vositaning pleonastik qo‗llanishi ham ulardagi ta‘kid bo‗yog‗ining ikki baravar
kuchayishiga olib keladi, ham bo‗g‗inlar miqdori bilan bog‗liq bo‗lgan uslubiy-
qo‗llaniladi. So‗zlashuv uslubida esa bunday emas. U uyushgan bo‗laklarning
55
oxirgi qismida kelganda bo‗laklararo tenglikni ko‗rsatish bilan birga, oxirgi
bo‗lakni ajratadi va ta‘kidlaydi:
Byuro uch kishidan iborat bo„lsin degan taklif bor.
Saida Aliyeva, Umida Umarova hamda Usmonjon Umarov! (A.Qahhor). Mana shu
jihatlari bilan o‗ziga qiymatdosh bo‗lgan boshqa yordamchi vositalardan
farqlanadi.
Zidlov vositalari matnda turli-tuman uslubiy va pragmatik xususiyatlarini
namoyon etadi. Masalan, ammo, biroq vositalari nisbatan kitobiy, lekin esa uslubiy
va pragmatik betaraf, neytral. Bundan tashqari, ammo yordamchisi bir ma‘nosida
vosita bo‗lib, lekin, biroq vositalariga qiymatdosh bo‗lsa, ikkinchi ma‘nosida
yuklamadir.
32
Darhaqiqat, ammoning asosiy substansial qiymatdoshlari lekin va
biroq vositalaridir: Jahllari yomon edi... Ammo ―u yoq‖dagi gaplarni hech
gapirmasdilar! (O‗.Hoshimov) - Lekin “u yoq”dagi gaplarni hech gapirmasdilar!
Biroq “u yoq”dagi gaplarni hech gapirmasdilar! Qiyoslanayotgan vositalar
stilistik jihatdan bir doirada – kitobiylik ruhida bo‗lganligi bois, ular ma‘no
nozikliklaridagi farqlar deyarli sezilmaydi. Bu farqlar -u/-yu bilan bo‗lgan
almashinuvda ko‗zga tashlanadi: Boshqalarni bilmadim-u, menga «tochka»da
turishdan ko„ra shunisi ko„proq yoqadi (O‗.Hoshimov) -
Boshqalarni bilmadim,
ammo menga «tochka»da turishdan ko„ra shunisi ko„proq yoqadi. Har ikkala
holatda ham mustaqil gaplarni o‗zaro bog‗layotgan, ular o‗rtasidagi ziddiyatni
ifodalayotgan va subyektiv munosabat ham anglashilib turgan bo‗lsa-da, bu
vositalarning ifoda darajasi ikki xil – -u/-yu ishtirok etgan holatda mayinlik, ammo
qo‗llangan gapda esa qat‘iyat ohangi sezilib turadi. Mana shu jihatdan ammoga
substansial qiymatdosh bo‗lishi mumkin bo‗lgan, gaplar o‗rtasidagi zidlik
ma‘nosini bera oladigan -ku ning ekspressivlik kuchi ularning har ikkalasiga
qaraganda yuqori ekanligi ma‘lum bo‗ladi: Oyoqlari ipdek, puf desang uchib
ketadigan holi bor-ku, miq etmaydi, eshshak! (O‗.Hoshimov) -
Oyoqlari ipdek, puf
desang uchib ketadigan holi bor, ammo miq etmaydi, eshshak! Mana shu
yordamchi vositalar tufayli gaplarning ma‘nosi bo‗rttiriladi – -ku tufayli ikkinchi
gap, ammo yordamida birinchi gap mantiqiy urg‗u oladi va shu yo‗l bilan ulardagi
32
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. -Б.79.
56
fikrning muhimligiga ishora qilinadi. Ayni paytda, -ku ning so‗zlashuv uslubida
nihoyatda faol ekanligini ta‘kidlash lozim.
Shuningdek, ammo, lekin va -ku substansial uyg‗unlikdan tashqari ularning
yonma-yon kelish holatlari ham uchraydi: Albatta, boshqa odamning yerini ham
Do'stlaringiz bilan baham: