Abu nasr forobiyning komil inson haqidagi qarashlari



Download 188,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.10.2022
Hajmi188,03 Kb.
#851510
  1   2
Bog'liq
abu nasr forobiyning komil inson haqidagi qarashlari



ABU NASR FOROBIYNING KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI 
Risqulova Feruza - 
ToshDShI 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA 
Bu maqolada Komil inson konsepsiyasi va Abu Nasr Forobiyning komil inson 
haqidagi qarashlari va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. U 
o‟zining ijtimoiy, falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlarining markaziga inson va 
uning axloqiy kamolotini, maqsad-muddaolarini o‟rganishni va baxt-saodatga 
yetishuv bosqichlarini ko‟rsatishni qo‟yadi. Forobiy ilm-fanni va aqlni baxt-
saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi. 
АННОТАЦИЯ 
В данной статье рассматривается понятие человеческой концепции и 
взгляды Абу Насра Фараби об идеальном человеке на сегодняшний день. 
Также показаны его социальные, философские, политические и нравственные 
взгляды, что в центре всего человек и его нравственное совершенство, целью 
является чтобы человек научился достигать счастья. Фараби считал, что 
основным средством достижение счастья это понимание науки.
ANNOTATION 
This article discusses the concept of human and Abu Nasr Farabi about person 
and about the importance of today's discussion. His social, philosophical, political 
and moral position of the center of the person and his moral perfection, the goal is 
to learn and to achieve happiness is to show the growing stages. Farabi and 
understanding of science has been the primary means of achieving happiness. 
 


Asrlar davomida xalqlar, dinlarda hikoya, ertak, xalq o‟gzaki ijodlarida, 
qadriyatlarda, urf-odatlarlarda, kitoblarda komil inson g‟oyalarini ko‟rishimiz 
mumkin. Abu Nasr Forobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy 
va boshqa buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida, milliy tarbiyamizda komil inson 
konsepsiyasi bosh g„oya bo„lib kelgan desak adashmaymiz. Shulardan Sharq 
uyg‟onish davri buyuk namoyondalaridan biri bo‟lgan Abu Nasr Forobiyning ilmiy 
merosini akademik M.M.Xayrullayev tomonlaridan chuqur va har tomonlama 
o‟rganganlar. Bu maqolada Komil inson konsepsiyasi va Abu Nasr Forobiyning 
komil inson haqidagi qarashlari va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr 
yuritmoqchimiz. Bu borada mamlakatimizda inson manfaatlarini muhofaza 
qilishga qaratilgan bir qancha islohatlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri ta‟lim 
va tarbiyani uzviy bog‟langan holda olib borilayotgan islohatlar “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” va “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun” ga asoslanib, bunda 
insonni har tomonlama barkamol – yetuk avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan 
masalalar davlat siyosati darajasi kabi chuqur islohatlarni o‟zida mujassam etuvchi, 
uzoqqa mo‟ljallangan bosqichma-bosqich kompleks yondashuvni ko‟zda tutadi. 
Komil inson darajasiga yetmoqlik uchun inson o‟z so‟zi, bajarayotgan amaliy 
ishlari, ko‟nglidagi niyati va orzusi bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, haq 
yo‟ldan borib, yomonlarni to‟g‟ri yo‟lga boshlasa ana shu inson komil shaxs 
nomiga davogar bo‟ladi. Komillikning oliy timsoli sifatida imon-e‟tiqodlilik, halol 
va poklilkdir. Mamlakatimizning kelajagi buyukligi ham har bir fuqarolarning 
komillik sari intilib yashamog‟iga bog‟liqdir. Ayniqsa, hozirgi tahlikali davr 
sharoitida har bir insonda onglilik, halollik, poklik, ogohlik, iymonli bo‟lishlik, 
vijdonli va diyonatlilik bo‟lish zarurligini hammamiz yaxshi anglamog‟miz kerak. 
Mustaqil O‟zbekistonning birinchi prezidenti tomonidan mana shuning uchun ham 
ma‟naviy barkamol inson tarbiyasiga juda katta ahamiyat berilib, yoshlarni 
Vatanini, xalqini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalashga katta e‟tibor berib, 
komil inson shaxsiga shunday ta‟rif berganlar: “Komil inson deganda, biz avvalo, 
onggi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, hulq atvori bilan o‟zgalarga ibrat 
bo‟ladigan bilimli, ma‟rifatli kishilarni tushunamiz”, deb yozadi Islom Karimov.


Komillik darajasiga yetmoqlik avvalo inson tarbiyasiga ma‟suliyatli 
yondashilagan murakkab jarayon bo‟lib, bunda uning biror sohasini ko‟zdan 
qochirish mumkin emas. Komil inson darajasi – aql-idrokning yetukligi, axloqiy 
mukammallik, nafs tarbiyasi, yuksk estetik did-farosat, ma‟naviy va jismoniy 
barkamollik ko‟rinishlarga egadir. Shaxsni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash 
ajdodlarimizning bebaho meroslarida, shuningdek tasavvuf ta‟limotida ham bu 
masalaga e‟tibor qaratib, Aziziddin Nasafiyni misol tariqasida aytishimiz mumkin. 
U “Komil inson bo‟lish uchun to‟rt sifat kamolotga yetgan bo‟lishi kerakligini: 
ezgu so‟z, ezgu fe‟l, ezgu axloq va maorif”[1], deb ta‟kidlagan edi. Buyuk 
mutafakkirlarimmizdan yana biri Abu Rayxon Beruniyning, pokiza hulq-atvor, 
go‟zal axloq-odob, xalollik-ma‟rifat komillik manbalari deb qaragan. O‟rta asr 
faylasuflaridan yana biri Abu Ali ibn Sino insonning komilligi ma‟naviy kamolot 
va go‟zallikka intilishida deb biladi. Xatto, islom dinimiznimizning muqaddas 
kitobi Qur‟oni Karimda “Alloh go‟zal, u g‟ozallikni sevadi”[2, 62] – deb bejizga 
aytilmagan. 
Yapon yoshlarida ta‟lim muassasalari uchun chiqarilgan “Ideal yaponning 
fazilatlari” deb nomlangan hujjatga ko„ra yapon yoshlarida 16 ta fazilatlar 
shakllantiriladi. Bu 16 fazilatlar 4 guruhga bo„linar ekan. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: 
erkinlik, o„ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo„lish, o„z hohishlarini idora qila 
olish, piyetet(ehtirom) tuyg„usiga egalik; 2) oila boshlig„iga xos sifatlar: o„z uyini 
mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: 
o„z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo„shish, ijodkorlik, milliy 
(ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: vatanga sodiq bo„lish, 
davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi 
bo„lishni o„rgatilar ekan. 
Komil inson haqida gap ketar ekan, bu borada o‟zlarining bebaho qarashlari 
va g‟oyalarini ilgari surgan Abu Nasr 
Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy, siyosiy va 
axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Mutafakkir yunon falsafasini chuqur 
o‟rgangani, unga sharxlar yozgani va olamga targ‟ib qigani hamda zamonasining 
bilimlarini o‟zlashtirib, ilm-fan rivojiga hissa qo‟shgani uchun “al Muallim 


assoniy” (“Ikkinchi muallim”, Arestoteldan keyin) va “Sharq Arastusi” degan 
nomlarga sazovor bo‟lgan. Allomaning “Baxtsaodatga erishuv haqida”, “Fozil 
shahar aholisining fikrlari”, “Baxtsaodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Buyuk 
kishilarning naqllari”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Fuqarolik siyosati” va boshqa 
asarlari insoniyat jamiyati paydo bo‟lishi va rivojlanishining muayyan tabiiy 
sabablari, uni boshqarish, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, axloq-odob, taʼlim-
tarbiya va komil inson kabi masalalariga bagʻishlangan.
Forobiy o'zining falsafiy qarashlarida insoniylikni ulug'laydi. “Fozil shaxar 
odamlari” nomli asarida u o‟zining “Har kimki ilmi hikmatni desa, uni yoshligidan 
boshlasin, makr va hiylalardan uzoq bo‟lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, dono 
kishilarni hurmat qilsin, ilm ahlidan molini ayamasin” degan fikri bilan yuksak 
ta‟lim va tarbiya komillikka yetaklovchi asosiy omillar ekanligini e‟tirof etadi. 
Forobiy insonnig shakllanishida ta‟lim-tarbiyaga katta e‟tibor berib, “Ta‟lim berish 
–o‟quvchiga o‟qish, o‟rganish asosida fan, nazariy bilim berishdir. Tarbiya berish 
esa yoshlarga ma‟lum hunar egallash uchun zarur bo‟lgan xulq normalarini va 
amaliy malakalarni o‟rgatishdir” [4, 262] va “Inson yaxshi tarbiya ko‟rmagan va 
turmushda tajriba orttirmagan bo‟lsa, u ko‟p narsalarni nazarga ilmaydiva ulardan 
jirkanadi” [5, 182], deb ta‟kidlaydi. Alloma Yaqin va O‟rta Sharq mamlakatlari 
orasida birinchilardan bo‟lib boshqa jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va 
vazifalari haqidagi ta‟limotni ishlab chiqdi. U o‟sha davr sharoitida jamiyatning 
tabiiy ravishda kelib chiqqanligi, inson hayot qiyinchiliklarini bir o‟zi, yakkalikda 
qarshi kurasha olmasligi, u o‟z extiyojlarini qondirishda insonlar jamoasiga 
muhtojligini asoslab berdi. “Har bir inson o‟z tabiati bilan shunday tuzilganki, u 
yashash va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‟p narsalarga muhtojlikni 
sezadi, u bir o‟zi bunday narsalarni qo‟lga kirita olmaydi, ularga ega bo‟lmoqlik 
uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‟iladi. Bunday jamoa a‟zolarining faoliyati 
umumiy holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur 
bo‟lgan ehtiyojlarni, narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar 
ko‟payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‟rnashadilar, shunday qilib 
insonlar jamoasi paydo bo‟ladi”. Forobiyning fozil jamoa haqidagi qarashlarida 


insonparvarlik g‟oyalari baxt-saodat va axloqiy kamolotga erishuv g‟oyalari bilan 
uzviy bog‟liqdir. U o‟zining ijtimoiy, falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlarining 
markaziga inson va uning axloqiy kamolotini, maqsad-muddaolarini o‟rganishni va 
baxt-saodatga yetishuv bosqichlarini ko‟rsatishni qo‟yadi. Alloma o‟zining 
qarashlarida axloqiy kamolotga shunday ta‟rif beradi: xayr-ehsonli ishlar va go‟zal 
insoniy fazilatlarni aytadi. Dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-
hunarsizlik kabi salbiy xislatlar – axloqiy kamolotga halaqit beruvchi deya 
ta‟riflaydi. Forobiy ilm-fanni va aqlni baxt-saodatga erishishning asosiy vositasi 
deb bildi. Bundan tashqari mutaffakir musiqani inson tarbiyasiga ta‟sir 
ko‟rastuvchi omil sifatida ko‟rsatadi. Forobiyning jamiyat va axloq haqida 
yaratgan yaxlit ta‟limoti ilk o‟rta asrlar va keying davrlarda Sharq mamlakatlarida 
keng yoyildi. O‟rta asr mutaffakirlari Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usabi‟a, Ibn Xallikon, 
Bayhakiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Hayyom, Beruniy, Ibn Ro‟shdiy, Ibn Xaldun 
kabilar Forobiyning asarlarini chuqur o‟rganib, uni yangi g‟oyalar bilan 
boyitganlar. Buyuk shoir va allomalardan Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, 
Jaloliddin Davaniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta‟limotidan 
bahramand bo‟lganlar. Mutafakkirning asarlari nafaqat Sharq mamlakatlari orasida 
balki G‟arbda ham keng yoyildi va ijtimoiy-falsafiy fikr rivojiga katta ta‟sir 
ko‟rsatdi. 

Download 188,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish