4. Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag’lari
hisobini yuritish uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish tartibi.
122
Budjet tashkilotlarining Budjet tasnifining mablag’lar manbasi va budjetlar
darajasi tasnifining 4 001 – “Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi”
kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet
tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini
qo’llagan holda ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son “Budjet
tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi
qaroriga muvofiq shakllanadigan budjet tashkilotining budjetdan tashqari
daromadlari va xarajatlari hisobi yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi «Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» gi Qonunga muvofiq budjet tashkilotida
ishlovchi xodimlarga pensiya to’lovlarini to’lash bo’yicha mablag’lar manbasi
va budjetlar darajasi tasnifining 4 002 – “O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy
nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan
tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari”
bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlar ochiladi.
Ushbu (4002) shaxsiy g’azna hisobvaraqda budjet tashkilotida ishlovchi
pensionerlarning pensiya to’lovlari uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
huzuridagi
budjetdan
tashqari
Pensiya
jamg’armasidan
moliyalashtirilgan mablag’lar hisobi va pensiya to’lovi uchun amalga oshirilgan
xarajatlar hisobi yuritiladi
Ushbu shaxsiy g’azna hisobvarag’idan budjet tashkilotida ishlovchi
xodimlarning pensiya to’lovlari bo’yicha xarajatlar, budjetdan mablag’
oluvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun naqd pul olishga
So’rovnoma, pensiya to’lovlarini naqd pulda olish uchun mablag’larni
G’aznachilikning bankdagi 23212, 23214 balans raqamli tranzit hisob
raqamlariga o’tkazish to’g’risidagi to’lov topshiriqnomalari, ushbu hisob
123
raqamga o’tkazilgan mablag’lar doirasida yozilgan cheklar yoki ishlovchi
pensionerlarning roziligi asosida ularning pensiyalarini plastik kartochkalarga
o’tkazish bo’yicha to’lov topshiriqnomalari asosida, shaxsiy g’azna
hisobvarag’ida mavjud qoldiqlar doirasida amalga oshiriladi.
Bunda, ushbu shaxsiy g’azna hisobvaraqdan xarajatlarni amalga oshirishda
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan, smeta xarajatlarini “G’aznachilik-4” DM
ga kiritish yoki qog’oz formatda taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Ushbu budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha shaxsiy g’azna
xisobvarag’idan amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha shaxsiy g’azna
hisobvarag’idan ko’chirmalar budjetdan mablag’ oluvchilarning talabi bo’yicha
operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi kunda o’rnatilgan tartibda
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan taqdim etiladi.
Ushbu shaxsiy g’azna hisobvarag’iga yuqorida ko’rsatilganidan boshqa
tushumlarning tushirilishi va mablag’lardan noo’rin foydalanish bo’yicha
javobgarlik budjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilariga
yuklatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi
“Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini
tasdiqlash to’g’risida”gi 276-sonli qaroriga muvofiq Tibbiyot muassasasining
moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lar manbasi va
budjetlar darajasi tasnifining 4 003- “Tibbiyot muassasalarini moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish Jamg’armasi” kodi va xarajatlarning vazifa
jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari
mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda alohida shaxsiy
g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yillardagi debitorlik qarzlarning
qaytarilgan summalari, o’tkazilgan inventarizatsiya va tekshirishlar natijasida
undiriladigan summalardan tushadigan tushumlar bo’yicha mablag’lar manbasi
124
va budjetlar darajasi tasnifining 4 004– “O’tgan yillar debitorlik qarzlarining
tushgan summasi” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 –
“Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik
bo’limlarini qo’llagan holda tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjet mablag’lari hisobidan paydo
bo’lgan o’tgan yillardagi debitorlik qarzlarning qaytarilgan summalari 4004
shaxsiy g’azna hisobvaraqlarga kirim qilinib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga muvofiq, tegishli
budjetlar daromadlariga o’tkaziladi.
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlari (keyingi
o’rinlarda –budjet tashkilotlari deb yuritiladi) da bolalar ta’minoti uchun
to’lanadigan mablag’lar va ushbu mablag’larning sarflanishi O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 13 fevralda 1768-son bilan ro’yxatga
olingan “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi
bolalar ta’minotiga haq to’lash tartibi to’g’risida” Nizomga muvofiq amalga
oshiriladi.
Budjet tashkilotlarida bolalar ta’minotiga to’langan mablag’lar va ushbu
mablag’larning sarflanishi hisobini yuritish uchun Budjet tasnifining mablag’lar
manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 005- “Maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar” kodi va
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning
budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda
tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 5 fevralda 1898-son
bilan ro’yxatga olingan “Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san’at
maktablarida o’qishi uchun haq to’lash va undan foydalanish tartibi to’g’risida
Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
125
Maktabdan tashqari musiqa va sa’nat maktablarida bolalar ta’minoti uchun
ota-onalardan to’langan mablag’lar va ushbu mablag’larning sarflanishi hisobini
yuritish uchun Budjet tasnifining mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi
tasnifining 4 006- “Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun
ota-onalardan tushumlar (musiqa va san’at maktablari)” kodi va xarajatlarning
vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan
tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda tegishli
shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
Musiqa va san’at maktablarida o’qish uchun to’lanadigan to’lovlar qonun
hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
Budjet tashkilotlarining Budjet tasnifining mablag’lar manbasi va budjetlar
darajasi tasnifining 4 007 – “Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida
ovqatlanganligi bo’yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar” kodi va
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning
budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda
ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida budjet tashkilotlari xodimlarining, ular
ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob-kitoblardan tushadigan
tushumlar va xodimlarni ovqatlantirish uchun qilingan xarajatlar hisobi
yuritiladi.
Ushbu budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar
smetasi tuzilmaydi.
Xodimlarning ovqatlanganligi uchun to’lovlar xodimlarning ish haqlaridan
saqlangan holda mablag’larni bir shaxsiy g’azna hisobvarag’idan ikkinchi
shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazish bilan yoki xodimlarning o’zlari
tomonidan bank muassasalari orqali naqd pulda yoki plastik kartochkalari orqali
amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 30 iyuldagi
163-sonli “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini
126
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq,
Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda Olimpiya zaxiralari sport maktab
internatlarida (keyingi o’rinlarda- budjet tashkilotlari deb yuritiladi) tekin
(imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar
to’lovidan tushadigan tushumlar va ushbu mablag’larning xarajati sarfi hisobini
yuritish uchun Budjet tasnifining mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi
tasnifining 4 008- “Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun
ota-onalardan tushumlar” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining
7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va
kichik bo’limlarini qo’llagan holda ochiladigan tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarda yuritiladi.
Olimpiya zaxiralari kollejlari o’quvchilari, shu jumladan, umumta’lim
bo’g’ini o’quvchilari olimpiya zaxiralari kollejlari o’quvchilari uchun sutkalik
oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar to’lovi hisobiga xarajatlarni qisman
qoplagan holda, tekin (imtiyozli) oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining (keyingi
o’rinlarda – budjet tashkilotlari deb yuritiladi) Budjet tasnifining mablag’lar
manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 009- “O’quv muassasalarida
o’qishdan tushayotgan mablag’lar” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan
tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari”
bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda ochilgan tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26
fevralda 2431-son bilan ro’yxatga olingan Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan
mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq o’qitishning
to’lov-kontrakt shakli bo’yicha tushadigan mablag’lar tushumi va ushbu
mablag’larning xarajati sarfi hisobi yuritiladi..
O’qitishning to’lov-kontrakt shakli bo’yicha to’lovlar qonunchilikda
beligilangan miqdor va muddatlarda undiriladi.
127
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 noyabrdagi
520-sonli “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga
mablag’lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-
sonli qaroriga asosan, Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga ajratilgan
mablag’lar mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 010-
“Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari
jamg’armalari” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining 7 950 100 –
“Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik
bo’limlarini qo’llagan holda tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralarning
budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari va xarajatlari smetalarini
ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan,
budjet mablag’lari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2064-
son bilan ro’yxatga olingan “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o’quv-
metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq
Respublika maqsadli kitob jamg’armasiga Darsliklar uchun ijara to’lovlari
mablag’lari bo’yicha mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 011-
“Umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan budjetdan
tashqari mablag’lar” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining
7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va
kichik bo’limlarini qo’llagan holda tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar
ochiladi.
Darsliklar va o’quv metodik qo’llanmalarni xarid qilish va etkazib berish
xarajatlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan Jamg’armaning boshqa
xarajatlari to’lovlari belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya
128
vazirligining G’aznachiligi tomonidan Jamg’arma mablag’lari hisobidan amalga
oshiriladi.
Moliya organlari tomonidan Davlat budjeti hisobidan kapital qo’yilmalarga
ajratilgan mablag’larning o’tgan yilda foydalanmagan qismiga har bir qurilish
ob’ekti uchun mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 012 –
“Kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar” kodi va xarajatlarning vazifa
jihatidan tasnifining 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari
mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda shaxsiy g’azna
hisobvaraqalari ochiladi. Ushbu shaxsiy g’azna hisobvaraqalardan keyingi
yillarda xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag’lar doirasida qat’iy
belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532-son “Davolash-
profilaktika muassasalarini mablag’ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq turg’un davolash-profilaktika muassasalarida
davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undirilgan to’lovlar bo’yicha
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 013- “Turg’un davolash-
profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun
undiriladigan to’lovlar” kodi va xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining
7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va
kichik bo’limlarini qo’llagan holda tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar
ochiladi.
Ushbu mablag’larni shakllanishi va sarflanishi davolash-profilaktika
muassasalari tomonidan yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaldagi qonun xujjatlariga asosan ayrim vazirlik va idoralarda ajratmalar
hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg’armalariga kelib tushayotgan
mablag’lardan o’zining yuqori tashkilotiga ham o’tkazib berishi yoki yuqori
129
tashkilotdan quyi tashkilotga ushbu mablag’larni o’tkazib berish nazarda
tutilgan.
a) Qayta taqsimlash uchun vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari
jamg’armalariga kelib tushadigan mablag’ uchun ushbu vazirlik va idoralarning
quyi bo’linmalarida mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining
quyidagi 4 014 – “Taqsimlanishi ko’zda tutilgan tushumlar” kodi va
xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifning 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning
budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda
shaxsiy g’azna hisobvaraqalar ochiladi.
Vazirlik va idoralarning tegishli bo’linmalariga ochilgan yuqoridagi
shaxsiy g’azna hisobvaraqlarga kelib tushgan mablag’larning tegishli qismi
(o’ziga qoladigan qismi) ushbu bo’linmalar tomonidan tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarga (4 010...) o’tkaziladi. Mazkur bo’linmalarning shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarida (mablag’lar manbasi 4 014...) qolgan mablag’lar o’rnatilgan
tartibda taqsimlanadi.
b) Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son “Tibbiyot
xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan tibbiyot muassasalarini moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllanish
manbalaridan biri pulli davolash va xizmat ko’rsatish hisobiga tushadigan
mablag’lar hisoblanadi.
Bunda, mazkur tushgan barcha mablag’lardan ushbu amalga oshirilgan
davolash va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxini chiqarib tashlagan holda
Jamg’armaga yo’naltirish lozimligini nazarda tutish zarur.
Ushbu mablag’lar hisobini to’g’ri olib borilishini ta’minlash maqsadida
faqatgina pulli davolash va xizmatlar ko’rsatish hisobiga tushayotgan mablag’lar
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 014 – “Taqsimlanishi
ko’zda tutilgan tushumlar” kodini hamda xarajatlarning vazifa jihatdan
130
tasnifning 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lari”
bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda shaxsiy g’azna hisobvaraqalar
ochiladi.
Mazkur shaxsiy g’azna hisobvaraqdan (4 014...) belgilangan tartibda
davolash va xizmat ko’rsatishning tannarxi qoplangandan so’ng qolgan
mablag’lar hozirda mavjud bo’lgan 4 003 – “Tibbiyot muassasalarini moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish Jamg’armasi” kodi bilan ochilgan shahsiy
g’azna hisobvaraqlarga (xodimlarni moddiy rag’batlantirish va tashkilotni
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga alohida o’rnatilgan foizlar
bo’yicha) o’rnatilgan tartibda yo’naltiriladi.
v) Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarni sotish hamda ularni sotishdan
tushgan pul mablag’larini taqsimlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil
31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va davlat
unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan
ob’ektlarni sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag’larini
taqsimlash tartibi to’risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining boshqa asosiy vositalarini sotishdan tushgan
mablag’lar budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha budjet tashkilotlarning talab
qilib
olinguncha
depozit
hisobraqamlarida
(yoki
Moliya
vazirligi
G’aznachiligining
tegishli
bo’linmalarida
ochilgan
shaxsiy
g’azna
hisobvraqlarida) jamlanisha hamda ko’rsatib o’tilgan mablag’lar budjet
tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanishi:
50 foizi – tegishli budjet daromadiga o’tkazilishi;
50 foizi – budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha budjet tashkilotlarning
talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida (yoki Moliya vazirligi
G’aznachiligining
tegishli
bo’linmalarida
ochilgan
shaxsiy
g’azna
hisobvraqlarida) qolishi belgilangan.
131
Bunda, byudet tashkilotlarning boshqa asosiy vositalarini belgilangan
tartibda sotishdan tushgan mablag’lar mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi
tasnifining 4 014– “Taqsimlanishi ko’zda tutilgan tushumlar” kodi bilan
ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlarga 100 foiz miqdorida kelib tushadi.
Tegishli budjet tashkilotlarining 4 014– “Taqsimlanishi ko’zda tutilgan
tushumlar” kodi bilan ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlarga kelib tushgan
mablag’lar budjet tashkilotlari tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:
50 foizi – tegishli budjet daromadiga;
50 foizi – tegishli budjet tashkilotlarining mablag’lar manbasi va budjetlar
darajasi tasnifining 4 999– “Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari
mablag’lari” kodi bilan ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-
son “O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorining
30-ilovasiga muvofiq umumta’lim muassasalarining kuni uzaytirilgan
guruhlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar tomonidan to’lanadigan to’lovlar
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 015– “Boshqa ta’lim
muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi” kodi va xarajatlarning
vazifa jihatdan tasnifning 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning budjetdan
tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda shaxsiy
g’azna hisobvaraqalar ochiladi. Mazkur shaxsiy g’azna hisobvaraq bo’yicha
xarajatlar smetasi tuziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda xarajatlar
amalga oshiriladi.
Bunda, maktabdan tashqari umumta’lim muassasalari zarur hollarda
(bolalarning xaqiqiy qatnov kunlaridan kelib chiqqan holda) ushbu xarajatlar
smetasining belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritib borishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari
mablag’lari bo’yicha ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlarda ko’zda tutilmagan
132
mablag’lar bo’yicha mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining 4 999–
“Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag’lari” kodi va
xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifning 7 950 100 – “Budjet tashkilotlarning
budjetdan tashqari mablag’lari” bo’lim va kichik bo’limlarini qo’llagan holda
shaxsiy g’azna hisobvaraqalar ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |