Yadrocha
Barcha eukariot hujayralarning yadrosida bitta yoki bir nechta yumaloq
tanachalar bo„lib, ular yadrochalar yoki nukleollardir. Yadrochaning umumiy
xususiyatidan biri bazofilligidir, bu uning tarkibida RNK ning ko„p bo„lganligidan
kelib chiqadi. Bu xususiyat barcha ixtisoslashmagan, ixtisoslashgan, embrional,
qayta tiklanayotgan, shish hosil qiluvchi to„qima hujayralarida ko„zga tashlanadi.
Yadrocha mastaqil struktura yoki organoid emas, u xromosoma interfazada faol
vazifa bajarayotgan lokusidan hosil bo„ladi, buni yadrocha tashkilotchisi deb
ataladi (Mak Klintok, 1934). Yadrocha tashkilotchisi DNK sida ribosomal RNK
hosil bo„ladi va oqsilli qobiq bilan o„ralib, ribosomaga aylanadi, ular yadrochadan
chiqib, karioplazma yoki sitoplazmada oqsil sintezida qatnashadi. Yadrocha tipik
interfaza yadrosining doimiy qismi bo„lib, membranaga ega bo„lmagan birdan bir
strukturadir(ilova,32). Uning kattaligi har xil bo„lib, u hujayraning funksional
holatiga bog„liq. Yirik yadrochalar odatda embrional hujayralarda yoki oqsilni faol
sintezlayotgan hujayralarda, sutemizuvchilarning ootsitlarida, nerv hujayralarida
va ba‟zi bez hujayralarida uchraydi. Yadrochalar faol maydalanayotgan tuxum
hujayralarida bo„lmaydi. Ba‟zan hujayralar bir qancha yadrochaga ega bo„ladi,
ularning ko„pchiligi amfibiylarning ootsitlarini intensiv o„sish davrida hosil
bo„ladi. Yadrocha fizik xususiyatlariga ko„ra yadroning zichlanganroq qismi
bo„lib, kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Yadrochaning kimyoviy tarkibi RNK
konsentratsiyasi biroz yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yadrochaning asosiy
komponentlari kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK dir. Bulardan tashqari,
yadrochada bog„langan yoki erkin holdagi kalsiy, kaliy, magniy, temir va rux
fosfatlari
uchraydi.
Yadrochada
DNKning
mavjudligi
aniqlanmagan.
Yadrochalarning funksiyasi sitoplazmani ta‟minlovchi ribosomalarni hosil qilish
yoki yig„ishdir. Buni quyidagi misolda ko„rish mumkin. Ba‟zi baqalar ustida
o„tkazilgan tajribalarda gomozigota holidagi tuxumda yadrocha bo„lmagan. Bunda
otalangan tuxum blastula bosqichigacha rivojlangan. Blastomerlarning yadrolarida
ribosomalar hosil bo„lmaydi, murtak o„ladi, blastula bosqichigacha taraqqiy etishi
ovogonez vaqtida hosil bo„lgan ribosomalar hisobiga bo„ladi. Binobarin,
ribosomalar yadrochalarda shakllanadi, lekin ribosomalarning hosil qiluvchi RNK
va oqsillar xromosomalar bilan bog„liq bo„ladi. Hozirgi vaqtda yadrochada
yig„iladigan RNK ni DNK dan hosil bo„lishi aniqlangan, ammo yadrochaning
oqsili qanday hosil bo„lishi hozirgacha aniq emas. Ko„rinishicha, u yadrochaning
o„zida hosil bo„lib, RNK bilan birlashib, ribosomani hosil qiladi. Yadrocha doimiy
struktura emas: u mitozning boshlanishiga yo„qolib ketib, telofazaning oxirida
yana hosil bo„ladi. Yadrochaning RNK va oqsili yadrochaning tashkilotchisi
zonasida yig„iladi yoki RNK yangidan sintezlanadi, so„ng RNK va oqsil yadrocha
tashkilotchisi zonasida to„planadi va yadrocha shakllanadi. Yadrochalar yadro
membranasi orqali sitoplazmaga chiqadi. Yadrochaning soni yadrocha
tashkilotchisi soniga va yadroning ploidligiga bog„liq holda ortib boradi. Buni
tasdiqlovchi dalillar dumsiz baqalardan Xenorus laevis ning mutant formalarida
olingan. Mutatsiya bir xromosomada ikkilamchi qisilmaning yo„qolishi (deletsiya)
bilan bog„liq ekan, binobarin, bitta yadrocha tashkilotchisi yo„qolgan bo„ladi.
Gomozigotali mutant embrionlarda yadrochalar hosil bo„lmaydi va ular tuxumdan
chiqiboq o„ladi. Geterozigotali formalarda esa, doimo bitta yadrocha va bitta
yadrocha tashkilotchisi bo„ladi (bir genomda). Ba‟zan bitta yadrochaning hosil
bo„lishida bir necha yadrocha tashkilotchisi qatnashishi mumkin. Masalan,
bug„doy va javdar bug„doy duragayida ikkala turning bir necha xromosomalari
bitta yirik yadrochani hosil bo„lishida qatnashadi. Yadrochalarning bir-biriga
quyilib ketishi va kurtaklanishini mikrokino metodi orqali kuzatilgan. Yadrocha
hujayraning boshqa strukturalariga nisbatan juda zich, RNK konsentratsiyasi va
RNK sintezi yuqori bo„lgan strukturadir. Masalan, spinal gangliy hujayralarida
yadrochaning zichligi yadronikidan uch marta, sitoplazmanikidan biryarim marta
ortiq. Yadrochaning 60-90% i oqsildan iborat. Yadrochaning zichligi yuqori
bo„lganligi uchun, uni hujayra yadrolari gomogenatidan osongina ajratib olish
mumkin. Sitokimyoviy tekshirishlar, yadrochada kislotali fosfoproteidlar va asosli
(giston emas) oqsillar bo„lishini ko„rsatdi. Yadrochada RNK ning konsentratsiyasi
hujayraning boshqa komponentlarinikidan doimo yuqori bo„ladi. Yadrochada RNK
ning konsentratsiyasi yadronikidan 2-8 marta, sitoplazmanikidan 1-3 marta yuqori
bo„ladi. Masalan, sichqonning jigar hujayrasida yadro, yadrocha va sitoplazmadagi
RNK nisbati-1:7,3:4,1 ga, oshqozon osti bezi hujayrasida esa–1:9,6:6,6 ga teng.
Tekshirishlar sitoplazmatik RNK ni yadrochada sintezlanishini tasdiqladi, 70-90%
sitoplazmatik RNK ribosomal RNK hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: