Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

2-rasm. M.Bexaym globusi 
 
                                                           
1
  Robert  E.Gabler,  James  F.  Peterson,  L.  Michael  Trapasso.  Essentials  of  Physical  Geography.  2007.    p.  33-34 
/www.brookscole.com 


 
20 
Buxorolik  astronom  Jamol  ad-Din  1267  yilda  Xonbaliqda  (Pekin)  Xubilay 
xonga  Xulagu  xondan  sovg‘a  sifatida  globus,  astrolyabiya  va  armillyar  sfera  olib 
borgan.  Usmon  olimi  Takiyuddin  ash-Shami  1574  yildan  so‘ng  Stambuldagi 
observatoriyasi  uchun  hozirgi  ko‘rinishdagi  globusni  yasagan.  Birinchi  osmon 
globuslari  Hindistonda  Boburiylar  buyrug‘i  bo‘yicha  tayyorlangan;  ulardan  eng 
yirigini temirchi va astronom Muhammad Solih Tatavi yasagan. XIII asrda Misrda 
ham globus ishlangan.  
1495  yil  (ba‘zi  manbalarda  1493-1494 
yillarda)  Nyurnbergda  shahar  kengashi  uchun 
nemis  geografi  va  sayyohi  Martin  Bexaym  (1459-
1507)  diametri  0,54  metrli  globus  (―Er  olmasi‖) 
yasagan.  Unda  Yangi  Dunyoni  kashf  qilinishi 
arafasidagi  Yer  yuzasi  haqidagi  tasavvurlar  aks 
etgan.  Bexaym  bu  globusni  yasashda  asosan 
Ptolemey  ma‘lumotlariga  asoslangan  dunyo 
kartasidan foydalangan. Bexaym globusi bayroqlar, 
tojli  monarxlar,  ko‘plab  qiziqarli  yozuvlar  bilan 
bezatilgan  bo‘lib,  Marko  Polo  sayohatlari  va 
portugallar 
ekspediyatsiyalari 
bo‘yicha 
o‘zgartirishlar  bilan  Ptolemey  kartlari  asosida 
tuzilgan  va  o‘z  davri  geografik  tasavvurlarini  aks 
ettirgan. 
 
3-rasm. O‘zbekiston Milliy universitetidagi globus 
 
Toshkentdagi katta Toshkent universiteti (hozirgi O‘zMU) globusi buyurtmasi 
bilan  1979-1984  yillarda  Perm  davlat  universiteti  laboratoriyasida  yasalgan 
(diametri  196  sm,  og‘irligi  490  kg,  yuzasi  13  m
2
  ga  yaqin,  o‘quv  maqsadlarida 
foydalaniladi).  Bu  globusni  buyurtirish  va  olib  kelish  tashabbuskori  geografiya 
fanlari  doktori,  professor  H.H.Hasanov  bo‘lgan.  masshtabi  ikki  xil:  gorizontal 
masshtabi 1 : 7 000 000, vertikal masshtabi 1 : 2 000 000. Yer yuzasidagi baland-
pastliklar  Yerning  kattaligiga  nisbatan  juda  kichik  bo‘lganligi  sababli  2  xil 
masshtab qabul qilingan. Bunday qilinmasa globusda Yer yuzasi relьefi shakllari 
ko‘rinmay  qoladi.  Yer  yuzasi  shakllari  bo‘rtma  usulda,  landshaftlar  ranglar  bilan 
tasvirlangan. Landshaftlardagi  rang  tanlashda  Yerning koinotdan olingan suratlari 
ranglaridan foydalanilgan. 
XV  asrda  Samarqanddagi  Mirzo  Ulug‘bek  qurdirgan  rasadxonada  ham 
kattagina globus bo‘lgan. Unda iqlimlarning chegaralari, tog‘lar, so‘llar, dengizlar 
va  daryolar  ko‘rsatilgan.  Binobarin,  dunyodagi  ikkinchi  globusni  Samarqand 
astronomlari yasashgan. Ulug‘bekning o‘limidan keyin u mutaassiblar tomonidan 
yo‘qotilgan.  Samarqanddagi  O‘zbekiston  xalqlari  tarixi  va  madaniyati  muzeyida 
katta  noyob  globus  saqlanadi.  Mukammal  ishlangan  bu  globusni  1895  yil 
xo‘jandlik  ma‘rifatchi  Hoji  Yusuf  Mirfayoz  o‘g‘li  musavvir  va  olimlar  bilan 
hamjihatlikda  yasagan.  Globusning  balandligi  uni  ko‘tarib  turgan  tagligi  bilan 
birga  117  sm,  shar  aylanasi  160  sm,  masshtabi  1  :  2 500 000.  Globus  gradus 


 
21 
to‘rlariga  bo‘lingan.  Meridian  va  parallellar  qora  rang,  tropik  chiziqlari  va  qutb 
doiralari  qizil  rang  bilan  chizilgan.  Nolinchi  meridian  Grinvichdan  emas, 
Afrikaning  g‘arbidagi  Yashil  burun  orollaridan  o‘tkazilgan.  Bu  Abu  Rayhon 
Beruniy  globusidagi  boshlang‘ich  meridianga  to‘g‘ri  keladi.  Globusga  qariyb 
mingta nom yozilgan. Globusga belbog‘ tarzida 12 burj doirasi o‘rnatilgan. Har bir 
burj  doirasi  ichida  burjni  anglatuvchi  rasmlar  –  sher,  qo‘y,  qisqichbaqa,  chayon, 
baliq,  qo‘chqor,  ho‘kiz  va  boshqalar  tasvirlangan.  Bu  Turkiston  o‘lkasi  mahalliy 
olimlari  yaratgan  va  ilmiy  jihatdan  o‘z  davri  uchun 
eng mukammal globusdir. 
 
2013  yilda  belgiyalik  kolleksioner  Shtefan 
Missine  tomonidan  tuyaqush  tuxumiga  tushirilgan 
globus tadqiqoti chop etildi. Bu tuxumda tasvirlangan 
globus Shimoliy Amerikani aks ettiradi. Globus 1504 
yilda  yasalgan  deb  hisoblanadi.  Bu  Amerika 
tasvirlangan  eng  qadimgi  globusdir.  Undan  so‘ng 
Janubiy Amerika bilan batafsilroq tasvirlangan Yangi 
Dunyo  to‘laqonli  globuslarda  –  Lenoks  globusi 
(taxminan  1507  yil)  va  Polshada  saqlanadigan 
Yagellon globusi (taxminan 1510 yil) paydo bo‘ldi.  

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish