6.4. Karta masshtabi. Masshtab turlari va ularning ahamiyati
Masshtab (nemischa Maβstab, maβ – o‘lchov va stab – tayoq) — chizma,
plan, aerofotosyomka yoki kartadagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi
masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab joydagi masofaning chizma, plan yoki
kartada necha marta kichraytirib tasvirlanganligini ko‘rsatadi. Masalan, ikki nuqta
orasidagi 75 km masofa xaritada 7,5 sm qilib tasvirlangan. Bunda masshtab 1:1
000 000 bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rish mumkinki, berilgan masofa xaritada
1 000 000 marta kichraytirib tasvirlangan, ya‘ni xaritadagi 1 sm masofa aslida
1 000 000 sm (yoki 10 km) ga teng. Har qanday plan yoki xaritada albatta uning
masshtabi yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Masshtab uch xil ko‘rinishda, ya‘ni sonli, chiziqli va nomli masshtab bo‘ladi
(rasm).
88
Do'stlaringiz bilan baham: |