QOBILIYATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
Shaxsning muhim individual sifati hisoblanuvchi qobiliyat shaxs
ning boshqa individual sifatlari bilan bog‘liq holda xilma-xil bo‘ladi.
Psixolog nuqtayi nazarida qobiliyatlilik sifat jihatidan malakalarda
ajralib turadi. Qobiliyat orqali odamlar o‘yinda, o‘qishda, mehnatda
ham bir-birlaridan keskin farq qiladilar.
Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namoyon bo‘ladi
degan savolga, u insonlaming bosh miya faoliyatining ishlashi bilan
bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan: ba’zi bir insonlarda miyaning
chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlan-
gan degan g ‘oyasini keltirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |