Bir kampir Abu Ali ibn Sino oldiga borib, unga qimmatli sovg‘a berib, buni mendan
tuhfa sifatida qabul qil, dedi. Ibn Sino tuhfani olmay, men Allohdan o‘zgadan hech narsa
olmaslikka ahd qilganman, dedi. Kampir darhol javob berib, dedi:
— Ey Abu Ali, ahval (ko‘ziga narsalar ikkita bo‘lib ko‘rinadigan odam) kishilarday birni
ikki ko‘rish odati senda qachon paydo bo‘ldi? Agar sen darvesh ko‘zi bilan qarasang, bu
yerda g‘ayr (Haqdan o‘zga) yo‘q, zotan bilsang, Ka’ba bilan dayr (nasroniylar
ibodatxonasi) orasida farq -ziddiyat yo‘q. Sen bu yo‘lda qatiy ahd qilib, ishq olovida
toblanib, erib hal bo‘lgan mardlardan emassan, shu bois ahvallarday ko‘zingga g‘ayr
ko‘rinaveradi.
Aslida solik mard dil chegarasi haddiga yetsa, Haq yo‘lidan yurib, shu manzilga yetib
kelsa, Haqdan oshkora so‘z eshitadi va vujudi ham shu manzilda mustahkam turib