Iqtisodiy-statistik manbalar. Asosiy iqtisodiy-statistik manbalarga davlat
statistika materiallarini, BMT va boshqa davlatlar tomonidan nashr etiladigan
hisobotlarni keltirish mumkin. Davlat statistikasi markaziy va mahalliy idoralar va
tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan yaxlit metodika bo‘yicha doimiy ravishda olib
boriladi.
Aholi, xizmat ko‘rsatish va madaniyat kartalarini tuzish uchun demografik
va sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichli aholini ro‘yxatga olish materiallari ishlatiladi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar faqat kartalarga tushiribgina qolmasdan, balki ular ishlab
chiqarish ko‘rsatkichlarini hisoblash, sintetik baholarni berish uchun ham
ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ular sintetik sotsial-iqtisodiy kartalarni tuzish
uchun manba bo‘lib ham xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |