Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
15
hammaning iymoni. Me’roj egasi va koinot boshlig‘i (sadri), Haqning soyasi, zot
oftobining xojasi. Bu dunyo va ul dunyoning peshvosi, oshkoro va yashirin (narsalar)
imomi. Anbiyoning eng ulugi va eng yaxshisi, soflar va valiylarning rahnamosi. Islom
maqdysi va tariqat hadisi (yo‘lboshchisi), g‘aybning muftisi, juzv va kullning (yakkalik va
umumiylikning) imomi.
Nimaiki aytsam, barchasidan ulug‘roqxoja, u hamma narsada
hammadan oldindadir. Haqtaolo uni Arasot (qiyomat) xojasi deb aytdi.
Ikkala olam vujudidan nom topdi. Arsh ham uning nomi bilan orom oldi (tinchidi).
Olam xalqi xuddi saxovat dengizidan paydo bo‘lgan shabnamlar kabi u tufayli
yaratildilar. Haq taolo ul pokiza nurni o‘z huzurida ko‘rgach, uning nuridan yuz nur
dengizini yaratdi, mavjudotlar yaratilishidan maqsad uning nuri edi. Barcha ma’lum va
mavjud narsalar uning asli (ildizi) edi. Haq taolo o‘zi uchun Ul pok jonni, uning uchun
esa jahonni yaratdi. Yaratilishdan
maqsad faqat udir, undan pokroq zot mavjud emas.
G’aybning qo‘ynidan avval paydo bo‘lgan narsa hech shubhasiz uning pok nuridir. Ul oliy
nur bayroq tikkandan keyin Arshu Kursi va Lavhu Qalam ishga tushdi. Pok nuridan bir
yalov - olamdir, yana bir yalov — zarralar (jismlar) bilan Odamdir. Bu muazzam nur
oshkora bo‘lgach, u Ulug‘ Alloh huzurida sajdaga bosh qo‘ydi. Ming-ming yillar sajdada
edi, shuncha davr ruku’da turgan edi. Yillar davomida qiyomga mashg‘ul edi, tamomi
umr shahodat kalimasini qaytarardi. Bu sirlar
daryosining namozi nuridan, jumla
ummatga namoz farz bo‘ldi. Haq taolo ul nurni Quyosh va Oyday o‘z yonida uzoq
saqlardi.
Keyin Haqiqat daryosiga birdan ul nurni zohir etib, yo‘lladi. Ul nur sirlar dengizi yuzini
ko‘rgach, unda izzat (ulug‘vorlik) va noz (ehtiyojsizlik)dan mavjlanish (jo‘shqinlik) paydo
bo‘ldi. U talab bilan o‘z-o‘zining atrofida yetti marta aylandi
va shu tufayli yetti osmon
pargori (tsirkuli) paydo bo‘ldi. Haq taolo tomonidan unga har nazar tushganda, bir
yulduz paydo bo‘ldi. Keyin ul pok nur orom oldi — oliy Arshga aylanib, Kursi deb ataldi.
Arshu Kursi zotining aksini tiladilar (topdilar), farishtalar sifatlarini tiladilar (topdilar).
Nafaslaridan (ruhlaridan) nurlar yuzaga keldi, fikrga to‘liq dilidan sirlar oshkora bo‘ldi.
«Ruhning siri Haq Amri olamidandir, bilgin. Bas, ey ruh, nafas bilan odam ichiga kir!» —
degan sado yangradi. Ul ruhlar (nafaslar) va sirlar yig‘ilgach, shu sababdin ko‘plab nur
jam’ bo‘ldi. Ummatlar ham uning nuri tufayli yig‘ildilar, ul jamoa (ummatlar) kull
(payg‘ambar) tomon beixtiyor intildilar. Odamlarning Alloh tomon jamlanishi, bir
e’tiqodga kelishi uchun u qiyomatgacha mab’us (atrofiga ergashuvchilarni yig‘adigan)
bo‘ldi. Da’vat bilan
shaytonni islomga chaqirgach, shayton ham musulmon bo‘ldi*.
Parvardigor izni bilan jinlarni jinlar kechasida oshkora da’vat etdi. Qudsiy malaklarni
ham rasul bilan o‘tkazdi. Hammasini bir kechada da’vat qilib yig‘di. U hayvonlarni da’vat
qilishga kirishdi. Guvohlari echki bolasi bilan echkiemar edi. Butun olam butlarini ham
da’vat qildi va hammalari uning oyog‘i ostiga yiqildilar. Ul pok zot jamiki zarralarni
da’vat qildi.
Hech bir anbiyo bu izzat va yuksalishni ko‘rmadi - biror-bir ummat uning da’vatidan
bosh tortmadi. Uning nuri mavjudotning asli - mohiyati edi. Uning zoti har bir zotning
matla’i edi. Ikki jahon da’vati unga vojib (zarurat) bo‘ldi, oshkora va yashirin zarralar
da’vati ham. Juz’ va kull uning ummati bo‘ldilar — uning
himmati xirmonidan don
teradigan bo‘ldilar. Mahshar kuni amalsizlar uning shafoatiga muhtoj va intizordirlar.
Hamma ishda u ustoz edi. U hech qachon dunyolikdan hech narsaga qiziqmagan,
narsa uchun yig‘lamas edi ham. Barcha mavjudot uning e’tiboridadir, barcha maqsadlar
uning roziligi ostidadir. Har joyda olamning siri udir, har bir dilxasta qalbiga malham
ham u. Uning xosiyati shu darajada ulug‘vorki, bunday ulug‘vorlikni biror kimsa tushida
ham ko‘rolmaydi. O’zini kull (umumiy) ko‘rdi va kullni o‘zi
deb bildi, orqadagini ham,
oldinni ham ko‘ra bildi*.