabiyaning bir turi),
graduslar to‘ri, sharni tekis yuzaga tushirish va kartografik proektsiyalar, osmon
globusini yasash to‘g‘risida ma‘lumotlar bergan.
Asarda kartalarda tasvirlanadigan obyektlarni (tafsilotlarni) qaysi ranglarda
tasvirlash kerakligi aytib o‘tilgan. Masalan, dengizlar pistamag‘iz rangda, oqar
suvlar qaxrabo va osmoniy rang bilan, qumlar za‘faronsimon sariq rang bilan,
shaharlar chorburchak shaklda qirmizi va qizil rangda, yo‘llar kulrangda
tasvirlangan.
«Hindiston» kitobida shaharlarning geografik koordinatalarini hisoblab,
ularning o‘rnini tekis yuzada tasvirlagan. Masalan, u Loxur qal‘asining kengligini
34
0
10‘ ekanligini va G‘azni shahriniki 33
0
35‘, Qobul shahriniki 33
0
47‗, Nandna
qal‘asiniki 32
0
ekanligini hisoblab bergan.
Beruniy Hindistondalik vaqtida Yer aylanasining uzunligini va 1
0
yoy
uzunligini oddiy usulda o‘lchash yo‘llarini ishlab chiqqan.
Olimning eng yirik asarlaridan «Qonuni Mas‘udiy» ni 1037 yillarda, ya‘ni
umrining so‘nggi yillarida yozib tomomlagan, uni o‘sha davrning podshosi Sulton
50
Ma‘sudga bag‘ishlagan. Bu kitob Beruniy asarlaridan birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga
tarjima qilingan.
Beruniy o‘zining asarida geografik koordinatalarni aniqlashni o‘zi ishlab
chiqqan yangi usuldan foydalanib, Yer yuzidagi 600 dan ortiq joyning o‘rnini
aniqlagan. Beruniy ma‘lumotlarini qanchanlik aniq ekanligini M.Teshaboev tuzgan
quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |