«(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga:
«Parvardigoringlarga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin»,
deb yolvorg‘anlarida, ular aytdilar: «Axir sizlarga payg‘ambarlaringiz aniq
hujjatlar bilan kelmaganmidilar?!». «Ha, (kelgan edilar, lekin bizlar ularni
yolg‘onchi qilgan edik)» dedi ular. (Shunda farishtalar ularga) aytdilar: «U
holda o‘zlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Kofirlarning duo-iltijolari albatta
zalolatdadir (ya’ni, be-foydadir)» (G’ofir, 49-50-oyatlar).
«Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan haeti dunyoga) chiqargin. Bas, agar
yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz, (o‘z jonimizga) jabr
qilguvchidirmiz (ya’ni, jahannam azobiga loyiqdirmiz). (Alloh) aytdi:
«(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz» (Mo‘minun, 107-108-
oyatlar).
O’shanda ular ohu faryod qilib, tuganmas hasratga botadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |