Davlat budjetining moliyaviy resurslarni taqsimlanish jarayoniga manzilli tus
berish uchun, DMSda budjet xarajatlarini idoraviy xususiyatlaridan kelib chiqib
guruhlash nazarda tutiladi. Bu esa o’z navbatida, mablag’larni ularning aniq
taqsimlovchilari bo’yicha taqsimlanishini aks ettirish imkonini beradi. Xarajatlarni
kapital xarajatlar, o’zida asosiy kapital, strategik yoki favqulodda
zaxiralarni, yerlarni, nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlarini,
asosiy kapitalni sotib olishga sarflanadigan pulsiz to’lovlarni,
asosiy kapitalning yemirilishi yoki buzilishi bilan bog’liq
yo’qotishlarni kompensatsiyalashni namoyon etadi;
joriy xarajatlar, kapital aktivlarni sotib olish va yaratish, moliyaviy
kapitalni ko’paytirish, ushbu to’lovlarni oluvchilar uchun kapital
aktivlarining
yemirilishidan
kelib
chiqqan
yo’qotishlarni
kompensatsiyalash bilan bog’liq bo’lmagan pullik va bepul
to’lovlar;
kreditlash minus qarzni qoplash (sof kreditlash), o’zida davlat
boshqaruv
organlarining
operatsiyalarini
mujassamlashtirib,
iqtisodiyotning boshqa sektorlariga nisbatan moliyaviy buyurtmalar
vujudga kelishi yoki davlat siyosatini olib borish maqsadida
korxonalar kapitalida ulush bilan qatnashishni nazarda tutadi. Bu
operatsiyalar debitor tipi bo’yicha guruhlanadi, ya’ni ichki qarzdor
va qarzdor-norezident tipi bo’yicha. Bu ko’rsatkich DMSda byudjet
taqchilligi hajmini belgilaydigan omil sifatida qaraladi.
Iqtisodiy tasnif uch asosiy kategoriyadan
tashkil topgan:
73
funksional, idoraviy va iqtisodiy guruhlash xarajatlarning bir tasnifidan boshqasiga
o’tish imkonini berish uchun o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lishi kerak.
Davlat moliyalashtirishi davlat boshqaruvi sektori tomonidan boshqa tarafga
va aksincha, harakat qiluvchi to’lovlarning barcha oqimlarini qamrab oladi va
natijada moliyaviy buyurtmalar vujudga keladi yoki qoplanadi.
Moliyalashtirishga likvidlikni boshqarish bilan bog’liq davlat zaxiralarining
har qanday o’zgarishi ham kiradi. Moliyalashtirish operatsiyalarining turli shakllari
bo’yicha ma’lumotlar shunday tashkil qilinadiki, davlat moliyalashtirishining
iqtisodiyotga ta’sirini baholash imkoni bo’lsin. Buning uchun davlat
moliyalashtirishi va davlat likvidligini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar
kreditor yoki qarz majburiyati egasi tipi bo’yicha yoki qarz majburiyati tipi
bo’yicha tasniflanadi. Shu ikki tasnif doirasida ichki va tashqi moliyalashtirish
o’rtasidagi farq aniqlanadi.
DMSning xalqaro standartlariga muvofiq, qarz olish davlat boshqaruvi
sektorining daromadlariga kirmaydi, balki budjet taqchilligini moliyalashtirish
manbasi sifatida ko’riladi. Taqchillikni quyidagicha aniqlash mumkin: daromadlar
va olingan transfertlar summasi minus xarajatlar va kreditlash summasi minus
qarzni qoplash. Majburiyatlarning o’zgarishi va qarz summasining o’zgarishi
6
.
Yuqorida qayd etilgan operatsiyalardan farqli o’laroq, davlat qarzi davlat
boshqaruvi sektorining avval va kelajakda qoplanishi rejalashtirilayotgan
operatsiyalar natijasida jamg’arilgan moliyaviy majburiyatlarning hajmi sifatida
qaralishi mumkin.
Majburiyatlar kelajakda davlat boshqaruvi sektorining operatsiyalari
yordamida qoplanishi yoki muddatsiz qarz sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Davlat qarziga xizmat ko’rsatish foizlarni to’lash va (yoki) qarzning asosiy
summasini qoplash orqali bajariladi. Davlat qarzi tarkibida faqat foizi to’lanadigan
muddatsiz majburiyatlar hamda qarzning asosiy summasini to’lash bo’yicha
6
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p. 15
74
talablar amal qilsa, har qanday foizsiz majburiyatlar aks etishi zarur. Davlat qarzi
qarz majburiyatlarining egalari tiplari bo’yicha ichki va tashqi qarz
majburiyatlariga taqsimlanadi. Qo’shimcha ravishda qoplanmagan qarz tasnifidan
foydalanilishi mumkin, u kreditor va qarz majburiyati tipidan kelajakda ichki va
tashqi davlat qarziga taqsimlash yo’li bilan keltirib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |