www.ziyouz.com kutubxonasi
24
tomondagi eshiklaridan kiritaman...»
Keyin Payg‘ambar alayhissalom: «Nafsim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, jannatning
ikkala eshigi orasidagi masofa Makka va Xumayr yoki Makka va Busra orasi qadar
kengdir» (muttafaqun alayh).
Boshqa bir hadisda ham ayni matn vorid bo‘lgan. Faqat unda Ibrohim
alayhissalomning «uchta yolg‘oni» keltiriladi: yulduzlar xususida «bu mening Rabbim»
degani; qavmining butlariga nisbatan aytgan «bu ishpi ularning kattasi - mana bu
«haykal» qildi» degan so‘zlari (Anbiyo, 63-oyat) ; «Albatta men (vabo) kasaliga
yo‘luqkuvchidirman» (Vas-soffat, 88-89-oyatlar).
Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shafoatlaridir. Shuningdek, bu
ummatning‘ olim va solix kishilari ham shafoat kilishga haqli bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz
aytadilar: «Ummatimdan bir kishining shafoati bilan Ra-bi’a va Muzir
qabristonidagilardan ham ko‘proq kishilar jannatga kiradi» (Termiziy, Ibi Moja, Xokim
rivoyati).
Rasuli akram dedilar: «Bir kishiga «tur, ey falonchi, shafoat qil» deyiladi. U kishi
turib, qabilasini, ahli baytini, bir yo ikki kishini amali miqdorida shafoat etadi (Termiziy
rivoyati).
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Qiyomat kuni jannat
ahlidap bo‘lgan bir kishi do‘zax ahliga ko‘rinadi. Shunda do‘zax ahlidan bo‘lgan bir kishi
uni chaqirib:
— Ey falonchi, meni tanidingmi?— deydi.
— Yo‘q, Alloh haqqi, seni taniyolmayagshan, javob qiladi unga jannatiy kishi.
— Dunyo hayotida yenimdan o‘tib ketayotib, bir qultum suv so‘ragan eding. Suv
berib, chanqog‘ingni bosgan edim.
— Endi tanidim.
— Shu yaxshiligim xaqqi, Parvardigoring huzurida menga shafoat tila.
Shunda bu jannatiy Alloh taologa iltijo bilan deydi: «Men do‘zax ahliga ko‘ringanimda
bir kishi: «Meni taniysanmi?» dedi. Men uni taniyolmayotganimni aytdim. U menga:
«Dunyoda suv so‘ragan paytingda seni suvga qondirgan kishiman, Rabbingdan men
uchun shafoat tila» dedi. Ey Rabbim, u kishiga meni shafoatchi qil».
Alloh taolo do‘zaxiy kishi uchun so‘ralgan bu shafoatni qabul qildi va uni do‘zaxdan
chiqarishga amr etdi. Bas, u jahannamdan xalos qilindi. (Daylamiy rivoyati).
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan gaunday rivoyat qiladi: «Qayta tirilish
kuni qabrdan eng avval chiqadigan inson menman. Parvardigor huzuriga
borayotganlarida ularning xotibi — so‘zlovchisi ham menman. Umidsizlikka tushganlarida
ularga xushxabar beruvchi ham menman. O’sha kuni «hamd tug‘i» mening qo‘limda
bo‘ladi. Faxrlanish emas, Rabbimga Odam farzandlari ichida eng hurmatlisi ham men
bo‘laman» (Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Men ulug‘ va qudratli Rabbimning
huzurida turaman. Jannat kiyimlaridan birini kiyaman. Keyin Arshning, mendan boshqasi
turmaydigan, o‘ng tomonidagi maqomni zgallayman» (Termiziy rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhuma dedi: «Rasululloh sahobalaridan bir guruhi sarvari
olamni kutib o‘tirishgan edi. Rasululloh chikdilar, ularga yaqinlashdilar, ularning shunday
mazmunda suhbatlashayotganini eshitdilar:
— Ajabo! Ulug‘ va qudratli Alloh O’zi yaratgan inson, Ibroximni O’ziga halil — do‘st
qildi.
— Muso alayhissalomning Yaratuvchi Zot bilan so‘zlashganiga nima deysizlar?!
— Iyso alayhissalom Allohning so‘zi va U Zot tomo-nidan bo‘lgan rux sohibidir!
— Alloh Odam alayhissalomni tanladi!..
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |