O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Moturudiy  Abu  Mansur  as–Samarqandiy  (taxm.  944-945  y.da



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Moturudiy  Abu  Mansur  as–Samarqandiy  (taxm.  944-945  y.da 
vafot  etgan)  islom  dunyosida  ―Hidoyat  yo‗lining  imomi‖,  ―Mutakallimlar 
imomi‖ martabasiga muyassar bo‗lgan, kalom ilmining Samarqand maktabini 
yaratgan mashhur diniy alloma. U o‗z ustozlari Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, 
Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Nasr ibn Yaxo al Balxiy va Muhammad ibn al-
Fadl kabi zukko allomalardan islom ilohiyoti sira.orlarini o‗rgandi, mustaqil 
ijod yo‗liga kirib bordi. Abu Tohirxo‗ja (vafoti 1874 y.)ning fikricha, imom 
M.  Ali  ar  Rustug‗faniy,  Ishoq  ibn  Muhammad  as-Samarqandiy,  Abd  al-
Karim  ibn  Muso  al  Pazdaviy  kabi  iqtidorli  shogirdlarni  voyaga  etkazdi.  M. 
asarlarida  Alloh,  inson  va  ilm  masalalari  etakchi  o‗ringa  ega.  M.  Ilohiyot 
sohasini  sharhlashda  keng 
tabiatli,  gina-kuduratlardan  yiroq,  kek 
saqlamaydigan,  diniy  betaqotlikka  o‗rin  qoldirmaydigan,  shu  b-n  birga  o‗ta 
ehtiyojkor  mutafakkirdir.  M.  o‗z  mulohazalarida  o‗zgalar  g‗oyalari,  nuqtai 
nazarlarini  xolisona  tekshirib  ko‗rishga  erinmaydigan  va  o‗z  qarashlariga 
maqbul  keladigan  diniy  va  dunyoviy  qarashlarni  qabul  qilishni  maqsadga 


 
125 
muvofiq biladigan  inson  edi.  M.ning  ta‘limotiga  ko‗ra,  me‘yor  va  e‘tiqodni 
Alloh  yaratadi.  Insonning  mas‘uliyati  ularni  ixtiyor  etishda.  Kishilar 
ezgulikni o‗zlariga ravo ko‗rsalar, tavfiq ne‘matiga musharraf bo‗ladilar. M. 
ilmni ibodatdan ustun, deb biladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bilim ikki 
xil  ko‗rinishda  namoyon  bo‗ladi.  Birinchisi  —  Allohning  bilimi  (―al-ilm 
billoh‖).  Uning  ilmi  mutlaq  haqiqatdir.  Ikkinchi  ko‗rinishi  esa  Alloh 
to‗g‗risidagi  bilimlarimizga  taalluqli.  U  ―ilm  olloh‖  deb  yuritiladi.  Alloh, 
olam  va  insonni  bilish  bir-biriga  tutash  nuqtalarga  ega.  Ular  aql,  hissiy 
mushohada  va  xabarlar  orqali  bilinadi.  Xabarlar  oddiy,  birinchi  shaxslardan 
bevosita  etib  kelgan  xabar  (―mutavotir  xabar‖)  va  payg‗ambar  tomonidan 
etkazilgan  xabar  ko‗rinishlariga  egadir.  Bunda  ilohiy-vahiy,  payg‗ambardan 
etib  kelgan  xabarlarning  mavqei  yuksakdir.  Xabar  b-n  birgalikda  jonli 
mushohadaning  ahamiyati  muhim.  Alloh  bu  dunyoni behuda  yaratmagan.  U 
yaratganni  bilish  va  anglashning  muhim  vositasi.  Olamni  yaratishga  qodir 
Alloh  inson  zotiga  sezgi  a‘zolari,  aql-farosat,  mushohada  qilish  quvvatini 
ham ato etgan. Inson ular orqali Yaratganni taniydi. Lekin hech narsa, M.ga 
ko‗ra, aql ne‘matining o‗rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, nazariy bilim (―ilmi-n-
nazar‖)ning  maqomi  qudratlidir.  Aqlning  sezgilar  b-n  o‗zaro  munosabati 
tasodifiy  emas.  Beshta  sezgi  a‘zolari  va  ichki  tuyg‗u  aql  uchun  go‗yoki 
xizmatkor, oddiy tushuncha (idrok) bo‗la oladigan darajada yaratilganligi M. 
nazdida  kuchli  dalildir.  Aql  ham  o‗z  navbatida  ular  ustidan  nazoratchi-
kuzatuvchidir.  U  jonli  mushohada  va  xabarning  muayyan  vaziyatda  to‗g‗ri 
yoki  noto‗g‗ri  ekanligini  aniqlashda  eng  yuqori  martabali  hakam  vazifasini 
bajaradi. U buyuk ne‘mat, unga hech qanday narsa teng kela olmaydi. Uning 
hukmiga  barcha  narsalar  bo‗ysunadi,  uning  oldida  o‗tmish,  hoz  zamon  va 
kelajak  baravardir.  Aql  tufayli  olam  va  Allohni  tanish  naqadar  muhim 
bo‗lmasin,  u  o‗ziga  xos  kamchilikka  ham  ega  M.ning  ta‘kidlashicha,  uning 
biz  kutmagan  tirqishidan  imon-e‘tiqod  uchun  noxush  hisoblangan  shubha 
kirib  kelishga  urinadi.  SHunday  vaziyatda  inson  ixtiyorida  yagona  yo‗l 
qoladi. Bu yo‗l — Allohning ilmi. U inson uchun behad ahamiyatli, chunki, 
uni son-sanoqsiz shubhalardan a.ab qoladi, deb ta‘kidlaydi M. M.ga nisbatan 
ba‘zan  ishlatilayotgan  ratsionalizm  va  sensualizm  kabi  iboralarni  qo‗llash 
o‗rinsiz.  Alloma  bilimnnig  paydo  bo‗lishi  va  shakllanishida  aql  va 
sezgilarning  bir-biri  b-n  uzviy  aloqada  bo‗lishini  bilishning  muhim  tamoyili 
sifatida qabul qiladi. Mashhur ilohiyotchi alloma M. bu sohaga yangi usul va 
g‗oyalarni  olib  kirdi.  Diniy  betoqatlik,  mutaassiblik  an‘analariga  diniy 
donishmandlikni  qarama-qarshi  qo‗ydi,  ahli  mo‗minlarni  bir-biridan 
uzoqlashtiradigan fisqu fasodlarga javoban aqliy etuklikni taklif qildi. Diniy 
takabburlik,  barcha  muammolarni  hal  etishga  yagona  da‘vogarlik,  imon-
e‘tiqodga  hakamlik,  undan  muayyan  siyosiy  maqsadlarni  ko‗zlash  M.ning 
diniy  va  dunyoviy  qarashlariga  tubdan  ziddir.  Allomaning  bunday  yo‗sinda 


 
126 
fikrlash  uslubi  uni  butun  jahonga  tanitdi.  M.ning  asosiy  asarlari:  ―Kitob  at-
tavhid‖,  ―Kitob  ta‘vilot  al-qur‘on‖,  ―Kitob  bayon  va  umm  al-mu‘tazila‖; 
―Kitob al-maqomat‖; ―Kitob al-jadal‖ va boshqalar. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish