165
bo‗lib, u ijtimoiy tartibotni bir butun sifatida ko‗rilishi zaruriyatidan kelib
chiqadilar. Bu yo‗nalish F.Akvinskiyga borib taqaladi, uning asosiy vakili –
O.Shpann; 9) S i n f l a r n a z a r i ya s i ijtimoiy tabaqalanishni iqtisodiy
omillar belgilaydigan manfaatlar b-n tushuntiradi (qar.: Tarixiy materializm
).
o‗ r t a t a b a q a (s i n f ) n a z a r i ya l a r i ijtimoiy kuchlar (boylar-
kambag‗allar, mulkdorlar-mulksizlar) to‗qnashuvlari ijtimoiy ierarxiyadagi
o‗rta tabaqalarni yo‗qolishiga olib kelishi mumkinligini ta‘kidlashadi.
(V.G.Ril va b.). o‗rta sinfni saqlab qolish jamiyat barqarorligini saqlab qolish
demakdir; 10) F o r m a l yoki s o f sotsiologiya - sotsiologiyaning predmeti
va ob‘ektini shakl va mazmun nuqtai nazaridan talqin qilgan holda, uning
vazifalarini aniqlashdan kelib chiqadi. Sotsiologiya empirik fan bo‗lib, u
markazida o‗zaro ta‘sir etadigan ijtimoiy aloqalar shakllarini o‗rganadi.
(G.Zimmel va b.); 11) F e n o m e n o l o g i k yunalish - Gegelning ―Ruh
fenomenologiyasi‖ga borib taqaladi. Sotsiologiyadagi bu yo‗nalish fal.dan
kelib chiqqan, ayniqsa, Gusserl, Sheler va Xaydeggerlar tomonidan keng
ishlangan. Bu yo‗nalish mohiyatni mushohada qilishga, ijtimoiy hodisalar
mushohadasi materiallarini intuitiv bilish va mantiqlashtirishga harakat
qiladi; 12) I j t i m o i y – i q t i s o d i y yo‗nalish o‗z tadqiqotining predmeti
sifatida o‗zaro aloqador bo‗lgan xo‗jalik (iqtisodiyot) va jamiyatni oladi. Bu
yo‗nalish Veber, Zombart, Oppengeymerlar tomonidan ishlab chiqilgan; 13)
M a d a n i y – f a l -i y va m a d a n i y – s o s i o l o g i k yo‗nalish
(Vindelband,Rikkertlarning tabiat va madaniyat fanlarini ajratganliklarini
ko‗zda tutgan holda) tarixiy olamning tuzilishi to‗g‗risidagi ta‘limot
doirasida
sotsiologiyadagi ―madaniyat‖ tushunchasiga alohida o‗rin beradi; 14) I n d u
k t i v – a n a l i t i k yo‗nalish empirik-statistik metod orqali konkret
tajribada hosil bo‗ladigan materiallar b-n ish ko‗radi. U ayniqsa, AQSHda
rivojlangan.Uning shiori – ilgaridan tayyorlangan usullar (masalan, testlar,
anketalar) yordamida konkret ob‘ektlar amaliy ishlashdir. Olingan natijalar
sotsiogramma va sotsiografik shartli tasvirlarda aks ettiriladi. Bularning
hammasining asosiy maqsadi – amaliyotda qo‗llanilishdir. Xuquq,
madaniyat, san‘at, adabiyot, xo‗jalik va ishlab chiqarish, texnika, mehnat,
oila, moliya, pedagogik, bilim, din sotsiologiyasi va h.k. maxsus sotsiologiya
fanlari hisoblanadi. Sotsiologiya natijalarini amaliy tadbiq etishga qaratilgan
barcha urinishlar va ularga ijtimoiy-islohotchilik va ijtimoiy-siyosiy nuqtai
nazardan baho berishning umumiy atamasi a m a l i y sotsiologiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: