A salimov, G. Axmedjonova


 Xomashyoni to‘quvchilikka tayyorlash



Download 10,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/78
Sana26.08.2021
Hajmi10,5 Mb.
#156378
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
xomashyoni toquvchilikka tayyorlash

1.7. Xomashyoni to‘quvchilikka tayyorlash
Yigiruv, pillakashlik, ip pishitish va kimyoviy zavodlarda ishlab 
chiqarilgan  iplar  mato  chiqarish  korxonalariga  turli  o‘ramalarda 
keltiriladi. Yigirilgan iplar qog‘oz naychalarda yoki bobina larda, tabiiy 
ipak  kalavada,  pishitilgan  iplar  bobina  yoki  gardishli  g‘altaklarda, 
kimyoviy  iplar  bobinalarda  keltiriladi.  Bu  o‘ramlarni  mato  ishlab 
chiqaruvchi  mashina  va  dastgohlarga  hamma  vaqt  ham  bevosita 
o‘rnatib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda, mato ishlab chi qarishda, uni eniga 
qarab katta guruh iplar jamlanib bitta o‘rama to‘ quv, tanda g‘altaklarga 
o‘raladi.  Bundan  tashqari,  iplarni  tayyor lash  jarayonlarida  sifat 
nazoratdan o‘tib, yaxshilanadi. Ayrim hol larda, tayyorlash jarayonida 
iplarga  maxsus  ishlov  beri lib  –  to‘quvchilikda  ohorlash,  trikotaj  va 
noto‘qima matolar ishlab chiqarishda parafinlash va boshqalar keyingi 
jarayonlarning iqti sodiy samaradorligini oshirishga erishiladi.
To‘quvchilik tanda va arqoq iplarni tayyorlash jarayonlari, ishlab 
chiqariladigan  mahsulot  va  xomashyo  turi,  keltiriladigan  o‘rama  va 
mavjud to‘quv dastgohiga bog‘liq. Ip gazlamalar ishlab chiqarishga, 
tanda iplari qayta o‘rash, tandalash – ohorlash va shoda terish yoki 
tugun ulash jarayonlaridan o‘tsa, arqoq ipi dastgohning turiga qarab 


14
mokili  dastgoh  uchun,  yigiruv  naychasidan  bobinaga,  so‘ngra  yana 
bobinadan yog‘och naychalarga qayta o‘raladi. Mokisiz dastgohlarga 
esa, bobinalarda o‘rnatiladi.
Shoyi gazlamalar ishlab chiqarishga iplar kalavalarda (xom ipak) 
yoki gardishli g‘altaklarda (pishitilgan ipak) keltiriladi. Tanda iplari 
to‘quvchilikka  tayyorlanganda  xom  ipak  tarkibida  seritsin  (yelim 
mod da) bo‘lgani uchun tabiiy ipak ohorlash jarayonidan o‘tmaydi.
Ayrim gazlamalar ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p o‘timli bo‘-
lib, u tanda iplariga badiiy bezak berish bilan bog‘liq. Quyida xonatlas 
matosini  ishlab  chiqarish  texnologiyasida  qatnashadigan  jarayonlar 
keltirilgan.
Keltirilgan  texnologik  jarayonlar  zanjiridan  ko‘rinib  turibdiki, 
xonatlas matosini ishlab chiqarishda tanda iplariga badiiy bezak be-
rish bilan bog‘liq maxsus jarayonlar mavjud. Katta krep gu ruh (krep-
deshin, krepjorjet va shunga o‘xshash) gazlamalarni ish lab chiqarishda 
ipak  tarkibidagi  yelim-seritsin  moddasidan  foy dalanib,  u  gazlamani 
pardozlash  jarayonidan  keyin  yuviladi  (yelimsizlashtiriladi).  Xon at-
las  ishlab  chiqarishda  esa,  ip  yelim siz lashtirilib,  bo‘yashga  tayyor-
lanadi.  Yelimsizlantirish  kalavalarda  bajariladi,  shuning  uchun  ke-
yin gi  jarayonda  iplar  kalavadan  bo binalarga  qayta  o‘raladi.  Libit-
lash  –  tandalash  jarayonining  bir  turi  bo‘lib,  unda  40–60  gacha 
iplar qo‘shilib, perimetri katta kalava libit olinadi. So‘ngra, libitlarga 
oldindan tayyorlangan naqsh izi tushiriladi. Naqsh olish uchun libitlar 
abrband usulida bog‘lanadi, natijada, libit bo‘yalganda bog‘lanmagan 
joylar asosiy rangga bo‘yalib, bog‘langanlar bo‘yalmay qoladi. Qolgan 
ranglar «Kosa bo‘yoq» usulida bo‘yaladi. 
1-jadval

Download 10,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish