O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

Sodda  shaklda  budjet  bu  hujjat  yoki  hujjatlar  yig`indisi,  ya’ni  tashkilotning 

(oila,  korporatsiya,  hukumat)  moliyaviy  holati  va  kelgusi  rejalari,  ya’ni 

daromadlar,  xarajatlar  va  maqsad  hamda  natijalar  to`g`risidagi  ma’lumotlarni 


 

 

12 



      

 

o`z  ichiga  oluvchi  rejalar  sifatida  qaraladi.  Tarixan,  budjet  so`zi  charm  karmon, 



hamyon,  sumka  va  hamyonchadir.  Asosan,  inglizchada  bu  termin  hukumat 

ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan 

charm sumka sifatida tasvirlangan.

1

 



Davlat  budjeti  davlat  moliyasining  markaziy  bo’g’ini  bo’lishi  bilan  bir 

qatorda  moliya  tizimining  ham  asosini  tashkil  etadi.  Davlat  budjetining  iqtisodiy 

tuzilishi  va  mazmuni  bevosita  davlatning  funktsiya  va  majburiyatlaridan  kelib 

chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni 

qo’yadiki,  u  vazifalarni  moliyaviy  mablag’lar  bilan  ta’minlashda  budjet 

mablag’lari xizmat qiladi. 

Davlat  budjeti  yaxlit  hukumatga  xizmat  qilishi  bilan  bir  qatorda,  moliyaviy 

resurslarni  tarmoqlararo  qayta  taqsimlashda,  hududlararo,  mulk  shakllariaro 



qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi. 

Masalan,  tarmoqlararo  qayta  taqsimlashda  har  qanday  iqtisodiy  tizimda  ham 

ayrim  tarmoqlar  uchraydiki,  ularning  daromadlari  o’z  xarajatlarini  qoplay 

olmasada,  lekin  ular  ishlab  chiqarayotgan  tovarlar,  ko’rsatayotgan  xizmatlar  va 

bajarayotgan  ishlar  umumjamiyat  ahamiyatiga  molik  bo’lgan  tadbirlar  bilan 

bog’liqdir.  Bunday  tarmoqlar  tarkibiga:  energetika,  transport  va  boshqalar  kirishi 

mumkin.  Ushbu  tarmoqlarga  budjet  orqali  yuqori  rentabelli  tarmoqlarning 

moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi. 

Davlat  o’z  funktsiyalarini  bajarishi  uchun,  shuningdek,  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanishning  har  bir  bosqichi  strategik  maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun 

mamlakatda  yaratilgan  moliyaviy  resurslarning  ma’lum  bir  qismini  o’z  qo’lida 

to’plamog’i  ob’ektiv  zaruriyat  ekanligi  yuqorida  ta’kidlangan  edi.  Lekin 

mablag’larni  davlat  moliyasi  orqali  qayta  taqsimlash  ko’lami  ko’p  jihatdan 

mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoli  va  rivojlanish  darajasiga,  davlatning  iqtisodiy 

jarayonlarga  aralashish  ko’lamiga,  ijtimoiy  sohadagi  davlatning  majburiyatlari 

                                                           

1

Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p. 15 



 


 

 

13 



      

 

ko’lamiga,  aholini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash  dasturlarining 



qamrovliligiga bog’liq. 

Davlat 


budjetiningkassaliijrosidag’aznachiliktiziminingbanktizimidanfarqishundaki, 

avvalo,  budjetijrosijarayonidag’aznachilikikkioqimdagipulmablag’larinito’playdi. 

Daromadlarvaxarajatlarbirhisobraqamdanqilinadi, 

bundaytartibmavjudmablaglarbilanmoliyalashtirishjarayoninitezlashtirishgaimkonb

eradi.  

 

 



 

 

 



 

 

Budjetning  kassa  ijrosi  deganda  har  bir  budjetning  daromadlari  mazkur 



budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu 

budjetdan  mablag’  bilan  ta’minlanuvchi  barcha  tashkilotlarga  pul  mablag’lari 

ushbu  kassa  orqali  beriladi. 

Budjet  ijrosi  shunday  jarayonki,  u  moliya  yili 

mobaynida to’liq va o’z vaqtida, har bir manba bo’yicha daromadlarni tushishini, 

shuningdek,  korxona  va  tashkilotlarni  tasdiqlangan  budjet  xarajatlari  smetasi 

chegarasida  moliyalashtirilishini  ta’minlaydi.  Davlat  budjeti  g’azna  ijrosi  kassa 

birligi,  budjet  tashkilotlarini  moliyalashtirish  hisobini  yuritish,  budjet  tiniqligi, 

budjet  majburiyatlarini  limiti,  shartnomalarni  ro’yxatga  olish  kabi  tamoyillarga 

asoslanadi.  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchilari,  taqdim  qilingan  mahsulotlar, 

bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar 

ya’ni budjetdan mablag’ oluvchilardir yoki budjet tashkilotlaridir.  

Davlat  budjeti  ijrosi    budjet  jarayonidagi  asosiy  bosqichlardan  biri 

hisoblanadiki,  gaznachilikda  belgilangan    istiqbol  ko’rsatkichlari,  tasdiqlangan 

rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattik nazorat qilinadi. 

Budjet  jarayoni  -budjet  tizimi  budjetlarini  shakllantirish,  tuzish,  ko'rib 

chiqish,  qabul  qilish,  tasdiqlash  va  ijro  etish,  ularning  ijrosini  nazorat 

qilish,  budjet  tizimi  budjetlarining  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotlarni 

tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar 

jarayoni.“Budjet kodeksi”, 3-modda

 



 

 

14 



      

 

Budjetning  ijrosi  -  budjetning  barcha  daromadlarini  to’liq  va  o’z  vaqtida 



tushishini  hamda  barcha  rejalashtirilgan  budjet  xarajatlarini  moliyalashtirish 

ta’minlanishini  ko’zda  tutadi.  Budjetning  daromad  qismini  ijro  etish  yuridik  va 

jismoniy shaxslardan soliq va soliqdan tashqari to’lovlar undirish hisobiga amalga 

oshiriladi.  Bunda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tegishli  to’lovlarni  qonunda 

belgilangan  muddatlar  va  tartibda  mustaqil  ravishda  hisoblaydi  va  budjetga 

to’laydi. Budjetning kassali ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur 

budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu 

budjetdan  mablag’  bilan  ta’minlanuvchi  barcha  tashkilotlarga  pul  mablag’lari 

ushbu kassa orqali beriladi. 

      Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, budjetning kassa ijrosi, aralash, g’aznachilik 

va  bank  usuli  bilan  amalga  oshiriladi.  Budjetning  ijrosi  bank  tizimida 

mamlakatning  markaziy  banki  orqali  amalga  oshiriladi.  G’aznachilik  tizimida 

davlat g’aznasi daromadlarni qabul qiladi, xarajatlarni amalga oshiradi va qolgan 

mablag’lar uning maxsus hisob raqamida qoladi.    “G’azna” inglizcha “treasure” 

so’zidan  olingan  bo’lib,  insonlar  tomonidan  ma’lum  bir  maqsadlarda  ega 

ko’milgan  oltin  va  kumushning  topilishi  hamda  bu  topilma  podsholarga  tegishli 

bo’lganligini anglatadi.  Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda  “g’aznachilik” –terminiga  

iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ikki  xil  ta’rif  beriladi.    G’aznachilik–davlat  budjeti  

kassasini  ta’minlaydigan  va  davlat  moliyasini    boshqaradigan    maxsus  davlat 

organidir.  G’aznachilik  –  mamlakatning    moliya  siyosatiga  va  iqtisodiyotni  

boshqarishga javob beradigan  Britaniya davlatidagi vazirlikdir.      G’aznachilik– 

ko’pgina  mamlakatlarda    Moliya  vazirligi  tarkibida    faoliyat  ko’rsatadigan   

davlatning  maxsus  moliya  organidir.    G’aznachilik  funktsiyalari  tarkibiga  davlat 

budjeti  loyihasini  tayyorlash  va  uni  ijrosini  boshqarish,  davlat  qarzlarini 

boshqarish, shuningdek,  davlat qimmatli qog’ozlarini  emissiya qilish  kiradi. 

Keyingi  yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  hukumati  bozor  munosabatlariga 

asoslangan  iqtisodiyotni  yaratishga  qaratilgan  izchil  iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirmoqda.  Islohotlar  strategiyasi  davlat  iqtisodiy  siyosatining  keng  qamrovli 

dastaklarini  o’z  ichiga  oladi.  Mana  shunday  dastaklardan  eng muhimlaridan biri-



 

 

15 



      

 

davlatning  izchil  moliyaviy  siyosati  hisoblanadi.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish 



sharoitida  davlat  moliyaviy  siyosatini  olib  borish  va  iqtisodni  moliyaviy  tartibga 

solish muammolariga alohida e’tibor beriladi. 

Nazorat uchun savollar 

1.  Budjet tizimi deganda nimani tushunasiz? 

2.  Budjet tizimi fanining predmeti nima? 

3.  Budjet tizimi funksiyalari nimalardan iborat? 

4.  Budjetning kassa ijrosi deganda nimani tushunasiz? 

5.  Budjet tizimi fani boshqa qaysi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan? 

6.  Budjet tizimi fanini o’qitishdan maqsad nima? 

7.  Budjet tizimi vazifalarini sanab bering? 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

16 



      

 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish