Millatchilik — e‘tiqod va timsollar tizimi bo‗lib, muayyan milliy
hamjamiyat bilan aynanlikni ifodalaydi.
Milliy davlat — hozirgi dunyo uchun xarakterli bo‗lgan davlatning
alohida tipi. Bunday davlatning hukumati muayyan hududda suveren
hokimiyatga ega bo‗ladi, aholi esa o‗zini yagona millatning tarkibiy qismlari,
deb his qiladigan fuqarolardan iborat bo‗ladi. Milliy davlatlar, garchi
millatchilik tuyg‗ulari muayyan davlat chegaralari bilan har doim ham mos
kelmasada, millatchilikning o‗sishi bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi. Milliy
davlatlar Evropada vujudga kelgan yagona tizimning tarkibiy qismlari
sifatida rivojlandilar, bugun esa ular butun dunyo bo‗ylab tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |