Qah-qah qilib qarchig‘ay parvoz qiladi, u boshini qutarib (mag‘rur) uchib, yana
boshini egib kelayotir. Boshingni pastga tushurdingmi, mag‘rur (itoatsiz) bo‘lma.
Tumshuq qonga botganidan keyin tan berganing ma’qul. Sen dunyo o‘laksasining
asirisan. Shu bois ham uqbo (oxirat)dan mahrum bo‘lib qolgansan? Dunyodan ham,
uqbodan ham kech, keyin kuloh (toj)ni boshingdan olib qaragin. Agar ikki olam ilinjidan
kechsang, sening joying Iskandar qo‘li bo‘lardi.
OLTIN QANOTLI QUSHGA XITOB
Ey, oltin qanotli qushim, xush kelibsan, marhabo. Ishga qizg‘in kirishib, olovday bo‘lib
yashna. Oldingga nima kelsa issig‘ing bilan yondir, jon ko‘zini maxluqot olamidan bir
yo‘la yumgil. Agar nimaki oldingga kelsa, kuydirsang, Haq taolo nuri shuncha senga
ko‘proq yog‘iladi. Ko‘ngling Haq asroridan voqif bo‘lgach o‘zingni ham Haq ishidan voqif
et. Haq ishida yetuk qushga aylansang, unda sen qolmassan, balki (Haqqa aylanib) Haq
qolur, vassalom.