www.ziyouz.com кутубхонаси
168
IZOH VA SHARHLAR
Namrud buyrug‘i bilan hazrat Ibrohimning gulxanga otilishi, Alloh farmoni bilan
gulxan gulshanga aylanishi voqeasiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)
Hazrat Muso qavmlari bilan Misrdan qochayotganida Alloh farmoni bilan dengiz
vaqtincha ikkiga bo‘linib, yo‘l ochilishiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)
Fir’avn Namrud Allohga qarshi urush ochganida, Alloh-ning bir nimjon pashshasi
uning miyasiga kirib, azoblaydi. Fir’avn boshiga gurzi bilan urishni buyuradi. («Qur’oni
karim»dan.)
Makka mushriklari quvlab kelayotganida Muhammad s.a.v bilan hazrat Abubakr
g‘orga yashirinadilar. Shu payt Alloh farmoni bilan bir o‘rgumchak g‘or og‘zini o‘z to‘ri
bilan berkitadi. Mushriklar qaytib ketadilar. («Qur’oni karim», Ankabut surasi.)
Sulaymon payg‘ambar lashkari bilan borayotganida chumolilarni bosib ketmaslik
uchun to‘xtashi va chumolilar rahbari bilan suhbatda uning akdiga qoyil qolishiga ishora.
(«Qur’oni karim», Nahl surasi.)
Hazrat Iso a.s. vafot etgach, samoga ko‘tarilayotganida kafanidagi bir to‘g‘nog‘ich
uning parvoziga to‘sqinlik qiladi. (Qur’on, Injil va Hadisdan).
Quyoshning qizarib botishiga ishora.
Najmiddin Kubro nazar qilgan itning aziz bo‘lganiga ishora bo‘lsa kerak - tarj.
Bag‘dod xalifalari — abbosiylarga ishora (Mansur, Xorun ar-Rashid, al-Ma’mun va b.)
Muso a.s. fir’avn sehrgarlari bilan bahslashgan vaqtida uning asosi ajdahoga aylanib,
sehrgarlarning ilonlarini mag‘lubiyatga uchratadi. («Tavrot» va «Qur’on»dan.)
Nuh payg‘ambar duosi bilan Alloh to‘fon yuborganida osmondan, yerdan va hatto
tandirdan suv yopirilib kelganiga ishora. («Qisas ul-anbiyo»dan).
Solih payg‘ambarning mo‘‘jizalaridan, Tog‘u tosh ichidan tuya chiqib, bir vaqtda teva
tug‘ib, sut bergan. («Qur’oni karim».)
«Naba» («Xabar») surasida Yer, Osmon, tog‘lar, Quyosh, Oy, Kecha, Kunduz sifatlari
aytvdganiga ishora. («Qur’oni karim».)
«Havo... hech narsa ustidan turmaydi» - bu so‘zlar moddiy olam, Yer yuzidagi hayot
o‘tkinchi, omonat degan ma’nolarni bildiradi.
Odamlar esa ko‘rinmasdirlar — olam kattaligi shu qadar cheksiz va Alloh shu qadar
ulug‘, qudratliki, bularga nisbatan odamlar shu qadar ojizki, ularni yo‘q desa ham
bo‘laveradi.
Rim shoiri Lukretsiy Kar ham «Narsalar tabiati» asarida olam ulug‘vorligi oldida
odamlar, urishayotgan jangchilar ko‘rinmasdir», deydi.
«... Ammo u sening nishoning emas», odamlar akli shu qadar cheklangan-ki,
Allohning buyukligini bilsa ham, bu bilimi shu qadar kamki, go‘yo Ul zotdan zarra
nishona topmagan bilan tengdir. Hatto, falak shuncha ko‘zlari -yulduzlari bo‘lsa ham
Allohning ulug‘vorligini ko‘rishdan ojizdir. Yulduzlardan behad kichik bo‘lgan inson esa
Allohning naqadar ulug‘ligini tasavvur ham qilolmaydi. Bu so‘zlarni Fariduddin Attor
ilohiy ilhom holatida aytgan.
«... aqldan emas». Fariduddin Attor fikricha, Haqtaoloni va ruhiy olamdagi go‘zallik va
buyuklikni akl bilan anglab bo‘lmaydi, uni dil bilan, musaffo qalb bilan anglash mumkin.
Payg‘ambarlarga, shaksiz, ilohiy olam sirlari-dan ayrimlarini anglab, kelajakni
bashorat qilish zakovati, qobiliyati berilgan, lekin barchasini (kullni) Allohdan o‘zga hech
kim bilmaydi.
«Lo»dan boshqa hech narsa topmadi...» Inson to‘lib-toshgan hayot daryosining
ustida «mavjlangani» bilan maqtanadi, lekin hayotning asl durru javohirlari mavjda
emas, daryo tubidadir.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |