3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi
voqealar bir-biriga qiyoslanganda: Ish kuchini yelga berma, yerga ber;
jamg‘armani selga berma, elga ber! Yaxshini yomon dema, olising bo‘lsa ham;
Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.
4. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-
biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin: Gerb
rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta
chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda; go‘za shoxlari va barglari,
vodiylar yashil rangda; tog‘lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy
va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan
lenta to‘rt xil rangda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |