www.ziyouz.com кутубхонаси
136
QIRQ IKKINCHI MAQOLA
BESHINCHI MANZIL - TAVHID VODIYSI BAYONIDA
Shundan so‘ng Tavhid vodiysi keladi, bu tajrid (rivojla-nish) va tafarrud
(yolg‘izlanish) manzilidir. Bu cho‘l-biyobonda barcha sirlar bir yoqadan bosh chiqarib,
yuzlarini ravshan ko‘rsatadi.
Hayotda ko‘p narsalarni ko‘rsang ham, oz narsani ko‘rsang ham Tavhid yo‘lida
barchasi bir narsa ekanini ko‘rasan. Yaratguvchi bir bo‘lgach, olamlar ham bir, ularning
ichidagi narsalar ham hamisha birdir. Olamda bir narsa bo‘lmay, ko‘p narsalar bo‘lsa
ham senga faqat bir narsa nasib etadi (bu — yo‘qliqdir). Agar azal va abad o‘rtasida har
qancha yo‘l yursang (har qancha yashasang) ham hadni — chegarani va adadni
bilmaysan. Azal ham, abad ham jovidon, mangu bor, ular orasidagi narsalardan
qachonlardir hech narsa qolmaydi. Hech narsa emas deganimiz hamma narsalardir va
hamma narsalar deganimiz hech narsa emasdir. Azaliy mavjud zotdan boshqa hamma
narsalar hech narsa emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |