85
Leksik vositalar. So`zlar o`z ma’nosi bilan biror harakatga
(qo`li gul odam)
ko`chiriladi, natijada
gul so`zi qo‘shimcha uslubiy
mazmun oladi. Shuningdek,
ko`z, til, ona kabi
so‘zlarning ma’nosi ko‘chirilishi mumkin. Ayrim
so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan birga,
qo‘shimcha modal mazmun ifodalaydi:
do`st, yer,
qahramon, go`zal, aqlli, mehr, ishbilarmon kabi
so‘zlar ijobiy ma’no,
bo`hton, yolg`onchi, yalqov,
sassiq, dushman kabi so‘zlar esa salbiy ma’no
ifodalaydi. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi,
uslubiy mazmun olishi ko‘proq badiiy uslub, ba’zan
ommaviy uslub va o‘rni bilan og‘zaki so‘zlashuv
tilida uchraydi.
Biz shaxslarga, predmetlarga, hodisalarga ikki xil
baho beramiz: ijobiy baho-bunda moyillik, sevish, hurmat qilish, mehr-muhabbat
tuyg`ulari ifodalangan bo`ladi:
ofarin, yoqimli, ajoyib, go`zal, shirin, chiroyli,
saxiy, baxtli kabi.
Salbiy bahoda nafrat, xafa bo‘lish, ranjish, haqorat, dil og‘rishi kabi tuyg‘ular
ifodalanadi. Masalan,
xasis, bevafo, badnafs, ochko`z, firibgar, va’daboz, badbaxt
va boshqalar.
Ma’lumki, fe’l so‘z turkumlari ichida xilma-xil shakllarga boy bo‘lib, shu
tufayli uning uslubiy imkoniyatlari ham nihoyatda kengdir: birgina zamon va
shaxs
qo‘shimchalarining ko‘pligi ulardagi sinonimik qatorlardan istalgan ma’noni
ifodalash uchun so‘zlovchiga bu fe’l shakllaridan birini
tanlay olish imkonini beradi.
1. I shaxs birlik o‘rnida II shaxs birlik
qo‘shimchalaridan foydalaniladi:
Sabr
qil,
Mirsalim
(shaxs o‘ziga qarata
gapiryapti...). Beparvo ham bo`lma, otingni qamchila.
So`zlar o`z ma’nosi
bilan betaraf bo`lsa
ham
(ota, ona, suv, non,
go`sht, ishonch, o`rmon,
gilos va b.), kontekstda
ko`chma ma’noga ega
boladi.
Gulning chiroyli belgisi
odamga (gul yuz),
o`rin-joyga (gul bog`),
biror harakatga (qo`li
gul odam) ko`chiriladi,
natijada gul so`zi
qo‘shimcha uslubiy
mazmun oladi.
Metafora,
metonimiya,
sinekdoxa, kinoya,
tag ma’no kabi
leksik vositalar ham
uslub yaratishda
muhim o‘rin tutadi.
86
Oldini ol!
— Shunday mulohazalardan so`ng Qodir bilan uchrashish, uning
qo`yniga tasodifan asta qo`l solish flkriga keldi. (Sh.) Shunday insonlarni kо`rgach,
odamzod chindan ham po`lat kabi irodali bo`lishiga ishonasan, kishi.
2. II shaxs ko‘plik o‘mida I shaxs ko`plik shakli qo‘llanadi. Bundan shaxs va
harakatlar orasida yaqinlik ifodalanadi:
Qani, bolalar, yozamiz.
3. II shaxs birlik o`rnida III shaxs birlik: Anvar yugurib borib,
Alimardonning yoqasidan oldi: Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? (О`. H.)
Tilimiz an’anasiga muvofiq, kamina so‘zi hozir I shaxs o‘rnida
qo‘llanadi: Bu orada ham kamina uzr so`raydi. Xojangiz, xo`jangiz, qulingiz
kabi
so‘zlar ham I shaxs o‘rnida qo‘llanishi mumkin: Yo`q, Eshon aka! Ko`nglingiz
qanaqa
choy tilasa, xojangiz muhayyo qiladi. (S. A.)
II shaxs (birlik yoki ko‘plik) o‘rnida III shaxs shakllari ishlatiladi:
Eshik ocharkan xola Gulshanga salom berdi va «Xush keldilar! Kelsinlar!» - dedi.
Ha xo`ylab qoldilar?...
6. II shaxs birlik o‘rnida III shaxs ko`plikdan foydalanish mumkin. Bunda
ham yo hurmat, yo kesatish ma’nolari ifodalanadi: Biz Davonga Abdulla
Qodiriy izidan keldik.
U kishi bundan 40 yil ilgari Mallaboy aka haqida ocherk
yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar. (T. P.)
7. Jonli so‘zlashuv nutqida II shaxs
Siz olmoshi o‘rnida
o`zlari olmoshidan
ham foydalaniladi: -
Xo
`
p, salomatmisiz, Mirzo - Shukr. O`zlaridan so` rasaк? (A.
Qod.)
8. Hozirgi zamon o‘nida hozirgi-kelasi zamon fc’lidan foydalanish mumkin:
Oyimxonni chaqiradilar. (A.Qod.)
9. O‘tgan zamon fc’li shakllari kelasi zamon uchun qo‘llanib, bajarilmagan
ishga bajarilish bo‘yog‘ini beradi:
Bu ishni bajardim, deylik, keyin nima bo`ladi?
10. Xayoliy faoliyat yoki tasavvur (masalan, tush) oqibatlarini bayon etishda
ham zamonlar bir-birining o‘nini qoplashi mumkin. Masalan:
Ishonch bilan yodga
tushdim. Odamlar ketidan ketyapman. Odamlar keti uzilmaydi.