‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

Iste’dod  va  geniylik.  Qobiliyat  taraqqiyotining  yuksak  bosqichi 
iste’dod  deb  ataladi.  Uning  ijtimoiy-tarixiy,  tabiiy nuqtayi  nazardan 
talqini  qobiliyat  taraqqiyotining  yuksak  bosqichi  ekanligidan  dalolat 
beradi.  Psixologiyada iste’dod (talant -  yunoncha noyob narsa,  irsiy, 
tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqi­
yatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda 
iste’dodlar  majmuasidan  (yig‘indisi)  iborat  individual  xususiyatdir. 
Psixologik  adabiyotlarda  unga  turlicha  ta’rif  berilishiga  qaramay,
243


ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir 
murakkab  mehnat  faoliyatining  muvaffaqiyatli,  mustaqil  va  original 
tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga iste’dod 
deyiladi.
Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar:
a) muvaffaqiyatni ta’minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
c) originallik unsurining mavjudligi;
d) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;
e) individual-psixologik xususiyatga egaligi;
f)  ijtimoiy  turmushni  o ‘zgartiruvchi,  yaratuvchi  imkoniyatga 
egaligi kabilar.
Psixologik ma’lumotlami umumlashtirgan holda alohida ta’kidlab 
o‘tish  iste’dod  tuzilishini  oson  tushunish  imkoniyatini  yaratadi, 
iste’dod shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikmasidirki, 
uni:
a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan;
b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali;
c) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi.
Shaxsda  u  yoki  bu  qobiliyatning  mavjud  emasligi  hamda  yetarli
darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruv- 
chi  boshqa  qobiliyatlaming  jadal  takomillashuvi  orqali  ulaming 
o‘mini  bosishi  (kompensatsiya  qilishi)  mumkin.  Iste’dod  o‘zining 
umumiy va maxsus sifatlari yig'indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyati- 
ning  ayniyatidir.  Iste’dod  mahoratning  dastlabki  sharti  hisoblansa- 
da,  lekin  ular  bir-biridan  muayyan  darajada  tafovutlanadi.  Iste’dod 
katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulidir, mehnat esa hayotiy tajriba va 
ko‘nikmalaming zamriy manbayi hisoblanadi. Ijodiyotning sharti ha­
yotiy tajriba, zamriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudli- 
gidir.  Ijodiy  faoliyat  iste’dodning  ajralmas  qismi  hisoblanib,  bunda 
mhlanish  deb  nomlangan  psixologik  holat  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy 
lahzadan iborat. Iste’dod imkoniyat tariqasida psixologik hodisa, ma- 
horat esa haqiqatga aylangan  imkoniyatning gavdalanishi hisoblana­
di.  Psixologik nuqtayi nazardan haqiqiy mahorat shaxs iste’dodining 
faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
244


Jahon  taraqqiyoti,  fan  va texnika,  san’at  va  adabiyot,  moddiy  va 
m a’naviy  madaniyatini  yaratishning  ichki  (ruhiy)  imkoniyati  hi- 
soblanmish  iste’dod  rivojlanishning  harakatlantiruvchi  omilidir.  In- 
soniyatning  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  bosqichlarida  ijtimoiy-iqti- 
sodiy  sharoitlarning  yetishmasligi  tufayli  ko‘pchilik  talant  sohiblari 
o ‘z  imkoniyatlarini  ro ‘yobga  chiqarish  imkoniyatlaridan  mahrum 
bo‘lganlar.  Misol  tariqasida,  mamlakatimizning  yaqin  o ‘tmishida 
chorizm  mustamlakachilik  siyosatida,  qatag‘on  yillarida  qancha- 
lab  iste’dodli  davlat  va  jamoat  arboblari,  betakror  fan,  madaniyat, 
adabiyot  namoyandalari  o‘z  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarishga 
erisha olmay dunyodan ko‘z yumdilar.  Bu o‘tmishning achchiq haqi- 
qatidir.  Iste’dodlaming  tuzilishi  ijtimoiy  shart-sharoitlarga  bog‘liq 
bo‘lganligi  tufayli  mustaqil  mamlakatimizda  iste’dodli  yoshlarga 
nisbatan yuksak ehtiyoj  sezilmoqda. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdi- 
ki, bunday shaxslar kelajagi buyuk davlatimiz poydevori bo‘lishadi.
Qobiliyatlilik  shaxsda  mehnat,  tinimsiz  izlanish  tufayli  vujud- 
ga  keladi  va  rivojlanadi.  Iste’dod  garchi  insonga  tabiatan  berilgan 
bo‘lsa-da, agar ijtimoiy muhit bo‘lmasa, o‘z ustida ishlamasa,  shaxs- 
dagi  qobiliyat va iste’dodlar yo‘qoladi.  Iste’dodning eng yuqori  da­
rajasi bo‘lgan geniylikning shaxslardagi jihatlari haqida ham to‘xtalib 
o‘tsak.  Geniy  shaxslar fan  sohalariga,  hayot voqealariga  ijodiy yon- 
dashib  ulami  yanada boyitadilar.  Bunday  shaxslar  o‘ta  mehnatsevar 
va kuchli  irodali  bo‘ladi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  geniylik 
darajasiga  ko‘tarilgan  shaxs  o‘z  faoliyatida  ahamiyatga  molik  katta 
yutuqlami  qo‘lga  kiritilishiga  sabab  bo‘ladi.  Kelgusi  avlod  uchun 
xizmat  qiladigan  ixtirolar,  nazariyalar  yaratadilar.  0 ‘rta  Osiyo- 
ning  dunyoga  tanilgan  yetuk  mutafakkirlari Abu Ali  ibn  Sino,  Abu 
Nasr  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Al-Xorazmiy,  Mirzo  Ulug‘bek 
kabi  mashhur  olimlar  fan  olamida  geniylikning  yuksak  cho‘qqisiga 
ko‘tarildilar.  Qobiliyat,  iste’dod,  geniallik  -   shaxsning  ijodkorligi 
va  faqatgina  mehnat  mahsulidan  kelib  chiqadi.  Mehnat  esa  hayotiy 
tajriba, ko‘nikmalaming zaruriy majmuasi manbayidir.  Shaxs qobili- 
yatlarini rivojlantirishda barqaror, turg‘un, kasbiy maxsus qiziqishlar 
muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi.  Maxsus qiziqishlar 
inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning mazmuniga nisbatan intilishi- 
dan  iborat  shaxsiy  fazilat,  ichki  turtki,  harakatlantiruvchi  kuchdir.
245


Bunday  maxsus  qiziqishlar turlicha  faoliyat bilan  kasbiy  tayyorgar- 
lik  sifatida  shug‘ullanish  moyilligiga  o‘sib  o‘tadi.  Bilishga  oid  qizi- 
qish  faoliyat usullarini  amaliy jihatdan  o‘zlashtirib  olishni  va  yangi 
vaziyat,  sharoitga ko‘chirishni  taqozo  qiladi,  rag‘batlantiradi  hamda 
shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlashga yordam beradi. Qobili­
yatlar va iste’dodlami shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va dav- 
lat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammodir.  Bunda hamma bolalardagi 
qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish vazifasi ayrim iste’dodli bo­
lalardagi maxsus iste’dodlami rivojlantirish vazifasiga qarama-qarshi 
qo'yilmaydi.  Qobiliyat va  iste’dod insonning hayotidagi  eng muhim 
individual-psixologik xususiyatlardan biri hisoblanadi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish