O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Frankfurt  maktabi  —  XX  asrning  30-yillarida  Germaniyada, 
Franfurt-Mayndagi  sotsial  tadqiqotlar  instituti  negizida  vujudga  kelgan 
ijtimoiy-falsafiy  maktab.  U  fashizmga,  shuningdek,  texnokratik  ommaviy 
iste'mol jamiyatiga intellektual muholifatni tashkil etgan. 
Freyd  Zigmund  (1856-1939)  —  avstriyalik  nevropotolog,  psixiatr, 
psixolog.  Freydizm  va  psixoanaliz  asoschisi.  Tibbiyot  d-ri  (1881).  Vena 
fiziologiya  in-ti  (1876-82)da,  Parijdagi  klinikada  ishlagan  (1885-86).  Vena 
un-ti  prof.  (1902  y.dan).  1910  y.  psixoanalitik  assotsiatsiyaga  asos  solgan. 
Dastlabki  ishlari  miya  faoliyati  lokalizatsiyasi,  besh  miya  fiziologiyasi  va 
anatomiyasi,  bolalar  falaji  va  b.  masalalarga  bag‗ishlangan.  90-y.larning 


 
49 
boshidan  fransuz  maktabi  (SHarko,  Berixsiy)  ta‘sirida  asab  kasalliklari, 
ularni  psixoterapevtik  davolash  uslubi  va  psixologiya  asoslari  b-n 
shug‗ullandi.  1895  y.  asab  kasalliklarini  davolash  uslubini  ishlab  chiqdi.  F. 
psixikani moddiy sharoitlardan ajratib, mustaqil, ong doirasidan tashqaridagi 
holat deb hisobladi. Inson psixikasining yangi dinamik va energetik modelini 
ishlab  chiqishga  urindi.  Ushbu  model  o‗ziga  ikki  asosiy  qismni 
mujassamlashtiradi: 
ongsizlik-onglilikdan 
avval 
onglilik. 
F.ning 
tushuntirishicha,  inson  xatti-harakati  me‘yorlarini  va  patologiyasini  ilg‗ab 
olish  qiyin  bo‗lgan  motivlar  belgilaydi.  Uning  xatti-harakatidagi  xatoliklar, 
ongsizlikning  turli  motivlari  va  ichki  psixik  ziddiyatlar  natijasi  ekanligidan 
dalolat  beradi.  Evropa  psixologik  an‘analarida,  F.  qilgan  buyuk  inqilobiy 
burilishning  mohiyati  shundaki,  u  Dekartning  inson  to‗g‗risidagi 
tasavvurlarini  bartaraf  etib,  fenomonologik  yondashuvni  eliminatsiya  qilish 
yordamida,  ongsizlikni  tahlil  qilish  mumkinligini  asoslab  berdi.  Psixoanaliz 
an‘analariga  muvofiq,  ongsizlik  bilib  bo‗lmas  jarayon  deb  tushintiriladi. 
Lekin  empirizm  va  realizm  prinsiplariga  asoslanib  F.  o‗zining 
―reprezentiv‖ida,  ushbu  jarayonni  bilish  mumkin,  degan  xulosaga  keldi.  F. 
1905  y.da,  inson  intim  munosabatlarining  kam  rivojlanishi  va  seksual 
qoniqmaslik nevrozlar manbai ekanligi haqidagi g‗oyani isbotladi. 1907 y.da 
ongsizlikning klassik ta‘rifini bayon qildi. F.ning psixoanalitik fal.si: ―To tem 
tebu‖  (1913),  ―qoniqish  prinsipining  narigi  tomonida‖  (1920),  ―Omma 
psixologiyasi va ―Men‖ning insoniy tahlili‖ (1921), ―Men va u‖ (1923), ―Bir 
illyuziya  kelajagi‖  (1927),  ―Madaniyatdagi  qayg‗urish‖  (1929),  ―Muso  va 
monoteizm‖  (1939)  asarlarida  har  tomonlama  rivojlantirildi.  F.ning 
psixoanalitik  fal.si  inson  borlig‗ini  vujudga  keltirgan  asoslarni  aniqlashga 
harakat  qildi.  Ayniqsa,  inson  shaxsi  tarkibining  asosiy  komponentlari, 
elementlarini  aniqlab  berishga,  kishi  xulq-atvori,  xarakaterining  yuzaga 
kelishi  sabablari,  individ  turmush  tarzi  prinsiplarining  hosil  bo‗lishini 
tushuntirishga  intildi.  F.ning  ta‘kidlashicha,  inson  shaxsida  bo‗ladigan 
o‗zgarishlar  borliqning  o‗ziga  xos,  muhim  xususiyat  va  xossalarga  ega 
bo‗lgan  shaklidir.  F.ning  psixoanaliz  uslubiga  muvofiq,  inson  shaxsi  uchta 
asosiy komponentdan tashkil topadi. Id, Ego va Superego birlashib, bir butun 
inson  shaxsini  vujudga  keltiradi.  Inson  shaxsining  asosiy  komponentlaridan 
biri  Id-kishi  tug‗ilgan  paytda  mavjud  bo‗lgan  barcha  psixologik  holatlar, 
instinkt  (tug‗ma  his-tuyg‗ular)ning  yig‗indisi.  Shuning  uchun  ham  Id  inson 
shaxsi  tarkibidagi  markaziy  komponentdir.  Ushbu  komponent  inson 
tanasining  ichki  ehtiyojidan  kelib  chiqadi.  o‗z  navbatida,  xuddi  shu 
komponent  shaxs  tarkibidagi  b.  komponentlar:  Ego  va  Superegolarning 
faoliyat  ko‗rsatishi  uchun  ham  imkoniyat  yaratib  beradi.  Id,  o‗z  navbatida, 
shaxs  energiyasining  zaxirasidir.  Lekin  unda  hech  qanday  zamon  ta‘siri 
bo‗lmaydi,  zamonga  qarab  o‗zgaravermaydi.  Unda  hech  qanday  yaxshilik 


 
50 
ham, yomonlik ham, axloq ham yo‗q, qadriyatlarning ham ta‘siri sezilmaydi. 
Idning  mazmuniga  ongsizlik  hukmronlik  qiladi.  Chunki  Id  o‗zida  insondagi 
barcha  tug‗ma  ruhiy-psixologiya  holatlarni  birlashtiradi.  Uning  barcha 
psixologiya  holatlariga  o‗z  ta‘sirini  o‗tkazadi.  Inson  shaxsi  tarkibidagi  eng 
muhim  ikkinchi  komponent  Egodir.  F.ning  tushuntirishicha,  Ego  va  Idni 
birgalikda  qo‗shilib,  rivojlanib  borishi  natijasida  odam  bolasi  asta-sekin 
o‗zini  taniy  boshlaydi.  Ego  Iddagi  ba‘zi  xususiyatlar  va  xossalarning 
takrorlanib  turishi  uchun  ko‗mak  beradi,  uni  turli-tuman  xavf-xatarlardan 
himoya  qiladi  va  buning  uchun  zarur  bo‗lgan  kuch-quvvatni  Iddan  oladi. 
F.ning  fikriga  ko‗ra,  Ego  —  shaxsdagi  hissiy  tuyg‗ular  b-n  fikriy  xatti-
harakatlarni  o‗zaro  bog‗laydi.  Shaxsning  beixtiyor,  ongsiz  qiladigan  xatti-
harakatlarini  ham  jilovlab  turadi.  Chunki  bu  komponent  beixtiyorlik, 
ongsizlik sharoitida ham shaxs o‗zligini  saqlab  qolishi  uchun xizmat  qiladi. 
Ego dastlabki paytda Id tomonidan bunyod etiladi. Id Ego yordamida o‗zida 
mavjud  bo‗lgan  turli  noxushliklarni  kamaytiradi,  qoniqish  tuyg‗usini 
kuchaytiradi.  o‗z  navbatida  Ego  faoliyatini  nazorat  qilib  turishi,  uning 
rivojiga  yangi  turtki  berishi  darkor.  Shaxs  tarkibidagi  uchinchi  muhim 
komponent  —  Superegodir.  Superego  Ego  zaminida  vujudga  keladi.  Ushbu 
komponent shaxs faoliyati va fikr-mulohazasining hakami yoxud nazoratchisi 
vazifasini  bajaradi.  Shaxsdagi  barcha  axloqiy  me‘yorlar,  konstruksiyalar, 
xulq-atvor  talablari  ushbu  komponentda  mujassamlashadi  va  ma‘naviy  — 
axloqiy ta‘qiqlar qatlamini hosil qiladi. Superego uchta muhim funksiyalarni 
bajaradi:  vijdon,  o‗zini-o‗zi  kuzatish  va  turli  ideallarni  shakllantirish. 
Superegodagi  vijdon  shaxs  faoliyatini  jilovlab,  uning  kundalik  ehtiyojlari 
qanday qondirilayotganligini nazorat qilib boradi. Insondagi turli ideallar va 
orzu-umidlarning  qaror  topishi  ham  Superegoning  rivojlanish  darajasi  b-n 
bog‗liq.  Shuningdek,  Superego  shaxs  xulq-atvorini  uning  otasi  yoki 
onasining  xulq-atvori  b-n  bog‗laydi.  Shaxsning  xulq-atvorini  yangicha 
mazmun  b-n  boyitadi.  qadriyatlarni  ajdodlardan  avlodlarga  etkazadi.  F. 
shaxsning psixoanalitik konsepsiyasini yaratishda ulkan hissa qo‗shdi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish