yadrosiz qismlarini kesib olingan, ular bir qancha vaqtdan so„ng o„lgan.
Mufassalroq tekshirishlarning ko„rsatishicha, yadrosi olib tashlangan amyobalar
yashaydi, ammo operatsiyadan so„ng, tezdayoq ovqatlanmay qo„yadi va biroz
vaqtdan so„ng o„ladi. Agarda yadrosizlantirilgan hujayraga yana yadroni olib
kirilsa, normal hayot faoliyat tiklanadi, bir qancha vaqtdan so„ng amyoba bo„lina
boshlaydi. Yadrosizlantirilgan dengiz kirpisi tuxumi partenogenetik ko„payishga
yadrosiz eritrotsiti berishi mumkin. Bu tabiatni o„zi tomonidan qo„yilgan
eksperimentdir. Eritrotsitlar yetilib borib gemoglobin to„playdilar, keyin yadrosini
tashlab yuborib, 120 kun davomida yashaydilar va ish bajaradilar, ammo ular
DNK molekulasida sintezlanadigan yangi RNK larni kelishini to„xtatadi. Ammo,
bu sitoplazmada avvaldan mavjud bo„lgan informatsion RNK ni oqsilni sintez
qilishini davom ettirishiga xalaqit bermaydi. RNK yemirilgandan so„ng oqsil
sintezi to„xtaydi, ammo eritrotsit uzoq vaqt yashaydi va unchalik ko„p oqsil sarf
bo„lmaydigan funksiyasini bajaradi. Yadrosini olib tashlangan dengiz kirpisi
tuxumi ovogonez vaqtida to„plangan RNK hisobiga yashashni davom ettiradi va
bo„linishi ham mumkin. Olimlar mikroxirurgiya metodi yordamida shoxlangan va
yumaloq amyobalarning yadrolarini almashtirdilar. Bunda yadroning ta‟sirida
amyobalarning tanasining shakli o„zgaradi. Agar oddiy amyobaning yadrosini olib,
shoxlangan amyobaga, shoxlangannikini oddiy amyobaga ko„chirilsa, u holda
o„sha yadroni ta‟sirida oddiy amyoba shoxlangan amyobani shakliga kiradi va
aksincha. Buni tut ipak qurtini chatishtirish ustidagi tajribalar ham tasdiqlaydi.
Bunda faqat otalik yoki onalik jinsiy hujayralardan avlodlar olindi. Bunda otalikni
sitoplazmasi saqlanadi. Lekin avlodda belgi, masalan, rang yadro tomonidan olib
kiriladigan belgiga xos bo„ladi. Lekin spermatozoidlar yadrosini o„rab olgan
arzimagan miqdordagi sitoplazma, uning tashqi muhitdan oziq moddalar yutishiga,
assimilyatsiya qilishiga va uzoq vaqt hayot kechirishiga sababchi bo„ladi. Demak,
yadro bilan sitoplazma o„zaro fiziologik bog„liq holda, birining yashashi
ikkinchisining yashashi uchun zarur bo„lgan holdagina yashaydilar. Gerasimov
tajribasiga ko„ra, hujayra yadrosi plastidlarning, jumladan yashil plastidlarning
o„sishi va ko„payishiga ham ta‟sir qiladi. Tajriba uchun bir hujayrali ko„p yadroli
Vasheriya suvo„tining har xil turlarining hujayrasini kesib, protoplastini mayda
sharlar holatida suvga qo„yib yuborilgan. O„zida yadro saqlab qolgan sharchalarda
darhol po„st hosil bo„lgan, yadrosiz sharchalar esa yalang„och holida qolgan va
nobud bo„lgan. Ko„pchilik olimlarning fikricha, yadro hujayra po„stining
qalinlashishiga va o„sishiga o„zida ishlab chiqariladigan maxsus fermentlar va
gormonlar yordamida ta‟sir qiladi. Hujayra yadrosi sitoplazmaning boshqa
organoidlari bilan yaqin fiziologik munosabatda bo„lgani holda hujayradagi
moddalar almashinuvining normal borishiga ham ta‟sir ko„rsatadi. Olimlar
yadroning hujayra hayotidagi rolini chuqur o„rganish maqsadida bir hujayrali
hayvonlar va o„simliklarning har xil turlariga mansub hujayralardagi yadrolarni
almashtirib ko„rganlar. Masalan, atsetabulyariya degan suvo„tning yirik hujayrasi
tovoncha va qalpoqchalardan iborat. Atsetabulyariyaning har xil turlarida
(Acetabularia mediterranea, A.crenulata) qalpoqchaning shakli turlicha bo„ladi va
qalpoqcha uzib tashlansa, u yana qaytib tiklanadi. Agar bir turga oid
atsetabulyariyaning hujayra yadrosini ikkinchi turga tegishli, qalpog„i oldindan
olib tashlangan individ hujayrasidagi yadroga almashtirib qo„yilsa, bu qayta
tiklanadigan qalpoqchaning shakli ikkala tur qalpoqchalarning oraliq formasida
bo„ladi. Bundan ma‟lum bo„lishicha, yadro hujayralardagi shakl hosil qilish
jarayonlariga ham ta‟sir qila oladi. Yadro hujayra sitoplazmasining boshqa
organoidlariga ham kuchli ta‟sir qiladi. Buni quyidagi tajribadan ko„rish mumkin:
atsetabulyariya yadrosi faqat hujayra hayot siklining oxirida, jinsiy ko„payish
hujayralari (gametalar) hosil qilayotganda bo„lina boshlaydi. Lekin “yosh”
hujayraning yadrosini olib, uni gameta hosil qilishga kirishayotgan shu turning
boshqa “keksa” individ yadrosiga almashtirib qo„yilsa, “yosh” hujayra yadrosi
“keksa” hujayra protoplasti ichida bo„linib, ko„payib, gameta hosil qila boshlaydi.
Shunga asosan, A. Gize sitoplazmada yadroning bo„linishga undaydigan maxsus
moddalar to„planib borsa kerak, degan xulosaga kelgan. Bu tajriba hujayraning
barcha organoidlari orasida fiziologik munosabat borligini ko„rsatadi. Yadro RNK
sintezini murakkab koordinatsiyasi va regulyatsiyasini amalga oshiradi. Hamma
uch xil RNK DNK dan hosil bo„ladi. Turli metodlar bilan (radiografiya)
aniqlanishicha, RNK sintezi yadroda-xromatin va yadrochada boshlanadi va
sintezlanib bo„lgan RNK esa sitoplazmaga o„tadi. Shunday qilib, yadro
sitoplazmada bo„ladigan oqsil sintezining dasturini tuzadi. Ammo, yadro o„zi ham
sitoplazmaning ta‟siriga uchraydi, yadroning normal ishlashi uchun zarur bo„lgan,
sitoplazmada sintezlangan fermentlar yadrochaga o„tadi. Masalan, sitoplazmada
DNK -polimeraza fermenti sintezlanadi, usiz DNK molekulasi avtoreproduksiyasi
bo„lmaydi. Shuning uchun, yadro va sitoplazmaning o„zaro ta‟siri to„g„risida
gapirish lozim. Bunda qiz hujayralarga beriluvchi irsiy informatsiyani o„zida
tutuvchi yadro ustunlik rolini o„ynaydi.
Xromatin kimyoviy tarkibiga kо„ra, DNK bilan oqsilning murakkab
birikmasidan iborat.
1
1
Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. 1bob.57-60 bet