. (mukoroz), Botrytis cinerea (kulrang chirish), Penicillium spp. (penisillyoz),
Alternaria spp. va Cladosporium spp. (qora shira), Cepbolosporium acremonium (tola
mog’orlanishi) turlari qo’zg’atadi. Ular sog’lom ko’sakka kira olmaydi, ochilmagan
ko’sakka faqat zararli hasharotlar hosil qilgan teshiklardan, ochilgan yoki
ochilayotgan ko’saklarga shamol va hasharotlar organlari yordamida kiradi va nam,
pishmagan tolani zararlaydi. Zararlangan yosh ko’saklar ochilmasligi yoki qisman
ochilishi mumkin, ularning usti har xil tusdagi dog’ va mog’or qatlami bilan
qoplanadi. Ochilgan ko’saklarda paxta bo’lakchalarining rangini o’zgartiradi, mog’or
bilan koplanadi. Ko’pincha momiqlanmaydi, ba’zan yerga to’kiladi. O’simlik bitlari
chikargan suyuqlik (shira) g’o’za bargidan tolaga tushganda, uning ustiga mog’or
zamburug’lari rivojlanadi, tola usti qora, yopishqoq qatlam bilan qoplanadi;
to’plangan hosil yuqori namlikda saqlansa, zamburug’lar rivojlanishi davom etadi.
41
Bu kasalliklarning barchasi tola sifati, texnologik xususiyatlari - metrik nomeri,
pishiqligi, uzilish uzunligi va boshqalarning pasayishiga, chigit sifati va u
yashovchanligining kamayishi yoki butunlay nobud bo’lishiga sabab bo’ladi
(Osipyan, 1975; Karimov, 1976; Rasulev, 1981, Peresыpkin, 1987; Peresыpkin va
b.q., 1990; Davis va b.q., 1996).
G'o'zaning ko’sak va tola kasalliklari. 1 – pushti rang chirish. 2 – kulrang
chirish. 3 – nigrosporioz. 4 – 5 aspergillyoz. 6 – yopishqoq bakterioz. 7 – qora shira.
8 – fuzarioz.
Kurash
choralari.
Yuqori
sifatli,
iloji
boricha
kislota
yordamida
tuksizlantirilgan, samarali fungisid(lar) bilan dorilangan urug’lik chigit ekish; zararli
hasharotlar (ko’sak qurti, o’simlik bitlari, qandala va h.k.) bilan vaqtida va samarali
kurashish; ekin ichida namlikni pasaytirish, o’simliklarga quyosh nuri yetadigan qilish
va shamol yurishini yaxshilash uchun g’o’za zich eqilishiga, ortiqcha azotli o’g’it
qo’llashga, mavsumning 2-yarmida keragidan ortiqcha sug’orishga yo’l qo’ymaslik,
egat qator oralarini kengroq, egatlarni balandroq qilish; vaqtida yagana qilish; vaqtida
defoliasiya va hosil yig’ishni o’tkazish; sog’lom va zararlangan hosilni alohida terib
olish, quritish, paxtani saqlashda namlik oshishiga yo’l qo’ymaslik; g’o’zapoyani
daladan chiqarish; chuqur kuzgi shudgor; ekishdan oldin va o’suv davrida dala va dala
chetlaridagi begona o’tlarni yo’qotish; qishlovchi hasharotlar (beda qandalasi, bitlar
va b.q.) bilan kurashish maqsadida bedani tagidan o’rish lozim (Karimov, 1976;
42
Rasulev, 1981; Pinckard va b.q., 1981, Peresыpkin, 1987; Peresыpkin va b.q., 1990;
Davis va b.q., 1996).
Do'stlaringiz bilan baham: |