25
xarajat vakolatlari hamda Budjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. Tor
ma’noda budjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadagi budjetlar
yig‘indisidir.
Soddaroq qilib aytganda, Budjet tizimi bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat
tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy
tuzilishlarning, budjet munosabatlarida mustaqil bo’lgan budjet tashkilotlari
muassasalari va maqsadli davlat fondlarining majmuidir.
Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi budjetlarni o’zida ifoda etadi.
Boshqacha ma’noda, budjet tizimi budjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan
bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi
jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-
hududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
Mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar
davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda budjet tizimi ikki bo’g’indan (markaziy
va mahalliy budjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch
bo’g’indan (markaziy budjet, federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar)
iborat bo’lishi mumkin.
Shuningdek, ba’zi unitar davlatlarda budjetning markazlashtirishdan
chiqarilish
darajasi,
hududlar
hukumat
organlarining
vakolatlari
bilan
belgilanadigan ko’p darajali budjet tizimiga ega bo’lishi mumkin. Masalan,
markazlashtirishdan chiqarilgan unitar davlat – Fransiya to’rt darajali budjet
tizimiga, mahalliy hokimiyatlarning soliqqa oid vakolatlari konstitutsiya bilan
belgilangan markazlashgan unitar davlat – Shvetsiya uch darajali budjet tizimiga
ega.
Biz yuqorida hokimiyatning markaz va ma’muriy-hududiy birliklar o‘rtasida
taqsimlanishi darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va konfederativ
26
davlatlarga bo‘linishi, ularning hususiyatlarini ta’kidlab o‘tdik. Shunga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir.
Unitar davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjet tuzilmasi ikki
bo‘g‘indan – respublika budjeti va mahalliy budjetlardan tashkil topadi. Bu
budjetlar mamlakatimizdagi davlat budjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo‘lib
xizmat qiladi. Davlat budjeti o‘z ichida respublika budjetini, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetini va keng tarmoqli mahalliy budjetlarni birlashtiradi.
Umumiy qilib aytganda ko’pchilik demokratik davlatlarda budjet 4 ta bosh
maqsadni amalga oshirishi lozim:
Bugungi kunda davlat budjetida davlatning budjetdan tashqari maqsadli
fondlari ham konsolidatsiyalashadi (jamlanadi), ular davlat budjeti bilan birgalikda
jamlanma Budjetni (konsolidatsiyalashgan Budjet) tashkil qiladi.
Budjetlashtirish tizimning bir turi sifatida tushunilishi mumkin, ya’ni “ular
o`rtasida munosabatlar bilan bog`lanuvchi tarmoq”. Budjet qaror qabul qilish
ma’muriy xodimlar harakatini tashkil etadi (ikkala markaziy tashkilotda ham
boshqaruv xodimi yoki hokim shtati va ma’muriy agentlik yo`nalishlarida),
qonuniy xodimlar, tashkillashtirilgan manfaatli guruhlar va birgalikda tashkil
etilgan manfaatlar, ya’ni davlat ehtiyojlari va soliqlar haqida davlat masalasini
umumiy tushunish orqali namoyon bo`luvchi manfaatlardir.Keltirilgan hamma
holatlar va budjetlashtirishni anglab yetish o`zaro munosabatlarni tushnishni
Do'stlaringiz bilan baham: