Maqsad turlari
Maqsadni turkumlash
belgilari
Maqsadlar
1
Umumjamiyat
miqyosidagi muno-
sabatlami aks ettirishiga
qarab
• siyosiy maqsadlar
• iqtisodiy maqsadlar
• ijtimoiy maqsadlar
• ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
• xalqaro munosabatlar sohasida-
gi maqsadlar va boshqalar.
2
Boshqaruv darajalariga
qarab
• Hududiy maqsadlar:
- mamlakat maqsadlari
- viloyat maqsadlari
- tuman maqsadlari
- qishloq maqsadlari
- ishlab chiqarish maqsadlari
- xalq xo‘jaligi maqsadlari
- tarmoq (sektor) maqsadlari
- korxona (firma) maqsadlari
- yakka shaxs maqsadi
3
Amalga oshirish
muddatiga qarab
• joriy maqsadlar
4
Boshqaruvning amalga
oshirilishiga qarab
• istiqboldagi maqsadlar
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar
- fursatli maqsadlar
- bir martalik maqsadlar
13
5
Kutiladigan natijalarga
qarab
• pirovard maqsadlar
6
Murakkablik darajasiga
qarab
• oraliq maqsadlar
- oddiy, an’anaviy maqsadlar
- muammoli maqsadlar
- innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko‘rinib turibdiki, maqsadlar
o ‘zaro bogMiq bo‘lib, muayyan iyerarxiyaga, y a’ni yuqori va quyi
maqsadlarga boMinishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi
mumkin.
Maqsadlar joriy, istiqbol, uzluksiz, fursatli boMishi mumkin.
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat
tugMlishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun
kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun
o ‘rtaga qo‘yiladi.
Boshqarishga maqsadli yondashuv namoyandalari barcha
maqsadlami quyidagi to ‘rtta guruhga boMishadi:
• oddiy, an’anaviy maqsadlar;
• muammoli maqsadlar;
• innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar.
Menejmentning asosiy maqsadlari: bashoratlash, rejalashti
rish va biznesning k o ‘zlangan natijalariga erishish.
Menejerlarning vazifasi mavjud boMgan moddiy resurslar
asosida iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishni tashkil qilish, firmaning foydaliligini, ishlab
chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish orqali bozorda uning
barqaror mavqeini ta ’minlash, ilmiy-texnika bazasini rivojlantirish,
kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.
Buning uchun quyidagilar zarur:
• Texnologik qayta qurishva ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni
amalga oshirish, yuqori malakali ishlovchilardan foydalanishga
o ‘tish;
14
• Xodimlar ishini rag‘batlantirish;
• Firmaning samarali faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish,
barcha boMinmalar ishini muvofiqlashtirish;
• Yangi bozorlami doimiy izlash va o ‘zlashtirish.
Menejerlarga firmaning rivojlanish maqsadlarini aniqlash,
ustuvor vazifalarni, ulami am alga oshirish tartibini belgilash,
firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, qo‘yilgan
vazifalarni muddatida bajarish tadbirlari tizimini tayyorlash, zarur
boMgan resurslami va bo‘shliqni toMdirish manbalarini baholash,
belgilangan topshiriqlarni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish va
odamlarni samarali boshqarish kabi masalalami yechishga to ‘g ‘ri
keladi.
Bozorda samarali harakat qiladigan menejer jarayonining
hamma shakllari va bosqichlari birligini ta’minlaydi.
Menejment
uchun
um um iy
va
maxsus
m a q s a d la r
xarakterlidir. Umumiy (strategik) m a q sad lar butun firmaning
rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi. M axsus m a q sa d la r esa,
umumiy maqsadlar chegarasida firmaning asosiy faoliyat turlari
bo‘yicha tuziladi.
Tashkilotlar muvaffaqiyati avvaliga osonlikcha talqin etilishi
mumkin, lekin keyinchalik isbotsiz yoki xato boMib qolishi ham
mumkin.
B oshqaruv — bu tartibsiz ommani (olomonni) sam arali
maqsadga yo‘naltiri!gan va unumdor guruhga aylantiruvchi m axsus
faoliyat ko‘rinishi.
1.4. M enejm entning boshqa fa n la r bilan aloqadorligi
Boshqaruv tizimi va mehnat jamoalari, menejer va xodim lar
orasidagi murakkab о ‘zaro aloqalar majmui boshqaruv munosabatla-
rida o ‘ziga xos muammolar tug‘diradi. Zero, menejment, eng avvalo,
insonlami boshqaradi. Odamlarni ongli mehnatga qiziqtirish, tad-
birkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o ‘ziga ishonish, yangi
bilim va ko‘nikmalar egallashga chorlash insonlami boshqarish
demakdir.
15
Ijtimoiy hodisalaming mohiyatini toMiq tushunib etish, dialek-
tik uslubga asoslangan bilish uslublari menejmentni o ‘rganish uslu-
bidir. Menejmentga xos boshqa uslublar ham mavjud: hodisalarni
bilishga konkret tarixiy yondashish, aniq holatni ko‘zda tutuvchi
tizim li yondashuv, maqsadli yondashuv, tizimlar tahlili. Menejment
tadqiqotini eng samarali usuli sotsiologik tadqiqotlar o ‘tkazishdir.
Bundan tashqari, ekspertlar uslubi, me’yoriy uslub va shunga
o ‘xshash uslublar ham am alda qoMlaniladi.
Boshqarish jarayonlari, funksiyalari, boshqaruv tarkibiy
tizim larini tashkil etish, axborot va kommunikatsiya, ish yuritish
v a hujjatlashtirish, boshqaruvning texnik vositalari ham menejment
tarkibiga kiradi.
Menejment tarkibining muhim boMimlaridan biri asoslangan
boshqaruv qarorlarini bajarishni tashkil etish, boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlari, binobarin, EHMlarni joriy etishdir.
M enejment boshqaruv apparati xodimlari, ularning ishini tashkil
etish, rahbar va mutaxassis faoliyatini baholaydi, kerakli holatlarda
boshqaruvga o‘zgartirish kiritadi.
Inson o ‘z faoliyatida turli vazifalarni boshqaruvchi, o ‘ziga xos
predmet va mohiyatiga ega ko ‘plab fanlar bilan ish ko‘radi. Masa
lan, ishlab chiqarishni ijtimoiy fanlardan tashqari tabiiy va texnik
fanlar ham o ‘rganadi. M enejment boshqa fanlardan farqli ravishda
ishlab chiqarishni bir butun yaxlit holda ijtimoiy va aniq fanlar
oraiigMda tekshiradi va ishlab chiqarishga har tomonlama ta’sir etish
yoMlarini izlaydi. Menejmentning nazariy asoslari falsafa va bozor
iqtisodi qonunlaridir.
Menejment iqtisodiy nazariya bi lan uzviy bog‘ langan. M a’ lum-
ki, iqtisodiy nazariyaning predmeti sotsial-iqtisodiy munosabatlardir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan sari inson faolligi
ortaveradi. Shuning uchun boMsa kerak, menejment sotsiologiya va
ruhshunoslik (psixologiya) fanlari bilan ham bogMangan.
Menejment rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, mo
liya va kredit, mehnat iqtisodi, makro va mikro iqtisodiyot hamda
boshqa fanlar bilan ham uzviy bogMangan. Barcha iqtisodiy
16
fanlar erishgan yutuqlami bozor iqtisodiyotini boshqarishga joriy
etish menejmentning eng asosiy vazifalaridan biridir. Menejment
m a’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlari bilan ham o ‘zaro aloqada.
Huquqiy fanlar menejmentning huquqiy asoslarini aniqlab,
mansabdor shaxslar o ‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, tomonlar
o ‘rtasidagi o ‘zaro huquq va tartibotni belgilaydi.
Shunday qilib, menejment fan sifatida tarmoqlararo fan boMib,
u ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan chambarchas bogMiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |