O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Sotsiometriya - (lot. societas - jamiyat, metreo - o‗lchayman) — kichik 
guruh  a‘zolari  o‗rtasidagi  bevosita  emotsional  munosabatlarni  o‗rganish  va 
ularning  darajasini  aniqlashda  qo‗llaniladigan  metod.  Unga  amerikalik 
sotsiolog  Djon  Moreno  asos  solgan.  Mazkur  metod  yordamida  muayyan 
guruh a‘zolarining o‗zaro munosabatini aniqlash uchun qaysi faoliyatda kim 
b-n birga qatnashishi so‗raladi. Olingan ma‘lumotlar matritsa, grafik, sxema, 
jadval  shaklida  ifodalanadi.  Ulardagi  miqdor  ko‗rsatkichlari  guruhdagi 
kishilarning  shaxslararo  munosabatlari  to‗g‗risida  tasavvur  hosil  qiladi.  Bu 
ma‘lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‗rinishini aks ettiradi, xolos. 
Shuning  uchun  hozirgi  davrda  Ya.L.Kolominskiy  va  I.P.Volkov  tomonidan 
S.ning  modifikatsiyalari  ishlab  chiqilgan.  Bular  shaxslarning  bir-birini 
tanlash motivlarini keng ko‗lamda ifodalashga imkon beradi. Ayniqsa, S.ning 
Ya.L.Kolominskiy  ishlab  chiqqan  o‗zgartirilgan  turi,  bolalar  jamoasidagi 
shaxslararo  munosabatlar  haqida  to‗laroq  axborot  beradi.  Odatda, 
o‗quvchilardan  quyidagicha  savollarga  javob  berish  talab  qilinadi:  ―Sen 
sayohatga  kim  b-n  birga  borishni  hohlaysan?‖,  ―Imtihonga  kim  b-n  birga 
tayyorlanishni  istaysan?‖,  ―Kim  b-n  qo‗shni  bo‗lib  yashashni  yoqtirasan?‖. 
Har  bir  savol  sotsiometrik  mezon  (o‗lchov)  vazifasini  bajaradi  va  turmush 
voqeligidan  olingan.  Sinaluvchi  har  bir  savolning  uchta  javobidan  bittasini 
―Eng ma‘qul‖ deb tanlashi lozim. Unga ‖avval, hammadan ko‗ra ko‗proq kim 
b-n birga bo‗lishni xohlasang, o‗shaning familiyasini yoz‖, ―agar sen istagan 
shaxs  to‗g‗ri  kelmasa,  yana  kim  b-n  birga  bo‗lishni  istasang,  shuning 
familiyasini  yoz‖,  ―aytilgan  shartlarga  binoan  uchinchi  shaxsning 
familiyasini  yoz‖  deb  uqtirish  lozim.  Guruhiy  tabaqalanishni  ko‗rsatish 
uchun  sotsiogrammma  to‗rtta  ―maydon‖ga  ajratiladi.  qizlar  doiracha  b-n, 
o‗g‗il bolalar esa uchburchaklar b-n belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar 
soni  familiyalar  soniga  to‗g‗ri  keladi.  Guruh  a‘zolarining  o‗zaro 
munosabatlari  doiracha  va  uchburchaklar  strelkalar  b-n  bog‗langanida  o‗z 
ifodasini  topadi.  Eng  ko‗p  munosabatga  ega  bo‗lgan  sinaluvchi  doiraning 
markazidan  o‗rin  oladi.  U  guruh  a‘zolarining  eng  yoqimtoyi  hisoblanadi. 
Shaxslar b-n aloqa o‗rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. 
Oraliqdagi  ―maydon‖larga  o‗rtacha  va  undan  kamroq  tanlangan 
tekshiriluvchilar  joylashtiriladi.  Tekshirishda,  birinchidan,  shaxslararo 
munosabatning darajasi va ko‗lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar b-n o‗g‗il 
bolalar  o‗rtasidagi  ko‗rsatkichlar  taqqoslanadi.  Ko‗rsatkichlarga  qarab 
guruhdagi yoki qizlar b-n o‗g‗il bolalar o‗rtasidagi munosabatlar va ularning 
o‗ziga  xosligi,  psixologik  mexanizmlari  haqida  xulosa  chiqariladi.  Shunga 
asoslanib  nazariy  ahamiyatga  molik  g‗oyalar  olg‗a  suriladi,  amaliy 


 
167 
ko‗rsatmalar  beriladi,  tavsiyalar  bildiriladi.  Ta‘lim  tizimida  (maktabgacha, 
maktab,  maktabdan  tashqari  ta‘lim  muassasalari,  oliy  o‗quv  yurti),  mehnat 
jamoalari 
va 
turli 
tashkilotlar,  uyushmalar  xodimlari  o‗rtasidagi 
munosabatlarning  xususiyatlari,  dinamikasi,  shaxslararo  ziddiyatlarining 
sababi  shu  metod  yordamida  o‗rganiladi.  Turli  ehtiyoj,  motiv,  qiziqish, 
intilish,  harakat  va  hokazolar  muayyan  tartib  hamda  qoidaga  binoan 
sistemalashtiriladi, 
ularning 
ijtimoiy-psixologik 
ildizlari  to‗g‗risida 
ma‘lumotlar  olinadi.  SHu  b-n  birga  guruhlardagi  shaxslarning  yaqqol,  aniq 
nuqtai  nazari,  guruhbozlik,  og‗machilik,  qarama-qarshilik,  his-tuyg‗uning 
zo‗riqishi,  guruhiy  jipslik,  moslik,  munosabat  motivlari,  jinslar  o‗rtasidagi 
muloqotlarning zamini hamda sehri mana shu kalit b-n ochiladi. S. metodidan 
turli  yoshda  va  jinsdagi,  saviyasi  har  xil  kishilar  guruhlaridagi  psixologik 
qonuniyatni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish