www.ziyouz.com кутубхонаси
11
izlama, yo‘q degan so‘zingni yo‘q qil. Nimani aytsang va neki bilsang — bu sensan,
o‘zingni tanisang, bundan-da yuz barobarsan.
Sen Uni U bilan tani, o‘zing bilan emas. Unga tomon yo‘l Undan boshlanadi, aqldan
emas*. Vasf etuvchilarga (hamma vaqt ham) Uning vasfi munosib emas, bu ish har bir
mard va nomard (nokas)ning ishi emas. Ajz (ojizlik, faqr) shuning uchun ma’rifat bilan
hamsafar bo‘ldiki, Uni sharhlash ham, sifatini ta’riflash ham mumkin emas. Xalqning bir
qismida U haqda xayol bor, xolos. Undan xabar berish maholdir. Agar g‘oyatda ko‘p,
yaxshi-yomon so‘z aytgan bo‘lsalar ham, nimaki U haqda desalar, o‘zlaridan (o‘zlariga
uxshatib) aytganlar.
U ilmdan yuqori, ayondan tashqaridir. O’zining qudsiyati (pokligida) nishonsizdir.
Uning nishonidan kishilar benishonliqdan boshka nishon topmadilar, jonni bag‘ishlashdan
o‘zga chora topmadilar. Hech kimning hushyorligu devonalikda Undan boshqa
(«illalaziy») nasibasi yo‘q. Ikki dunyoda zarra-zarra sening fahming (tushunchang) bor.
Nimaniki Alloh desang — u sening xayolingdir, xolos. U bor bo‘lgan joyga kishi joni borib
yetmaydi. Yuz minglab Tur (tog‘) jondan afzal, avlo, yaxshi, balanddir. Nimaiki aytishni
ep ko‘rsam, U undan baland (afzal)dir. Aql Uning savdosida (bilishi, tanishi) hayron
bo‘ldi. Jon nochorlikdan barmog‘ini tishladi. Jon nima? Uning ishida hayronu sarson
narsadir. Ko‘ngil esa jigarini yeb, qonga belangan.
Ey Haqshunos, bunaqa ko‘p qiyos qilma, zero, o‘xshashi yo‘q ish qiyossizdir.
Buyukligini (anglashda) aql bilan jon qaridi (nochor bo‘ldi), aql hayron, jon esa mot
bo‘ldi. Kullning kullidan birorta payg‘ambar ham biror juzv ogoh bo‘lmadilar*. Hammasi
ojiz bo‘lib, yuzlarini tuproqqa surtdilar. «Mo arafnoka» deb xitob qildilar, xolos («Mo
arafnoka nafsahu qad arafa Rabbahu» — «Kimki o‘zshi tanisa, o‘z Rabbini taniydi»
hadisiga ishora).
Men kim bo‘ldimki, Uni tanish va bilish lofini ursam, o‘zini U bilan birga deb bilgan
kishigina Uni taniydi. Chunki ikki olamda Undan o‘zga yo‘q, unda kim bilan bu savdo va
havas tahsinini pishiradi? U shunday daryodirki, gavharlari to‘lqin-to‘lqin, sen pastda
avjlanib buni bilmaysan(?). Kimki bu daryoning gavharini topmasa, «lo» (yo‘q) bo‘ldi va
«lo» (yo‘q) dan boshqa hech narsa topmadi*. Nimaiki, tavsif etilgan bo‘lsa, U emas.
Menga buni aytish osonmi, axir?
Ishoratga (to‘g‘ri) kelmagan narsani aytma, ibratga rost kelmasa, indama. U na
ishoratni qabul qiladi, na nishoni bor. Hech kimning U haqda na ilmi bor, na biror dalili
(Ya’ni, ilm Uni dalillashga ojizdir).
Sen (orada) bo‘lmagin — kamol aslida shudir, xolos.
Sen o‘zlikdan kam bo‘lgin - visol shudir, xolos.
Sen Unda yo‘qolib ket - hulullik (singib ketish) shundan iborat, bundan boshqasi
behuda ezmaliqdan boshqa narsa emas.
Birlikka (faqat Allohga) bor va ikkilikdan yiroq tur, bir dil, bir qibla va bir yuz bo‘lgin.
Ey ma’rifatsiz xalifazoda (Allohning yerdagi xalifasi Odam Atoning avlodi ma’nosida),
otang bilan ma’rifatda hamsifat bo‘l. Haq adam - yo‘qlikdan nimaiki vujudga keltirgan
bo‘lsa, hammalari Uning oldida sajdaga bordilar. Oxiri Odamni yaratish navbati
yetganda, uni qizg‘anib, yuz parda orqasiga olib bordi. Dedi: ey odam, saxovat dengizi
bo‘l, bular (farishtalar) senga sajda qiluvchilar, sen esa bularga masjud (sig‘inish
manbai)san.
Ular orasida biri Insonga sajda qilishdan bosh tortdi, masxara (badbashara) va mal’un
(la’natlangan) bo‘ldi va buning ma’nosini tushunmadi. Yuzi qaro bo‘lgach, Allohga nola
qidib, ey Ehtiyojsiz Alloh, meni hayf qilma va ishimni o‘nglagil. Haq taolo dedi: Ey
mal’un, Odam ham Allohning xalifasi, ham Podshodir. Bugun sen uning yuzida ko‘z
bo‘lgin, bundan keyin tong-la (ertaga) sipand (isiriq) yondirgil(?). Juzv va kull jonni
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |