Birinchidan, T. Vahobov Konstitutsiya va qonunlarni to’liq bilmasligi.
Ikkinchidan, Konstitutsiyaning moddalari va qonunlarni ushbu vaziyatga
nisbatan to’g’ri talqin qila olmasligi.
Uchinchidan, ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmasligi.
Vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, Vahobov Amir Temur xiyoboni
atrofida aylanib yurgan vaqtda jamoat xavfsizligini ta'minlash mas'ul bo`lgan
ichki ishlar organi hodimiga uning harakatlari shubhali ko`ringani uchun ichki
ishlar xodimi unga jamoat joyini tark etishini aytadi. Biroq Vahobov O`zbekiston
Respublikasi konstitutsiyasining 28-moddasida uning shaxsiy huquq va erkinliklari
borligini, ya'ni bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqi borligini aytadi. Ha
to`g`ri bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi mumkun lekin qonunda ayrim
cheklashlar belgilab qo`yilgan. Jamoat joylarida agar jamoat tartibini saqlash
uchun mas'ul organ xodimlari talab qilsa, fuqarolar ularning talablarini bajarishlari
shart bo`ladi. Agar fuqaro mas'ul xodimning qonuniy talablarini bajarmasa, uning
hatti harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari vujudga keladi. Ushbu vaziyatda ham
shu xolat sodir bo`lgan. Vahobovning harakatlari ichki ishlar organi xodimiga
shubhali ko`ringan va davlat organi xodimi undan xiyobonni tark etishini talab
qilgan. Vahobov bu talabni bajarishdan bosh tortganligi tufayli Ma'muriy
javobgarlik
to`g`risidagi
kodeksning
194-moddasida
nazarda
tutilgan
huquqbuzarlik vujudga kelgan. Bunga ko`ra ichki ishlar hodimining
huquqbuzarlikni to`xtatish , hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar
organlariga borish yoki ko`rsatilgan mudddatda ichki ishlar organlarida bo`lish
to`g`risidagi qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaslik yoxud ichki ishlar
organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo`ysunmaslik, xuddi
shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini ta'minlash vazifalarini amlga oshirayotagan boshqa shaxslarning
qonuniy talablarini bajarmaslik, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir
qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
2
Albatta, agar men O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud sud`yasi
bo'lganimda 2019-yil 15-may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik
to'risidagi kodeksiga o'zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni O'zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga mos deb hisoblagan bo'lar edim. Chunki bu
jamoatchilik osoyishtaligini saqlashga qaratilgan chora tadbirlar hisoblanadi.
Hamda men ushbu Konstitutsiyasining tegishli normalarini sharhlashda mantiqiy
sharhalsh usulidan foydalangan bo'lar edim.
2
(194-modda O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 apreldagi O'RQ-405-sonli Qonuniga
asosan kiritilgan — O'R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda)
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.O`zbekiston Respublkasi Konstitutsiyasi
2. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. - Toshkent:
H-89 Adolat. 2013.153.b.
Veb-sahifalar:
1. www.lex.uz
2. www.google.com