24
―Namoz‖, ―Zakot‖, ―haj‖, ―Nikoh‖, ―Taloq‖, ―Savdo-sotiq kitobi‖,
―Ichimliklar‖, ―Vakolat kitobi‖, ―Hadyalar‖, ―Guvohliklar kitobi‖, ―Sulh
kitobi‖, ―Vasiyat kitobi‖, ―Dastlabki yaratish‖ (Olamning paydo bo‗lishi),
―Jihod‖, ―Maloikalar haqida‖ kabi 100 bobga bo‗lingan. har bobda mavzuga
doir hadisi shariflar ishonchli roviylar isnodi (manbai) b-n keltiriladi. ―Jome‘
as-sahih‖ shunday bir ulkan ma‘naviy xazinaki, unda keltirilgan sahih hadislar
qur‘oni karim oyatlaridan keyin o‗z zamonasida va keyinchalik ham eslom
shariati, kalom va fiqh ilmlarida shar‘iy hukmlarga asos bo‗lib xizmat qilgan.
―Jome‘ as-sahih‖ to‗plamidagi ba‘zi hadislar hozirgi tabiatshunoslik
ilmlarining ham asosini tashkil etganini ko‗ramiz. Mas. ―Suv haqidagi
hikmatlar‖ kitobida barcha o‗simliklar va jonzotlar suvdan paydo bo‗lgani
haqida qudsiy hadis keltirilgan. Vaqf mulklari, merosxo‗rlarning haqlari, ilm-
ma‘rifat o‗rganish barcha musulmon erkak va ayollarga farzligi haqidagi
hadisi shariflar hamda iuhim hayotiy muammolarda shariat hukmlari va
sozilarning fatvolariga manba bo‗lgan.
―Al-Adab al-Mufrad‖ asarida B. inson axloqi, odobi, ma‘naviy
kamolotiga doir hadislarni turli mavzular bo‗yicha tasnif qilgan va zarur
izohlarni bergan. Bu asarda 1322 ta hadis va xabarlar 644 bobda jam qilingan.
―Adab durdonalari‖ asarining ilk boblarida ota-ona oldida farzandlik
burchlari, ota-onani
rozi qilish, ularning haqini ado qilish, ota-ona amriga itoat
qilish, ota-ona mushrik bo‗lsa ham ularga yaxshilik qilish, ularning dilini
og‗ritmaslik, ota-ona duosi, qarindosh urug‗lariga mehr-shafqat, rahmdillik,
yosh bolalarga, ayollarga mehr-muruvvatli bo‗lish, bolalar va kattalar
arazlashib, urishib qolganida yarashtirib qo‗yish, imorat qurishda va boshqa
ishlarda kamtarlik bilan ish tutish, takabburlik va so‗kinishning yomonligi,
jabr-zulmning yomonligi, rostgo‗ylik va yolg‗onchilik, halol va harom, savob
va gunoh ishlar, molni tejash va ko‗paytirishning yaxshiligi kabi enson
ma‘naviy hayotiga doir muhim muammolar haqida hadisi shariflar asosida
fikr yuritiladi. Imom B. hayotida nodir asarlar yozish b-n birga juda ko‗p
ajoyib shogirdlar etishtirdi. Bular orasida Abu Iso at-Termiziy, Muslim ibn
Hajjoj kabi buyuk muhaddis va mufassir allomalar bor. U, Nishopurda at-
Termiziy b-n bir joyda yashab, besh yil davomida ilm va ijodda hamkorlik
qildi. Alloma keyinchalik Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‗ida
qarindoshlari huzurida yashaydi. Shu erda 62 yoshda vafot etadi. Imom
B.ning ―Jome‘ as-sahih‖ va b. asarlari ko‗p asrlar davomida va hozir ham
butun dunyodagi islom mamlakatlarida buyuk ehtirom b-n o‗rganilib,
aasturulamal xizmatini o‗tamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: