2. O‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada
Nuqtali vergul (;)
68
mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o‘z
ichiga olgan qo‘shma gaplar orasida: Zunnun Xo‘ja, Siddiqjonning tarafini
olgan bo‘lib, kampirga qarab kovush otdi; Siddiqjonga nimadir demoqchi bo‘lib
og‘iz ochgan qizini bir tarsaki urdi; so‘ngra Siddiqjondan o‘pkalab, mayin tovush
bilan gap boshladi. (A.Q.) Ishchi qozoq bir-ikki qum xomasining bu yog‘dan
uyog‘ga, uyog‘idan bu yog‘ga o‘tdi, ammo izdan nishon yo‘q edi; eski izlar nari
tursin, hatto qozoq o‘zizini ham topolmas edi; har bosilgan qadam o‘rni, qumga
bosilgandek, oyoq ko‘tarilgan hamon, ko‘milar edi. (S.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |