Moddiylashtirish – ma‘no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson
faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo‗lgan
muvaqqat xossasi.
Monarxiya (yun. monarchia-yakkahokimlik) — davlatni boshqarish
shakllaridan biri. Hokimiyat bir kishining qo‗lida (odatda hokimiyat unga
meros shaklida o‗tadi) bo‗lgan davlat tuzumi va shunday davlatning o‗zi.
Uning cheklanmagan, absolyut (hokimi mutlaq) va cheklangan, konstitutsion
(monarx hokimiyati parlament tomonidan qonun yo‗li b-n cheklangan) kabi
turlari mavjud. (Mas., Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shvetsiya.) Ba‘zi
mamlakatlarda teokratik M. shakli ham mavjud (monarx ayni paytda diniy
boshliq ham hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |