A salimov, G. Axmedjonova


 - B O B  TO‘QUV DASTGOHIDA TO‘QIMANING



Download 10,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/78
Sana26.08.2021
Hajmi10,5 Mb.
#156378
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
xomashyoni toquvchilikka tayyorlash

2 - B O B 
TO‘QUV DASTGOHIDA TO‘QIMANING  
HOSIL BО‘LISHI
To‘qima (gazlama) to‘quv dastgohida ikki sistema iplarning o‘zaro 
o‘rilishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qima uzunligi bo‘ylab joylashgan 
iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik, ya’ni to‘qima eni bo‘ylab 
joylashgan iplarni arqoq yoki arqoq iplari deyiladi.
Gazlamaning shakllanish jarayoni to‘quv dastgohida quyidagicha 
bajariladi. Tayyorlov bo‘limida ohorlangan  tanda  ipi  o‘ralgan  to‘quv 
g‘altagi  1  (11-rasm)  dastgohning  orqa  tomoniga  o‘rnatiladi.  Tanda 
iplari to‘quv g‘altagidan chuvalib chiqib, skalo 2 ni egib o‘tib, lamel 
3 ni va shodalar 5,6 da o‘rnatilgan gula (galevo) 4 ning ko‘zlaridan, 
so‘ngra, tanda iplari tig‘ 7 ning tishlari orasidan o‘tadi. Tig‘ 6 dastgoh 
batan  mexanizmi  to‘siniga  qo‘zg‘almas  qilib  o‘rnatilgan.  11-rasmda 
10  to‘qimaning  qirg‘og‘i  ko‘rsatilgan.  To‘qimani  hosil  qilish  uchun 
shodalar  yordamida  tanda  iplarining  bir  qismi  ko‘tarilib,  ikkinchisi 
esa,  pastga  tushadi,  buning  natijasida  bo‘shliq  homuza  (zev)  hosil 
11-rasm. Picanol OMNplus 800 dastgohi


21
bo‘ladi, bu bo‘shliqqa moki 8 yoki boshqa usul bilan arqoq ipi tash-
lanadi. Tashlangan arqoq ipining tebranma harakat qilayotgan batan 
15  da  o‘rnatilgan  tig‘i  to‘qima  qirg‘og‘iga  surib  kelib,  siqib  qo‘yadi. 
Buning natijasida to‘qimaning bir elementi hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan 
to‘qima  yo‘naltiruv  (grudnisa)  12  ni  egib,  tortuvchi  val  13  orqali, 
yo‘naltiruvchi valiklardan o‘tib, to‘qima o‘raladigan val 14 ga o‘raladi.
To‘quv  dastgohi  quyidagi  mexanizmlar  va  qismlardan  tuzilgan 
bo‘ladi:
To‘qima hosil qilishda qatnashuvchi asosiy mexanizmlar:
1. Tanda iplarini vertikal tekislikda harakatga keltirib, ko‘tarilgan 
va  pastga  tushirilgan  iplar  orasida  bo‘shliq  –  homuza  hosil  qiluvchi 
mexanizm.
2.  Hosil  bo‘lgan  homuzaga  moki  yoki  boshqa  usulda  arqoq 
tashlovchi mexanizm.
3.  Tashlangan  arqoq  ipini  tig‘  yordamida  gazlama  qirg‘og‘iga 
jipslovchi (siqib qo‘yuvchi) – batan mexanizmi.
4.  Hosil  bo‘lgan  to‘qimani  tortib  olib,  maxsus  valga  o‘rovchi  – 
mato rostlagichi.
5. Tanda ipini to‘qima hosil bo‘lish zonasiga ma’lum taranglikda 
uzatuvchi – tanda tormozlari yoki tanda rostlagichlari.
12-rasm. To‘quv dastgohining 
texnologik chizmasi


22
To‘quv jarayonidagi to‘qimalarda nuqsonlar bo‘lmasligini na zo rat 
qiluvchi avtomatik moslamalar:
1.  Tanda  kuzatuvchi  –  to‘quv  dastgohida  yakka  tanda  ipi  uzil-
ganda, avtomatik ravishda to‘xtatib, to‘qimada «tanda yetishmaslik» 
nuqsoni bo‘lmasligi oldini oladi.
2.  Arqoq  nazoratchilar  –  to‘quv  dastgohida  arqoq  ipi  uzilganda 
to‘xtatib,  to‘qimada  «arqoq  yetishmaslik»  nuqsoni  bo‘lishiga  yo‘l 
qo‘ymaydi.
3.  Moki  yoki  arqoq  tashlagichlar  homuzada  to‘xtab  qolsa,  dast-
gohni to‘xtatuvchi qurilmalar.
To‘quv  dastgohining  hamma  mexanizm  va  qismlari  elektr  yurit-
madan harakatga keladi.
Dastgoh  to‘quv  jarayonini  to‘g‘ri  boshlash  uchun  u  ishlay 
boshlaganda,  bosh  vali  tez  harakatga  kelishi  lozim.  Buning  uchun, 
harakat  elektromotordan  dastgoh  bosh  vali  tez  harakatga  kelishi 
lozim.  Shu  maqsadda  harakat  elektromotordan  dastgoh  bosh  valiga 
maxsus friksion uzatmalar yordamida beriladi.
To‘quv dastgohi to‘xtaganda uning bosh vali tez va ma’lum holatda 
to‘xtashi  kerak,  buni  ta’minlash  uchun  dastgoh  bosh  valiga  maxsus 
tormozlar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Avtomatik  ravishda  yoki  to‘quvchi  dastgohni  to‘xtatishi  yoki 
harakatga  keltirishi  uchun  (dastgoh)  qo‘yuvchi  –  to‘xtatuvchi  me-
xanizm bilan ta’minlangan.
Gazlamaning  tashqi  ko‘rinishi,  xossalari  va  nimaga  ishlatilishi, 
uning  tuzilishi  hamda  fizik-mexanik  xususiyatiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
To‘qimaning tuzilishiga: to‘qimani hosil qiladigan yigirilgan ip yoki 
iplar;  tanda  va  arqoq  zichligi;  o‘rilish  turi  va  dastgohni  taxt lash 
ko‘rsatkichlari ta’sir qiladi.
Haqiqiy  zichlik  to‘quv  dastgohidan  olingan  to‘qimadagi  10  sm 
uzunlikka  to‘g‘ri  keladigan  iplar  soni,  ularning  qiymati  to‘qimani 
taxt lash  ko‘rsatkichlarida  keltirilgan  yoki  me’yoriy  hujjatlarda  aks 
etgan bo‘ladi.
Maksimal  geometrik  bo‘yicha  zichlik  deb  iplarning  diametrik 
oraliq orqali topilgan miqdoriga aytiladi.


23
Rm =  T / d.
Bu yerda: d – ip diametri.
Chegaralangan  zichlik  nafaqat  ip  diametrlari,  ular  orasidagi 
masofaga ham bog‘liq: 
R
CH
 =  T / (d + a).
Bu yerda: a – iplar orasidagi masofa.
To‘qima  zichligi  (haqiqiy  chegaralangan)  matoni  zichlanish  da-
rajasi  to‘g‘risida  to‘liq  tasavvur  bermagan,  chunki  to‘qimani  tolali 
materiallar  bilan  zichlanganlik  darajasi  faqat  iplar  soni  bilan  aniq-
lashdan  tashqari,  boshqa  ko‘rsatkichlarga  ham  bog‘liq  va  ularga 
alohida to‘xtalinadi.
To‘qimaning tuzilishini aniqlovchi omillardan yana biri – to‘quv 
dastgohida  tanda  va  arqoq  iplari  tarangligi,  to‘qimani  taxtlash  va 
ishlab  chiqarish  shart-sharoitlari.  Taranglikning  oshishi  bilan  iplar-
ning to‘qimada egilish miqdori kamayadi.
Iplarning tarangligi o‘zgarishi, shuningdek, to‘qimani tanda va ar-
qoq  bo‘yicha  zichliklarining  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi,  bu  esa,  o‘z 
navbatida, iplarning egilish darajasini o‘zgartiradi.
To‘quv  dastgohida  tanda  iplari  tarangligini  o‘zgartirish  uchun 
uni  taxtlash  miqdori,  homuzani  o‘rtahol  miqdori  va  homuzaning 
balandligini o‘zgartirish bilan erishiladi.
To‘qimaning tuzilishini aniqlovchi omillarning umumlash tirilgan 
ko‘rsatkichi tanda va arqoq iplarini to‘quvchilikda qisqarish miqdori 
bilan ham ifodalanadi.
To‘qima  hosil  bo‘lish  jarayonida  iplarning  egilishi  natijasida 
to‘qimaga sarf bo‘lgan ip uzunligi hosil bo‘lgan to‘qima o‘lcha midan 
katta bo‘ladi.
Bu  miqdorni  foizdagi  ifodasi  iplarni  to‘quvchilikdagi  qisqarishi 
deyiladi va u quyidagicha aniqlanishi mumkin.
.


24
Bu yerda: a
T
 – tanda iplarni to‘quv jarayonida qisqarish miq dori, %. 
l
T
 – to‘qimaga sarf bo‘lgan tanda iplarining uzunligi, sm.
l
Tq 
– hosil bo‘lgan to‘qimaning uzunligi, sm.
To‘quv jarayonida arqoq iplarining qisqarish miqdori (a
A
)
.
Bu yerda: l
A 
– to‘qimaga sarf bo‘lgan arqoq ipining uzunligi, sm.
B
X
 – xom to‘qima eni, sm.
Tanda  va  arqoq  iplarining  to‘quvchilikda  qisqarish  miqdori, 
nafaqat,  to‘qimaning  tuzilishiga,  unga  sarf  bo‘lgan  xomashyo  miq-
doriga ham ta’sir etadi. Iplarning to‘quvchilikda qisqarish miqdori ni 
aniqlashda bir nechta amaliy usullar mavjud:
– to‘qima namunasidan chiqarib olingan ip uzunligi bilan namuna 
o‘lchamlari farqini foizda topish;
–  to‘qima  ishlab  chiqarishda  tanda  ipini  ohorlashda  belgilab, 
undan hosil bo‘lgan to‘qima uzunliklari farqini topish; 
– to‘qimani tig‘ bo‘yicha enidan xom to‘qimaning enini ayirish va 
boshqa usullar.
Yangi  loyihalangan  to‘qimada  iplarning  qisqarish  miqdorini 
analitik aniqlash to‘qima tuzilishining nazariyasida ko‘riladi. 
To‘qimalarning  tashqi  ko‘rinishi,  jilolanishi,  ekspluatatsiya  qilish 
jarayonida  mustahkamligi  uning  ichki  va  tashqi  tuzilishiga  bog‘-
liq dir.  Chunki  bir  xil  og‘irlikka  ega  bo‘lgan  xomashyodan  turli  xil 
tuzilishdagi,  jozibaga  ega  bo‘lgan  rang-barang  gazlamalar,  o‘rilish-
larini  o‘zgartish  va  aralashtirish  hisobiga  ularni  ishlab  chi qarish 
mumkin.
To‘qima dеb, tanda va arqoq iplari sistеmasidan tashkil topib, biri 
bo‘ylamasiga,  ikkinchisi  ko‘ndalangiga  joylashgan  iplarning  o‘zaro 
o‘rilishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
Tanda ipi dеb, bo‘ylamasiga (vеrtikal) joylashgan iplarga aytiladi. 
Arqoq ipi dеb, ko‘ndalangiga (gorizontal) joylashgan iplarga aytiladi. 


25

Download 10,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish